K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə55/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Jami 


819 

831,6 

Yuqoridagi ma’lumotlar asosida dastlab MIK bilan hisoblangan bir birlik ish


vaqtiga to‘g‘ri keladigan asosiy ish haqi va mukofat summasi topib olinadi.
Bizning misolimizda bu ko‘rsatkich:
(1) asosiy ish haqi bo‘yicha 601,25 so‘m (500000 / 831,6);
(2) mukofat bo‘yicha 360,75 so‘m (300000 / 831,6).
Ushbu ma’lumotlar asosida asosiy ish haqi va mukofat pulining brigada
a’zolari o‘rtasidagi taqsimoti hisob-kitobi quyidagicha amalga oshiriladi (4.2-
jadval):
4.2-jadval 
Brigada a’zolari o‘rtasida asosiy va qo‘shimcha ish haqlarini taqsimlash 
hisob-kitobi 


Familiya, 


ismi sharifi 
MIK bilan 
hisoblan-
gan
ish vaqti 
MIK bilan hisob-
langan bir birlik ish 
vaqtiga to‘g‘ri 
keluvchi 

Hisoblangan 

Jami
hisob- 
landi 
ish
haqi 
muko- 
fat 
ish
haqi 
muko- 
fat 
1
Davirov D
227,5
601,25
360,75
136784
82071
218855


2
Xalikov A.


175
601,25
360,75
105219
63131
168350
3
Shirinov B
192,5
601,25
360,75
115741
69444
185185
4
Jabborov S
98
601,25
360,75
58923
35354
94277
5
Olimov A
138,6
601,25
360,75
83333
50000
133333

Jami 
831,6 


500000 
300000 
800000 

Qurilish tashkilotlarida vaqtinchalik mehnat layoqatini yo‘qotganlik uchun


beriladigan nafaqa, mehnat ta’tili va boshqa to‘lovlar (moddiy yordam,
kompensatsiyalar) umumbelgilangan tartibga asosan hisob-kitob qilinadi.
Qurilish tashkilotlarida hisoblangan ish haqidan ushlanmalar boshqa xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlardagi kabi majburiy va ixtiyoriy ushlanmalarga bo‘linadi.
Majburiy ushlanmalarga xodimlar ish haqidan undiriladigan daromad solig‘i, 2,5
foizlik pensiya fondiga ushlanma, 1 foizlik jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti
schyotiga ushlanma, sud ijro hujjatlari asosida amalga oshiriladigan ushlanmalar,
berilgan bo‘nak va boshqalar kiradi. Ixtiyoriy ushlanmalarga xodimlarning
arizasiga ko‘ra ushlanadigan turli to‘lovlar, hayriyalar kiradi. Respublikamiz
qonunlariga ko‘ra ish haqidan ushlanmalarning jami miqdori xodimlar oylik ish
haqining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Ish haqidan undiriladigan barcha
ushlanmalarning hisob-kitoblari umumbelgilangan tartiblarda amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlari boshqa korxonalar singari ish haqini berishning bo‘nakli
va bo‘naksiz tizimlarini qo‘llaydilar. Bo‘nakli tizim qo‘llanilganda oyning birinchi
yarmi tugagach, xodimlarga oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda bo‘nak
qaydnomalar asosida beriladi. Bo‘naksiz tizim qo‘llanilganda ish haqi faqat
hisobot oyi tugagach qaydnomalar asosida beriladi.
Qurilish tashkilotlari buxgalteriyasi mehnatga haq to‘lashga doir barcha
hisob-kitob ma’lumotlarini ish haqi kitobida, xodimlarning shaxsiy varaqalarida
yoki hisob-to‘lov qaydnomalarida mujassamlashtiradi. Ushbu registrlarda
keltirilgan ma’lumotlar ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik
hisobini yuritishga asos bo‘ladi.

2. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin