Sotish tannarxiga kiritilgan harajatlar
– bularga sotilgan mahsulotlar, tovarlar,
ishlar va xizmatlarning tannarxiga kiritilgan harajatlar kiradi.
Davr harajatlari
–bularga mahsulotlarni (tovarlarni, ish va xizmatlarni) sotishga,
korxonani ma‘ muriy-boshqaruviga va boshqa operatsion faoliyatiga doir harajatlar
kiradi. Ushbu harajatlar ma‘ lum
hisobot
davrida yuz beradi, shuning uchun ular
hisobot
davri harajatlari deb
ham
ataladi.
Kelgusi davr harajatlari
- bu korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir,
lekinda
hisobot
davrida amalga oshirilgan harajatlari. Bunday harajatlarga oldindan
to‗langan ijara
haqlari
, oldindan to‗langan xizmat
haqlari
va boshqa oldindan bo‗nak
sifatidagi to‗lovlar kiradi.
Muddati uzaytirilgan harajatlar
– bularga korxonaning kelgusi asosiy
faoliyatiga doir, lekinda muddati bir yil va undan ko‗p muddatga uzaytirilgan harajatlari
kiradi.
Asosiy bo„lmagan faoliyatga doir harajatlar
deganda bevosita asosiy faoliyatga
taalluqli bo‗lmagan faoliyat turlari bilan bog‗liq harajatlar tushuniladi. Bunday harajatlar
Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatga doir harajatlar va favqulotdagi zararlarga
bo‗linadi.
Moliyaviy faoliyatga doir harajatlar
deganda
qimmatli
qog‘ozlarni
chiqarish va
joylashtirish, valyuta operatsiyalari, kredit va
qarzlarni
olish, uzoq muddatli ijaraga doir
va boshqa moliyaviy faoliyatga taalluqli harajatlar tushuniladi. Bularga foizlar, salbiy
kurs farqlari ko‗rinishidagi harajatlar va boshqalar kiradi.
187
12-chizma.
Korxona harajatlarining tasnifi
Korxona harajatlari
Asosiy
faoliyatga
doir
harajatlar
Sotish tannarxiga kiritilgan harajatlar
Davr harajatlari
Kelgusi davr harajatlari
Muddati kechiktirilgan harajatlar
Asosiy
bo‗lmagan
faoliyatga
doir
harajatlar
Moliyaviy faoliyatga doir harajatlar
Favqulotdagi harajatlar (zararlar)
|