4-bob. K IC H IK B IZ N E S V A T A D B IR K O R L IK
S U B Y E K T L A R ID A M A R K E T IN G F A O L IY A T IN I T A S H K IL
E T ISH
4.1. K ichik biznes va tadbirkorlik faoliyatid a m ark etin gn in g
ahamiyati
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni
ishlab chiqishda kichik biznes va tadbirkorlikning samarali vositasi hamda
asosi bo'lib marketing hisoblanadi hamda kichik
biznes va tadbirkorlik
faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda,
rejalashtirish va nazorat
qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konsemi boshqaruvi raisi
Djon harvi Djons kichik biznes va tadbirkorlikda marketingni o'rnini
tavsiflab
shunday
deydi,
ya’ni
«Marketing
kichik
biznes
va
tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg'i, balki kema
komandasidir»17.
Marketing elementlarining paydo XVII asrning o'rtalariga
borib
taqaladi. Bu davrgacha tovarlami natural ayirboshlashning turli shakllari
paydo bo'ladi, keyinchalik marketing faoliyatining birinchi elementlari,
ya’ni reklama, narx, sotish kabilarning rivojlanishi kuzatildi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini
har qanday faoliyati bilan
bog'liqdir, shu bois marketing so'zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi
(ing. Market bozor,
ing faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur
yo'nalishi,
ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot
bo'yicha amaliyot faoliyati hamdir.
Talab bilan taklifning o'zaro ta’siri alohida
shaxslar yoki guruhning
xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon
o'z navbatida shunday ijtimoiy-i qtisodiy kategoriyalarning o'zaro
ta’siriga asoslanadi, ya’ni
ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid
qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlaming iste’moli
(ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi,
mohiyatini aniqlashga
imkon beradi.
Quyida marketingning asosiy kategoriyalari berilgan (4.1.1-rasm).
Muhtojlik kishining biror-bir narsa etishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga
muhtoj likdir.
Talab xarid quwatiga ega ehtiyoj.
17 Багиев ГЛ. и др. Маркетинг. Учебник. Спб.:Питер, 2008, - 83 стр.
109