qarab ishlab chiqarish harajatlari
o‗zgaruvchan va shartli o‗zgarmas turlarga bo‗linadi:
O„zgaruvchan harajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining oshishi va
kamayishigaga ko‗ra sarfi miqdor jihatdan bevosita o‗zgarib turadigan harajatlar.
Masalan, material sarfi bevosita ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning miqdoriga
bog‗liq, ishbay ishlaydigan xodimga hisoblanadigan ish haqi summasi esa - uning ishlab
chiqargan mahsuloti(bajargan ishi)ning miqdoriga bog‗liq.
Shartli o„zgarmas harajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishiga
qaramasdan summasi o‗zgarmaydigan, lekinda nisbiy darajasi o‗zgarishi mumkin
bo‗lgan harajatlar. Misol qilib ishlab chiqarish qurollari va vositalari bo‗ yicha
shartnomaga asosan qat‘iy summada to‗lanadigan ijara haqi, mol-mulkni sug‗urta qilish
harajatlarini keltirish mumkin. Bunday harajatlar miqdor jihatdan shartli o‗zgarmas,
lekinda ishlab chiqarish hajmiga nisbatan darajasi o‗zgaruvchan harajatlar hisoblanadi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko„ra mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha ishlab
chiqarish harajatlari
«Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari
tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish to‗g‗risida
Nizom »ga asosan quyidagi elementlarga bo‗linadi:
Ishlab chiqarishga doir moddiy harajatlar ( qaytariladigan chiqindilar qiymatidan tashqari ) – bu guruhga kiruvchi harajatlar 12 ta moddadan iborat
bo‗lib, ularning to‗liq ro‗ yxati Nizomning 1.1 –punktida keltirilgan.
Ishlab chiqarish harakteridagi mehnatga haq to„lash harajatlari - bu guruhga
kiruvchi harajatlar 7 ta modda va 12 quyi moddadan iborat bo‗lib, ularning to‗liq
ro‗ yxati Nizomning 1. 2 –punktida keltirilgan.
114
Ishlab chiqarishga tegishli bo„lgan ijtimoiy sug„urtaga ajratmalar