K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə48/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

5.Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va 
uni natijalarining
hisobi 

Qurilish tashkilotlarida materiallarni inventarizatsiya qilish, uning natijalarini


aniqlash, hujjatli rasmiylashtirish va hisobga olish respublikamizda qabul qilingan
BHMS 19 «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tqazish»da keltirilgan tartib-
qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ushbu standartga asosan qurilish tashkilotlarida tovar-moddiy boyliklarning
rejali inventarizatsiyasi har yili kamida bir marta o‘tqaziladi. Moddiy boyliklarni
o‘g‘irlash va talon-taroj qilish holatlari aniqlanganda, favqulotdagi hodisalar yuz
berganda, shuningdek boshqa kutilmagan voqealar sodir bo‘lganda rejadan tashqari
inventarizatsiyalar o‘tqazilishi mumkin.
Tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi qurilish rahbarining buyrug‘i bilan
tasdiqlanadigan doimiy va ishchi inventarizatsiya komissiyalari tomonidan
o‘tqaziladi.
Inventarizatsiyada moddiy boyliklarning mavjud holati ularni sanash, tortish,
o‘lchash va shu kabi boshqa usullar yordamida aniqlanadi. Sanash, tortish,
o‘lchash uchun moddiy boyliklar dastlab bunga imkon berish holatiga keltiriladi.
Chunonchi:

taxtalar enining o‘lchov birligiga (20mm, 30 mm, 40mm, 50 mm) qarab


taxlab chiqiladi;

bolarlar ularning uzunligi va diametriga qarab guruhlanadi;

mixlar ularning uzunligiga qarab guruhlarga ajratiladi;

shifer va tunukalar ularning eni hamda bo‘yining razmeriga qarab ajratiladi;


g‘ishtlar kvadrat holatiga keltirilgan holda taxlanadi;



havzada saqlanayotgan sement havza yuzasini aniqlash uchun bir tekisga
keltiriladi;

trubalar va armaturalar diametriga qarab saralanadi;

qum va shag‘al ularni kubometr holda o‘lchash holatiga keltiriladi;



qurilish maydonchalarida ishlatilayotgan har xil vaqtinchalik notitul
moslamalar (qoliplar, konstruksiyalar, yo‘lkalar, devorlar, yuvinish va sanitariya
xonalari) ularning o‘lchamlari, baholangan qiymatiga qarab guruhlarga ajratiladi;

buyurtmachiga tegishli bo‘lgan materiallar va o‘rnatishga mo‘ljallangan


uskunalar alohida joylarga taxlanadi.
Xuddi shu tarzda boshqa materiallar ham ularning real miqdorini aniqlashga
imkon beruvchi holatga keltiriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi a’zosi material boyliklarning aniqlangan real
miqdorini inventarizatsiya varaqlariga (Inv-3 shakl) yozib boradi. Inventarizatsiya
varaqlarining
har bir beti komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Inventarizatsiya
yakunlangach,
buxgalteriyada
inventarizatsiya
varaqalari
ma’lumotlari va materiallar hisobi kartochkalari yoki kitoblari ma’lumotlari
taqqoslanib, inventarizatsiya natijalari aniqlanadi. Bunday taqqoslash natijalari
«Taqqoslash qaydnomasi» (Inv-19 shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu
qaydnomaga buxgalter va moddiy javobgar shaxs imzo qo‘yadi, u rahbar
tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan
taqqoslash
qaydnomasi
ma’lumotlari
inventarizatsiya
natijalarini hisobga olishga asos bo‘lib hisoblanadi.


Bir xil nomdagi, lekin qiymati bo‘yicha o‘zaro farq qiladigan materiallar,


konstruksiyalar, moslama va buyumlar bo‘yicha rahbarning ruxsati bilan
kamomadlarni ortiqchalar bilan qoplanishiga ruxsat etiladi. Bunday hollarda
hisobda materiallarning faqat qiymatlari bo‘yicha farq kamomad yoki ortiqcha
sifatida aks ettiriladi.
Inventarizatsiyada materiallar bo‘yicha aniqlangan ortiqchalar qurilish
tashkilotining foydasiga olib boriladi va ular hisobda quyidagicha aks ettiriladi:

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin