K arim a q osim ova


„D avlat“ ertagi m atni ustida ishlaganda  „Ertakda Davlat dehqonning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/283
tarix29.08.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#140936
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

„D avlat“
ertagi m atni ustida ishlaganda 
„Ertakda Davlat dehqonning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima
uchun ?“
savoli beriladi, bu savol hikoyaning asosiy m azm unini aniq- 
lashga ham yordam beradi. 2-sinfdan boshlab bolalar nim a uchun
hikoya, sh e’r shunday nom langanini aytib berishga o'rganadilar.
3. 0 ‘qilgan asar mazmunini to ‘Iiq anglash, bilib olish uchun 
o‘qituvchi topshirig'ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi 
m um kin:
— o'qing va om onatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. 
(„O m onatga xiyonat", 4-sinf)
— o 'q in g va nim a uchun hunarsiz kishi o'lim ga yaqinligini tu ­
shuntirib bering. („H unarsiz kishi o 'lim g a yaqin", 4-sinf) va hokazo.
B a’zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi:
a) m atnning ayrim o 'rin larid an foydalanib (ko'chirm a olib) qayta 
hikoyalash;
b) hikoyani bir sujet chizig'i asosida qayta hikoyalash;
d) m atnni qisqartib qayta hikoyalash;
e) m atnning shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va boshq.
4. O'qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. 
Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1) o'qilgan m atnga oid rasm chizish;
2) rasmga m atndagi so 'zlar yoki o 'z so'zi bilan sarlavha qo'yish;
3) o 'q itu v ch i to m o n id an tartibsiz berilgan savollardan foydalanib 
reja tuzish;
4) m atnni qismlarga bo'lish va har bir qismga sarlavha q o'yish va 
hokazo.
M ustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o 'q u v c h i­
lam ing tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda m ustaqil 
m ashqni to 'g 'ri tashkil qilish u ch u n m aterial tanlashda o'qituvchiga 
yordam beradi.
BADIIY ASARLARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO'RA
O 'R G A N ISH
B oshlang'ich sinflarning o'q ish darslarida garchi ilmiy jihatdan 
bo'lm asa-d a, am aliy jihatdan turli janrga m ansub asarlar o'qib
o'rganiladi. O 'q ish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, 
maqol, doston, rivoyat va topishm oq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. 
Bulardan tashqari, ilm iy-om m abop asarlar ham o'qitiladi.


Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jih a tid a n o'ziga xos 
xususiyatlarga ega bo ‘lib, ularning o'quvchilarga ta ’siri ham har xil 
bo'lad i. Tabiiyki, h a r bir janrga oid asar m atni lingvistik jih a td a n ham
o 'z ig a xos xususiyatlarga ega. M asalan, sh e ’riy asarlar m atn i hikoya 
m atn id an , ertak matni sh e’r m atnid an , ilm iy-om m abop m aq ola matni 
m asal janriga taalluqli asarlar m atn id an tu b d an farq qiladi. Topish- 
m oqlar p redm et, voqea-hodisalar o'rtasid agi o'xshashlikni taqqoslash 
orqali o'zlashtirilsa, m aqollar m azm uni hayotiy m isollar vositasida 
sharhlashni taqozo etadi. Shunga k o 'ra , turli janrdagi badiiy asarlarni 
o 'q ish d a o'qituvchidan unga m os usullar tanlash talab etiladi.
E rtakni o‘qish m etodikasi
Xalq og'zaki ijodida ertak janrin in g bolalar to m o n id an yaxshi 
qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining 
ta ’sirchanligi, o'tkirligi, m a’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Er- 
taklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht e lem en tlar bilan 
qo 'shilib ketadi.
E rtakning o 'tk ir, m aroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib 
vaziyat bolalam i m aftun qiladi, undagi m ard, kuchli, topqir, dovyurak, 
chaqqo n qahram onlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, un d a ezgulik ku- 
chining — yaxshilikning doim o g 'alab a qilishi bolalam i o'zig a tortadi. 
Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so 'z va iboralarning 
qay ta-q ayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta ’sirchanligi, 
ifoda vositalarining jonliligi, bolalar u c h u n ju d a qiziqarliligidir. Ertakda 
qatnashuvchilar k o'pin ch a rahm dil, saxiy, adolatli h a m d a ularning 
aksi bo'lgan yovuz, baxil, o ch k o 'z kishilar tim soli bo'ladi.
Ertakning pedagogik qiym ati sh undan iboratki, o'q u v ch ilar unda 
to 'g 'rilik , halollik g'alaba qilganidan, kam bag'al kishilar qiyinchilik- 
dan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va 
yom onlik, yovuzlik m ahkum likka u chraganidan quvonadilar. Ular 
hayotda ham doim o shunday bo'lishini istaydilar. M asalan, „H alo l­
lik" ertagida (3-sinf) asosiy fikr kam bag'allarga yordam ko'rsatish, 
o 'z m eh nati bilan hayot kechirish b o'lib , bu hatto butun xalq istagi 
ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo'lsa, „H iylagarning jazosi" ertagida 
(4-sinf) soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g 'o lib keli­
shi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. H a r ikki ertak 
ham to 'g 'riso 'zlilik n in g g'alabasi bilan yakunlanadi. B unday g'alaba 
m aishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.


Ertak bolalarda qah ram onlam ing xatti-harakatini m uhokam a 
qilib, baholash ko'nikm asini o'stirishi bilan birga yaxshilikning doim o 
g'alaba qozonishiga ishonch uyg'otadi. O 'quvchilar ertakni tahlil qilish 
jarayonida „Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqm adi?)", 
„N im a u ch u n ?", „... nim a uch un jazolandi? (yoki rag'batlantirildi?)", 
„N im a uchun ertakdagi b a’zi qahram onlarga hatto tabiat kuchlari 
ham yordam beradi? (yoki b a’zilaridan yuz o'giradi?)" kabi savol­
larga javob topish jarayonida m ushohada qiladilar, m uhokam a qilib, 
xulosaga keladilar.
Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi 
ertaklar ko'p ro q
o'qitiladi. „B o'rining tabib bo'lgani haqida ertak" (Anvar O bidjon), 
„K o 'zach a bilan tulki" kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida 
o 'qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak m atni ustida ishlashda tanlab o 'q ish , savollarga javob be­
rish, o'quvchilam ing o 'z la ri ertak m azm uniga oid savollar tuzib, javob 
berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak 
aytish, qahram onlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalani­
ladi. Bunday ertaklarda hayvonlam ing odatlari tahlil qilinadi, am m o 
ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinm aydi.
M aktab tajribasidan 
m a’lumki, 
kichik yoshdagi o'quvchilar 
ertakdagi hayvonlar gapirm asligini, tulki va turna bir-birinikiga m eh- 
m onga bormasligini yaxshi biladilar, am m o ertaklar dunyosini hayotiy 
hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o'q ib tahlil qilganda, barcha ishlar 
uning m azm unini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi 
personajlarning xatti-harakati, o 'z a ro m unosabatlarini to 'g 'ri ta sa w u r 
etishga yo'naltiriladi. B unda tanlab o 'q ish va qayta hikoyalashning 
aham iyati katta. M asalan, „O dobli b o'lish osoruni?" (A. Obidjon) 
ertagining m azm unini o'zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan 
foydalanish m umkin:
1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o'qing. Sichqon- 
chaning „Odobli b o'lish uchun nim alar qilish kerak?" degan savoliga 
onasi qanday javob qaytarganligini so'zlab bering.
2. Sichqonchaning M ushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan 
o 'rin n i topib o'qing. N im a uchun „Shum Baroq" ko'zidagi yovuzlik 
birdaniga so'nadi?
3. Echki nim a uch un Sichqonchani „K am b o 'lm a" deb d uo qiladi? 
Shu o'rin n i topib o'qing.
Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning sizga juda 
yoqqan joyini topib o 'q in g ", „N im a uchun aynan shu joyi yoqqa-


nini ayting“ , „H ayotingizda ertakdagi voqealarga o'xshash voqealar 
b o ‘lganm i?“ kabi savol-topshiriqlar yordam ida 
0
‘quvchilarning ertak 
xulosasini tushunishlariga erishiladi.
B oshlang'ich sin f o 'quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan 
tashqari, 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin