2
O‘quv
qo‗llanmada buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, korxonalarda aktivlar,
majburiyatlar, xususiy kapital hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi,
shuningdek
audit nazariyasi, uning umumiy metodologiyasi va tashkil qilinishi, audit
natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish oxirgi yillarda qabul qilingan
qonunlar va boshqa me‘ yoriy hujjatlarga muvofiq yoritilgan.
Oliy o‗quv yurtlarida 5340100 «Iqtisodiyot», 5340200 «Menejment», 5340300
«Marketing» va 5340400 «Biznes» ta‘lim yo‗nalishlari bo‗ yicha bakalavriatda ta‘lim
olayotgan talabalarga mo‗ljallangan. Undan o‗qituvchilar,
ilmiy xodimlar, magistrlar,
iqtisodchilar, buxgalterlar va auditorlar ham foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar:
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
(dotsent
Xasanov B.A, dotsent Mamatov Z.T, Ochilov I.K)
Ibragimov N.A.
-
iqtisod fanlari doktori, professor
Musayev H.N
. - iqtisod fanlari doktori, professor
0605010205 - 93
U --------------------------
Qat’iy
buyurtma - 2004
353(04) - 2004
ISBN 5 – 645 – 04177 – 1
© «O‗ qituvchi» nashriyoti, 2004.
3
O‘z umrini yoshlarning tarbiyasiga bag‘ishlagan,
marhum padari buzrukvorim Baxrom O‘razov
xotirasiga bag‘ishlayman
K I R I Sh
Respublikamiz oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarida berilayotgan
iqtisodiy bilimlar
ichida muhim o‗rinlardan birini buxgalteriya hisobi va audit egallaydi.
Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‗ yicha ta‘lim olayotgan talabalar
uchun bu bilim sohalari alohida – alohida maxsus fanlar sifatida o‗rgatiladi. Iqtisodiyot,
menejment va marketing o‗quv yo‗nalishlarida ta‘lim olayotgan talabalar uchun
buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi bilimlar davlat standartida ko‗zda
tutilgan
«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy taxlil va audit» nomli yagona fanning tarkibiga
kiritilgan. E‘tiborlaringizga havola etilayotgan darslik ushbu yagona fanning o‗quv
dasturiga muvofiq tayyorlangan, faqatgina u o‗z ichiga buxgalteriya hisobi va auditga
doir mavzularni olgan.
Buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida olti asrdan beri o‗qitilib kelinmoqda. Uning
jamiyatda tutgan o‗rni, metologiyasi, tashkil etilishi bo‗ yicha juda ko‗p
kitoblar
yozilgan. Buxgalteriya hisobining ahamiyati to‗g‗risida «Quron»da, mashhur sarkorda
bobomiz Amir Temur tuzuklarida, xattoki yozuvchi va shoirlarimiz asarlarida ham juda
ajoyib fikrlar keltirilgan.
Audit bizning mamalakatimiz uchun nisbatan yangi ilm sohasi,
lekinda jahon
mamalakatlari malakasida u bir yarim asrdan ko‗p davrga to‗g‗ ri keladigan tarixga ega.
Ushbu yangi ilm sohasini respublikamizda rivojlantirish, iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun
zarur bo‗lgan auditorlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Prezidentimiz I. Karimov ushbu faoliyatga alohida e‘tibor berib, «Tadbirkorlar
manfaatini himoya qilishda auditorlik faoliyatining mavqeini yanada oshirish kerak», deb
o‗qtirgan edi
1
.
Respublikamizning mustaqillikga erishishi, uni bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiyotga yo‗ l tutishi, iqtisodiyotni to‗liq isloh qilinishi, albatta, buxgalteriya hisobi
va audit sohalarini ham chetlab o‗tmadi. O‗tgan 12 yil ichida boshqaruvning ushbu
vositalarida ham tub o‗zgarishlar yuz berdi. Aynan shu yillar ichida buxgalteriya hisobi
va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilindi, ular bo‗ yicha halqaro
talablarga javob beradigan 50 ga yaqin milliy standartlar va boshqa me‘ yoriy
hujjatlar
yaratildi. Ushbu Qonunlar va boshqa me‘ yoriy hujjatlarni, shuningdek boshqa qabul
qilingan tadbirlarni, jumladan, quyidagi yilnoma sifatida keltirish mumkin: