O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
ARXITEKTURA FAKULTETI
ARXITEKTURA TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI
ARXITEKTURA TARIXI VA NAZARIYASI FANI
MAVZU:BUXORO ARKI ME'MORCHILIGI
GURUH:8-18 “QHALTE”
TALABA:I.RIXSIYEVA
RAHBAR:Sh.BOBOYOROVA
TOSHKENT-2020
REJA
Kirish
Ko'hna Buxoro tarixi
Buxoro qadimgi shaharsozlik yodgorligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Oʻzbekiston Me'morchiligi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari,
yuksak nafosat mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqateʼtiborni
tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi eng qadimgi madaniyat markazlari
hozirgacha arxeologik yodgorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish
etmoqda . Buxoro, Samarqand, Tosh-kent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon kabi
koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari bilan dunyoga tanilgan. Tarixiy
va afsonaviy me’morchiligi bilan mashhur Buxoro shahrida juda ko’plab tarixiy
obidalar mavjud bo’lib, ular xalqimizning bebaho merosidir. Ark, Sitorai Mohi Xosa,
Masjidi Kalon, Chor Bakr, Ismoil Somoniy maqbarasi, Mir Arab madrasasi va mana
shunday tarixiy obidalar sonini sanab adog’iga yetish mushkul. O’zbek xalqimizning
boy madaniy merosini, ayniqsa tarixiy-me’moriy obidalarini o’rganish yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o’rin tutadi.
Ko'hna Buxoro tarixi
Boy go’zal shahar juda ko’p marta turli-tuman dushmanlarning bosqinchilik
hujumlarining maqsadi bo’lgan, mo’g’ul-tatarlarning bosqini eng og’ir, yer bilan
yakson qiluvchi darajada bo’lgan edi. Lekin Buxoro har gal qaytadan aynan o’sha
joyda tiklanib, o’z zamini-yu a’analariga sodiq bo’lib qaytadan barpo bo’lar edi
Buxoroga asos solinishi qadim-qadimgi asrlar tubiga borib taqaladi. 1997 yilda
YuNESKO ning qaroriga ko’ra butun madaniy dunyo uning 2500-yilligini nishonlagan
edi. Afsonalar shaharning paydo bo’lishini tarixiy shaxs obrazi bilan bog’liq
Zardo’shtiylik xudolaridan biri – Siyovush bilan bog’laydi.
Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal’asi – Ark hisoblanadi, bu yerda arxeologlar
eramizdan avvalgi IV - III asrlarga oid bo’lgan ba’zi topilmalar borligini aniqlashdi.
Bu balandligi 20 metr bo’lgan katta tepalik bo’lib, u yerda ilgari Buxoro amirining
saroyi, uning harami, xazinasi, qurol-yarog’ saqlanadigan xonalari, o’ta xavfli
jinoyatchilar uchun zindon bo’lgan edi. Hozirgi paytda ular tiklanmoqda.
Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida Somoniylar
sulolasining asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara
usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binodir. Somoniylar
maqbarasi O’rta Osiyoning me’morchiligida bizgacha yetib kelgan, pishiq
g’ishtdan qurilgan birinchi bino bo’lib, bunda g’ishtlar ham qurilish uchun, ham
bezatish uchun ishlatilgan.
Shaharning asosiy va eng baland ko’tarilgan inshooti – 1127 yilda qurilgan
Kalon minorasidir. Bu har tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning
sathidan 47 metrga ko’tarilib turgan ulkan minoradir. O’zbekistonda eng
baland bo’lgan ushbu minora tepaga chiqqan sari sal ingichkalashib boradi,
uning dumaloq aylanasidan o’rab turgan halqalar turli rangdagi sirlangan
g’ishtchalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga minoradagi naqshlarning turli-
tumanligi va takrorlanib kelishi sodda va komil me’morchilik shakllarini
boyitadi.
Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki
maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-
biriga qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning
barpo etilishi edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi
yaratilgan – Poi Kalon («Ulkan inshoot osti») maydoni. Uning minorasi gumbazli
o’tish yo’li bilan benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan
bog’langan. Uning qarshisida XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda
ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi barpo etilgan.
BUXORO ARKI
Dostları ilə paylaş: |