Nazorat tizimi xatari (CR) – bu auditorning korxonada mavjud ichki nazorat
tizimining mavjud
holatiga
, uning ta‘sirchanligiga bergan bahosidan kelib chiqadigan
xatar. Ichki nazorat tizimining mavjudligi, uning
haqiqatda
kuchli ta‘sirining borligi,
samarali faoliyat ko‗rsatayotganligi auditorning xulosada kam xato
qilishining
muhim
omili
hisoblanadi
. Nazorat tizimi xatarini past darajada belgilanishi, albatta, auditor
tomonidan yig‗iladigan isbotlar sonini kamayishiga olib keladi, bu o‗z navbatida
auditorning umumiy auditorlik xatarini oshishiga sababchi bo‗ladi.
Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar (DR) deganda auditor
tomonidan o‗tqazilgan auditorlik teshiruvida mavjud xatolarni topa olmaganligidan kelib
chiqadigan xatar tushuniladi. Auditor isbot va dalillarni
qanchalik
kam to‗plasa, ushbu
xatarning darajasi shunchalik yuqori bo‗ladi, mos ravishda auditorning umumiy
auditorlik xatari darajasi
ham
shunchalik yuqori bo‗ladi. Auditor isbot va dalillarni
qanchalik
ko‗p to‗plasa, xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan uning xatari
shunchalik past bo‗ladi.
Xatolarni topa olmaslikdan vujudga keladigan xatar darajasini umumiy auditorlik
xatarining belgilangan darajasi, shuningdek ichki xo‗jalik xatari va nazorat tizimi
xatarining belgilangan darajalaridan kelib chiqgan
holda
yuqorida keltirilgan matematik
model bo‗ yicha
quyidagicha
topish mumkin:
DR = AR / IR *CR Misol.
Aytaylik auditor dastlabki kuzatishda foyda solig„i hisob -kitobi bo„yicha xatar darajalarini taxminan quyidagicha baholadi: IR – 80 %, CR –70%, AR –1 %. Ushbu
holda
DR = 0,01 / 0,8 * 0,7 = 0,018 ya‘ni umumiy auditorlik xatari o‗rtacha
1,8 % ni tashkil etadi. Aytaylik, korxona o‗rtacha bir yilda 10 mln. so‗ m miqdorida
foyda solig‗i to‗lovchi deb
hisoblasak
, auditorning tekshirish oldidan belgilagan umumiy
xatari ushbu soliqni tekshirishda 180 ming so‗ mgacha xatoga yo‗l
qo‘yish
ehtimolini
bildiradi. Demak, DR – xatoni topa olmaslik ehtimoli
qanchaliq
katta bo‗lsa, noto‗ g‗ri
xulosa berish ehtimoli shunchalik bqori bo‗ladi. IR va CR darajalarini auditor
qanchalik
katta belgilasa, ya‘ ni ularga
qanchalik
ko‗ p ishonchsizlik bilan
qarab
, isbotlar sonini
oshirsa, AR ning belgilangan darajasi 1 foizdan oshmasa, xatoni topmaslik ehtimoli
shunchalik kam bo‗ladi, bu -ishonchli auditorlik xulosasiga erishish mumkin degani.
Auditorlik xatarlarining turlari bir-birlari bilan uzviy bog‗ liq
hisoblanadi
. Ularning
darajalarini to‗g‗ri baholash auditor tomonidan to‗plashi lozim bo‗lgan isbot va
dalillarning sonini, ya‘ ni uning ish
hajmini
, to‗g‗ri aniqlashga imkon beradi. Auditorlik
isboti sonlarining auditorlik xatari turlari darajasi bilan aloqalarini
quyidagicha
ifodalash
mumkin: