K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik s u b y e k t L a r id a m a r k e t in g f a o L iy a t in I t a s h k IL


K ichik b izn es va tad b irk orlik faoliyati uch u n m ark etin g



Yüklə 262,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix05.05.2023
ölçüsü262,21 Kb.
#107724
1   2   3   4   5   6   7   8
6-maruza

4.4. K ichik b izn es va tad b irk orlik faoliyati uch u n m ark etin g  
d astu rin i ishlab chiqish
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo'lib, 
korxonaning bozorda aniq faoliyat ko'rsatish tamoyilini ifodalaydi. 
Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor 
talablariga moslashtirishga yo'naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat


qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir 
yilgacha), o'rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va 
undan ko'proq) bo'ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus 
faoliyatlariga mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo'jalik faoliyatini direktiv 
rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish 
b o 'g'ini uchun qaror qabul qilish asosidir. Marketing dasturining asosiy 
mazmuni korxonani o'tgan davrdagi faoliyat natijalari bo'lib, unda 
maqsadli bozor rivojlanishining qisqa tahlili va bashorati, firma 
rivojlanishining asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorining strategik yo'li, 
tovar, narx, sotish va rag'batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, 
marketing tadqiqotlari mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari 
samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish 
bo'yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmaning 
imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega 
bo'lsa-da, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida 
ko'riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi 
kompaniyaning yuqori boshqaruv bo'g'ini (joriy rejalashtirish, direktiv 
rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib, 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturining strategik yo'nalishi bozordagi mavqei va 
korxona holatining bog'liqligiga ko'ra, o'z ichiga turli variantlami oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentlash, 
hujum va himoya strategiyalari bo'lishi mumkin.
Marketing 
dasturini 
ishlab 
chiqarishda 
ko'p 
variantlilik 
tamoyillaridan foydalaniladi. Xizmatning tuzilishiga binoan marketing 
dasturi va rejasining bir necha variantlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, 
optimal va maksimal turiari bo'ladi. Dastuming minimal varianti, dasturni 
murakkab sharoitlarda rivojlantirish, maksimal variantida esa yaxshi 
sharoitlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari 
marketing dasturi va rejasining minimal variantini nazarda tutib, uni 
amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga ijtimoiy va iqtisodiy hamda 
psixologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. Shuningdek, dastuming 
o'rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan.
Quyidagi 
4.4.1-rasmda 
marketing 
dasturi 
majmui 
jarayoni 
keltirilmoqda.



Yüklə 262,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin