Sonni o'rganish yakunida o‘quvchilar quyidagi bilim, ko'nikma va
malakalarni egallashlari lozim:
1. Sonning sanoq va tartib m a’nolarini bildirishini.
2. Son nechta?, qancha?, nechanchi? so'roqlariga javob bo'lishini.
3. Son otga bog'lanib kelishini.
4. Son gapda ikkinchi darajali bo'lak vazifasida kelishini.
5. Sonlarni imlo jihatdan to'g'ri yozishni.
6. Og'zaki va yozma nutqda sonlardan to'g'ri va o'rinli foydalana
olishni.
7. Sonlarga shakldosh so'zlar topishni.
8. Matndagi sonlarni boshqa miqdor bildiruvchi so'zlar bilan
almashtirishni.
Har bir grammatik mavzu bir necha darsda o'rganiladi.
Shuning
o'ziyoq o'qituvchilardan har bir darsda o'rganiladigan grammatik
material tabiatidan kelib chiqib metod, usul va ish turlarini belgilab
olishni, muayyan darslikdan kelib chiqib, darsning texnologik xarita-
sini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Yangi grammatik materialni o'rganish darsining qurilishi 2-sinfda
„Sanoq va tartib bildirgan so'zlar" mavzusi
misolida quyidagicha
bo'lishi mumkin:
1. Yangi grammatik materialni o'zlashtirishni ta ’minlash,
0
‘quv-
chilarning oldingi bilimlarini aniqlash.
Masalan, sanoq va tartib bildir
gan so'zlarni o'rganish uchun „Biz qaysi so'zlarga so'roq berishni
o'rgandik?" (shaxs va narsa, belgi bildirgan so'zlarga), „Kim?, nima?
so'roqlari qaysi so'zlarga beriladi?", „Qanday?, qanaqa? so'roqlari-
chi?“ kabi savollardan foydalanish mumkin.
Sinf xattaxtasiga
„Ток ко‘chati o'tqazilgandan keyin uchinchi yili
hosilga kiradi“
gapi yoziladi. O'quvchilar yuqoridagi savollar asosida
narsa bildiruvchi so'zlarni belgilaydilar:
Nima? — tok
Nima? — ko'chat
Nima? —
hosil
Nima? — yil
Bu savol-javob yangi materialni ongli o'zlashtirishga o'quv
chini tayyorlaydi
2. 0 ‘quvchilarga bajariladigan ishlaming maqsadi e’lon qilinadi:
—
Biz siz bilan gapdagi so'zlarga so'roq berishni va shu so'zning
nimani bildirishini bilib oldik. Biz tahlil qilgan gaplarda ba’zi so'zlar
qolib ketdi. Bu darsda biz shu so'zlarga so'roq berib, nimani bildi-
rishini aniqlaymiz
(„uchinchi"
so'zining tagiga chizib ko'rsatiladi,
qolgan so'zlarni ham keyin o'rganishlari aytiladi).
3.
Yangi grammatik materialni tushuntirish.
Yangi material tanlan
gan gaplarni grammatik tahlil qilish va xulosa chiqarish yo'li bilan tu
shuntiriladi. Tushuntirish izchil olib boriladigan ikkita ishdan iborat:
a)
matn (ichki) tahlili:
agar mavzu keng tushuntirishni taqozo et-
masa, birinchi misolni tahlil qilish bilanoq xulosa aytib qo'ya qolinadi.
Sanoq va tartib bildirgan so'zlar xuddi shunga to'g'ri keladi.
Keng va bir qancha muhim belgilarga ega bo'lgan grammatik
material
tushuntirilsa, unda bir nechta misol tahlil qilingach, xulosa
chiqariladi (so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar, o'zakdosh so'zlar).
Sinf xattaxtasidagi misol yoniga yana gapiar yoziladi:
„Ekilgan
tokdan yuz kilogrammgacha uzum hosili olinadi
O'qituvchi: — Birinchi gapda
yil
so'zi orqali
uchinchi
so'ziga so'roq
bering (nechanchi yili?).
Uchinchi
so'zi qaysi so'roqqa javob bo'lyapti?
(nechanchi?) Yilning nimasini bildiryapti? Belgisini bildiryaptimi?
(yo'q).
Bolalar javob berolmaydi.
O'qituvchi sinf xattaxtasiga quyidagi birikmalami yozadi:
birinchi yili
uchinchi yili
ikkinchi yili
— Tartib bo'yicha qaysi oldin turadi?
(1) birinchi yili; 2) ikkinchi
yili; 3) uchinchi yili)
Ко ‘rdingizmi, 1-, 2-, 3- yilning, narsaning (pred
metning) tartibini bildiryapti.
— Siz nechanchi sinfda о ‘qiysiz ?
(2-sinfda)
—
Siz qaysi sinfdan keyin turasiz ?
(1 -sinfdan)
Bu jarayonda stol ustiga predmetlami qo'yib,
ulaming tartibini
aniqlatish mumkin.
Bu so'zlar narsalarning tartibini bildirib, nechanchi? so'rog'iga
javob bo'ladi, narsa, shaxs bildirgan so'zlarga bog'lanib keladi:
Strelka bilan ko'rsatiladi:
uchinchi yili
ikkinchi yili
Ikkinchi gap tahlili orqali sanoq bildirayotgan so'zning so'roqlari,
u bog'lanib kelayotgan so'z aniqlanadi:
qancha?
yuz kilogramm uzum
Yuz
so‘zi sanoq bildiryapti,
kilogramm
so‘zi bilan birga
qancha?
so‘rog‘iga javob bo'lyapti,
uzum
so'ziga, ya’ni narsa bildirgan so'zga
bog'lanyapti.
Dostları ilə paylaş: