K.B.Urazov.
Qurilish
tashkilotlarida
buxgalteriya
hisobining
xususiyatlari. «Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari»
fani bo‘yicha ma’ruza matnlari. II-qism, 2007 – 128 b.
Taqrizchilar - professor R.A.Abdullayev (SamISI)
i.f.n., dotsent G.I.G‘aniyeva (SamDAQI)
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasining
2007 yil 13 martdagi yig‘ilishida ko‘rib
chiqilgan va ma’qullangan (9 - son bayon)
SamISI ilmiy-o‘quv uslubiy kengashi tomonidan chop qilishga tavsiya
etilgan (8-son bayon, 2007 yil 28 mart).
Ushbu ma’ruza matnlari «Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining
xususiyatlari» fani o‘quv dasturining «Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya
hisobining xususiyatlari» bo‘limi bo‘yicha tayyorlangan.
Unda qurilish
tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari, ularda asosiy vositalar,
materiallar, mehnatga haq to‘lash, ishlab chiqarish harajatlari hisobi va qurilish
ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish tartibi ochib berilgan. Shuningdek, qurilish
tashkilotlarida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar va buyurtmachilar bilan
hisoblashishlar, boshqa turdagi daromadlar va harajatlar,
soliq va majburiy
ajratmalar, yakuniy moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari hisobini yuritish hamda
moliyaviy hisobot shakllarini tuzishning xususiyatlari yoritilgan.
Ma’ruza matnlari «Buxgalteriya hisobi va audit» o‘quv yo‘nalishidagi
bakalavrlarga mo‘ljallangan. Undan boshqa o‘quv yo‘nalishida ta’lim oluvchilar,
shuningdek malaka oshirish fakulteti tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin.