K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə7/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Obodonlashtirish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga
ularda foydalanishda bo‘lgan yer maydonchalarining ko‘rinishini yaxshilash, yer
osti o‘tkazmalarini qurish, transport vositalarini to‘xtab turish joylarini tashkil
qilish, yer maydonchalarini temir panjaralar bilan o‘rash, yurish yo‘lkalarini qurish
kabi ishlar tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari boshqa ishlar singari loyihadagi
barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar
(qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida
topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng obodonlashtirish
ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.

Ta’mirlash ishlari deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga
asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ob’ektlarni texnik-ishlab
chiqarish holatini ishchi holatda ushlab turish, ularning texnik-iqtisodiy darajasini
saqlash maqsadlarida bajarilgan ishlar tushiniladi. Bu ishlar, odatda,
buyurtmachilar bino va inshoatlarining miqdoriy hajmini kengaytirmaydi. Biroq,
ta’mirlash ishlari buyurtmachilarda mehnat sharoitlarini, atrof muhit muhofazani
yaxshilashga imkon beradi. Ta’mirlash ishlari boshqa ishlar singari shartnoma
nazarda tutilgan barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga
«Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-
faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng
ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.


Shunday qilib, qurilish tashkilotlari tomonidan xalq xo‘jaligining barcha


tarmoqlari uchun bajariladigan qurilish ishlari tarkibi juda ham turli-tumandir.
Ularning asosiylariga
4
quyidagilar kiradi:

qurilish titul ro‘yxatiga kiritilgan bino va inshootlarni qurishga doir barcha
ishlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan temir-beton metalllar, yog‘och va boshqa qurilish
konstruksiyalarini o‘rnatish va montaj ishlari, minorali va boshqa kranlar uchun
kran osti yo‘llari qurish va buzish ishlari;

gaz, suv, elektr energiyasi, issiqlik, kanalizatsiya, havoni tozalash
ta’minotiga doir ishlar;

neft va gaz quvurlarini yotqizish, elektr quvvati va aloqa liniyalari
kabellarini yotqizish va o‘tkazish ishlari;

ko‘prik, yo‘l, suv osti-texnik tonnellarini qurish va o‘tqazish ishlari;



sanitariya-gigiyena texnikasi va jihozlarini o‘rnatish ishlari;

bino, inshoat va uskunalarga asos (fundament) va tayanch konstruksiyalarini
o‘rnatish, qozon pech va boshqa agregatlar atrofiga qoplamalar yasash ishlari;

qurish uchun yer maydonlarini tayyorlash, tozalash, eski buta va daraxtlarni
kesish va olib tashlash, kovlash, yerni quritish va loyihada belgilangan ko‘rinishga
yetkazish ishlari;

shahar va qishloq joylari xududlarini ko‘kalamzorlashtirish hamda


obodonlashtirishga doir qurilish ishlari;

suv chiqarish, ularni oqish quvurlarini o‘rnatish ishlari;


eroziya, sel ko‘chmalariga qarshi va boshqa tabiatni muhofaza qilish


inshootlarini qurish, qirg‘oqlarni mustahkamlash va botqoqlarni quritish ishlari;

qurilishiga aloqador parmalash, shurflash, suvni tortib olish va shu kabi
boshqa geologik va gidrogeologik ishlar.
Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatiga kiruvchi ushbu ishlar ularning
xususiyatlariga ko‘ra litsenziyalashtiriladigan va litsenziyalash-tirilmaydigan
turlarga bo‘linadi. Masalan, mudofaa ob’ektlarini, ko‘prik va tonnellarni, magistral
gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini, balandliklarda
joylashgan
ob’ektlarni
loyihalashtirish,
qurish
va
ta’mirlash
ishlari
litsenziyalashtiriladigan faoliyat hisoblanadi. Bunday qurilish ishlari bilan
shug‘ullanish uchun litsenziya faqat maxsus ixtisoslashgan qurilish tashkilotlariga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladi. Maxsus
loyihalashtirishni talab qilmaydigan va litsenziya olish lozim bo‘lmagan qurilish,
qurilish-montaj, obodonlashtirish, kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya
qilish, kapital va joriy ta’mirlash ishlari bilan barcha turdagi qurilish tashkilotlari
shug‘ullanishlari mumkin.
Qurilish tashkilotlari va buyurtmachilar o‘rtasida qurilish ishlariga doir
pudrat shartnomalarini tuzishda hozirgi paytda tender (tanlov) usuli keng
tarqalgan.
Chunonchi,
davlat
byudjetidan
markazlashtirilgan
tarzda
moliyalashtiriladigan qurilish ob’ektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy
qismlar, shifoxonalar va boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzish maxsus

4
Изоҳ: қурилиш ишларининг тўлиқ рўйхати қурилиш нормалари ва тартибига оид ҳужжатлар,


шунингдек қурилишга оид махсус адабиётларда келтирилган.


«Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari


asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu tanlov savdolarida barcha mulkiy va
tashkiliy-huquqiy turdagi qurilish tashkilotlari qatnashish huquqiga egadirlar.
Buning uchun ular injiniring kompaniyalariga tanlov savdosida qatnashish
bo‘yicha ofertalar (takliflar)ni kiritishlari hamda tegishli tanlov hujjatlarini taqdim
etishlari lozim. Tanlov savdosida qatnashish uchun qurilish tashkilotlari «Yagona
buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari tomonidan qo‘yilayotgan quyidagi
talablarga mos kelishlari lozim:

ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari va


mutaxassislarga ega bo‘lishlari;

tanlovga qo‘yilgan ob’ektga o‘xshash inshoatlarda ishlash tajribasi va


ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari;

shartnoma tuzish yuzasidan fuqoralik-muomala, huquqiy layoqat va
vakolatlarga, o‘zaro ishonchga ega bo‘lishlari;

tanlovga


qo‘yilgan
ob’ekt
qurilishini
olib
borish
uchun
markazlashtiriladigan mablag‘lardan tashqari o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishlari;

byudjet oldida boqimanda qarzlarga ega bo‘lmasligi;


joriy majmuriyatlar bo‘yicha to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishligi va boshqalar.


«Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov
savdolari asosida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalari
qurilish ishlari rejalariga kiritilgan hamda ular uchun belgilangan tartibda
tasdiqlangan titul ro‘yxatlariga muvofiq holda tuziladi.
Bosh pudratchi qurilish ishlarining hajmi va xususiyatlariga ko‘ra injiniring
kompaniyalari roziligi bilan alohida ishlarni amalga oshirishlari uchun o‘zlarining
subpudratchilarini belgilashlari ham mumkin. Ushbu holda bosh pudratchi va
subpudratchilar o‘rtasidagi munosabatlar tuzilgan subpudrat shartnomalari asosida
belgilanadi.
Quriladigan ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari (titul ro‘yxati, uskuna,
material va buyumlarni yetkazib berish jadvali, moliyalashtirish grafigi va
boshqalar) tuzilgan pudrat shartnomasining tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu hujjatlarga amal qilish va ularda ko‘rsatilgan shartlarni bekamu-ko‘st
bajarilishini ta’minlash buyurtmachilar hamda qurilish tashkilotlarining bevosita
majburiyatlari hisoblanadi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin