K I r I sh mavzuning dolzarbligi



Yüklə 118,12 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.04.2023
ölçüsü118,12 Kb.
#94235
Shavkat



K I R I SH 
Mavzuning dolzarbligi: Oxirgi kunlarda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son 
Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga ko‘ra jismoniy 
tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro 
standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va 
ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan 
yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish 
orqali yuqori natijalarga erishish muhim masala sifatida belgilab olindi.
1
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida printsiplarning xilma-xil 
guruhlari mavjud. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy va metodik printsiplari, 
jismoniy tarbiyaning ayrim Ko’rinishlari xususiyatlarini ifodalovchi(masalan, 
sport, kosmonavtlar, o’t o’chiruvchi va hokazo) lar trenirovkasi tamoyillari 
mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog`liq bo’lib, printsiplarning yagona tizimini 
tashkil etadi. Ma`lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har 
tomonlama rivojlangan bo’lishi lozim, afsuski, kishilar o’zida ruhiy, ma`naviy va 
jismoniy sifatlarni mujassamlashtirgan holda tug`ilmaydilar. Bu sifatlarni kamol 
topishi, o’sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog`liq. Jismoniy 
tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir. 
Shuning uchun ham inson tarbiyasida qullaniladigan har qanday 
tarbiyaning turli shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bog`langandir. 
Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning 
boshqa tarbiya turlari bilan bog`liqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy- 
ilmiy fanlarning ochiq munozarasida fandagi o’sha eski bahsni hozir ham davom 
ettirishga urinuvchilar mavjud bulib, odam tanasining tashqi kurinishi va uning 
funktsiyasiga tashqi ta`sir bilan o’zgartirish kiritish mumkin emas deb, 
tarbiyaning rolini inkor etadilar. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son Jismoniy tarbiya va 
sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida qarori 


Kurs ishining metodikasi tavsifi. Jismoniy tarbiya jarayoni 
qonuniyatlaridagina har tomonlama jismonan, garmonik rivojlanishini yo’lga 
qo’ya olishni mumkinligi ilmiy asoslangan. Kishining ruhiy, ma`naviy 
qobiliyatini usishga eng avval usha ijtimoiy sharoit, sungra esa insonni uzining 
muhitni uzgartirish yoki uni o’zgartirish uchun olib bolilgan faoliyati rol` 
uynashligini I.M.Sechenov va I.P. Pavlovlarning tabiiy fanlardagi dunyoqarashi 
allaqachonlar ilmiy va amaliy isbotlangan. Inson organizmining tashqi muhit 
bilan aloqasida shartli reflekslarning mohiyati katta ekanligini, jismoniy ham psixik 
faoliyat bosh miya po’stloq qismida sodir buladigan “vaqtli aloqa” orqali sodir 
bo’lishligining amaliy shohidimiz. Ular ta`lim va tarbiya jarayonini kishilarda 
qator “uzun shartli reflekslarni hosil qilish” deb tushuntirdilar. Jamiyat talabiga 
muvofiq ravishda, shartli refleks aloqalarini yaratish shaxsning faqat ma`naviy 
shakllanishigagina emas, balki jismoniy jihatdan fiziologik poydevor bulishi mumkin 
ekanligini isbotladilar.
2
Kurs ishining maqsadi: Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining 
umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular quyidagilardan iborat: 
a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyoti bilan bog`liqligi: 
b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish: 
v) jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yo’naltirilganligi printsiplari. 
Kurs ishining vazifalari: 
- Jismoniy tarbiya tamoyillari bilan olib boriladigan mashg’ulotlarni tashkil 
qilish: 
- Tamoyillar va metodlar samaradorligini oshirish: 
- O’quvchilarni 
har 
tomonlama 
shaxs 
sifatida 
rivojlantirish 
va 
sog’lomlashtirishga yo’naltirish. 
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Jismoniy tarbiya jarayonida 
nazariy printsiplar bir tomondan, nizom vazifasini o’tasa ikkinchi tomondan
jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchini nazariy va metodik jihatdan ma`lum 
ramka(qolip)ga, yo’nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda 
2
R. S. Salomov, Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti. 2015 t 256 b 


printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etadi. Ayrim holatlarda: 
printsipga jismoniy tarbiya ma`lum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga 
yuriqchi (kursatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun 
umumiy asos deb qaraymiz. 
Kurs ishining umumiy tavsifi. Kurs ishi 2 bob, 5 paragraf, xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 

Yüklə 118,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin