К вк 84(4N m) g-84



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#88531
1   2   3
@uz baza Aka-uka grim ertaklari kitobi

® ^ W n
ka m fbi^
ir bevaning ikkita qizi bo‘ lib, ular- 
dan biri g o ‘ zal va mehnatsevar, ik- 
kinchisi esa xunuk va yalqov ekan. 
Beva ayol qizlarining ichida yalqovini yaxshi 
ko‘ rar, chunki u o ‘ z tuqqan qizi edi-da. 0 ‘ gay 
qiz uy ishlarining barchasini qilishga majbur 
ekan. Bechora qiz har kuni ko‘ chadagi katta 
quduq oldida o ‘ tirib, ip yigirarkan. Tinim bilmay 
ishlaganidan barmoqlari qonab ketarkan.
Bir gal urchuq qonga belanibdi. Qiz uni 
yuvmoqchi b o‘ lib, quduqqa engashgan ekan, 
urchug‘ i q o‘ lidan chiqib, quduq tubiga tushib 
ketibdi. Qizcha ho‘ ngrab y ig ‘ lab yuboribdi, 
o ‘ gay onasining yoniga yugurib borib, b o ‘ lgan 
voqeani gapirib beribdi. 0 ‘ gay ona qizni qattiq 
urishibdi va g ‘ azabga to‘ lib: «Urchuqni qan- 
day tushirib yuborgan bo‘ lsang, shunday olib 
chiq», debdi.
Qiz quduqning yoniga qaytib boribdi, urchuq­
ni u yerdan qanday qilib olib chiqish haqida o ‘ylab 
boshi qotibdi. Jo‘yali biror yechim topolmagan 
bechora qizaloq onasining buyrug‘ ini bajarish 
uchun o ‘ zini quduqqa tashlabdi-yu, hushidan


ketibdi. Oradan biroz vaqt o‘ tgach, qizcha hu- 
shiga kelib qarasa, quyosh charaqlab, gullar 
turli-tuman bo‘ lib ochilib yotgan o‘tloqda yot- 
ganmish.
Qiz 
o ‘ tloq bo‘ ylab ketaveribdi, 
nihoyat, 
g ‘ aroyib bir tandirga duch kelib qolibdi. Tandir- 
ning ichi to‘ la non emish.
- Qizcha, hoy qizcha, bizni tezroq uzib ol, 
bizni tezroq uzib ol, biz allaqachon pishganmiz, 
bo‘ lmasa kuyib ketamiz, - deya nola qilishibdi 
nonlar.
Jonkuyar qiz tandir yoniga borib, nonlar- 
ning barchasini birin-ketin uzib olibdi. Shun- 
dan so‘ ng u yana o ‘ z yo‘ lida davom etibdi va 
bir daraxtga duch kelib qolibdi. Daraxtning 
shoxlari to ‘ la olma ekan.
- Qizcha, hoy qizcha, daraxtni silkitgin, 
daraxtni silkitgin, biz allaqachon pishib yetil- 
ganmiz, - deyishibdi unga olmalar.
Shunda u daraxtni bir silkitgan ekan, uning 
mevalari xuddi yomg‘ ir yog‘ gandek yerga to‘ ki- 
libdi. Qiz daraxt shoxida bitta ham olma qoldir- 
may silkitaveribdi. So‘ ngra tergan olmalarini bir 
joyga to‘ plab qo‘yibdi-da, yo‘ lida davom etibdi. 
Nihoyat, u yurib-yurib kichkina bir uycha oldiga 
borib qolibdi. Qarasa, uychaning derazasidan 
bir kampir tashqarini kuzatib o‘tirgan emish. 
Kampirning tishlari shu darajada katta-katta 
ekanki, qizaloq ularni ko‘ rib, qo‘ rqib ketibdi va 
qochmoqchi bo‘ libdi. Biroq kampir unga:


ш*--
- Qo‘ rqma, jonim bolam, qo‘ rqma. Xohla- 
sang, menikida qol. Uy yumushlarida menga 
yordam ber. Agar ishlarni ko‘ ngildagidek ba- 
jarsang, seni taqdirlayman. Faqat o ‘ rin solishga 
diqqat qil. Parto‘ shagimni shunday qoqqinki, 
parlari har tomonga to‘ zib ketsin. Bunday 
paytda esa yer yuziga qor y o g ‘ adi. Men Bo‘ ron 
kampirman, - debdi.
Kampirning mehribon va xushmuomalaligi 
qizga ma’ qul kelibdi. Shuning uchun ham u 
Bo‘ ron kampirnikida qolishga rozi bo‘ libdi, 
uning xizmatini qilib yuraveribdi. U uy ishlari- 
ning barini Bo‘ ron kampir aytganidek bajarar 
ekan. Ayniqsa, uning parto‘ shagini shunaqa 
qattiq qoqar ekanki, to‘ zigan parlar qor par- 
chalaridek, har tomonga uchib ketarkan. Meh- 
natkash qiz kampirga yoqib qolibdi. U qizaloqni 
biron marta ham 
ranjitmabdi. 
Qiz 
Bo‘ ron 
kampirnikida to‘ kin-sochinlikda yashabdi.
Shu zaylda kun ketidan kunlar o ‘ taveribdi. 
Biroq vaqt o ‘ tgan sayin qizaloqning g ‘ amginligi 
orta boribdi. 
Nima uchun bunday holatga 
tushayotganini avvaliga uning o ‘ zi ham anglay 
olmabdi. Garchi B o‘ ron kampirnikida o ‘ z uyi- 
dagidan ming karra yaxshi yashayotgan bo‘ lsa- 
da, u o ‘ zining qadrdon kulbasini sog‘ ingan edi. 
Shunday g ‘ amgin kunlarning birida qiz Bo‘ ron 
kampirga:
- Men yer ostidagi ushbu uyda qanchalar 
yaxshi yashamay, baribir bu yerda uzoq qola
m rm


olmas ekanman. Mening yer ustidagi o ‘ zimizning 
uyimizga qaytish vaqtim yetdi, - debdi. Bo‘ ron 

kampir esa unga:
- Uyingni sog‘ inganing 
menga yoqyapti. 
Menga chin ko‘ ngildan sadoqat ila xizmat qil- 
ganing uchun seni o ‘ zim yer yuziga chiqarib 
qo‘ yaman, - deya javob qaytaribdi.
U qizaloqning qo‘ lidan ushlab, katta dar- 
voza oldiga olib boribdi. Darvoza ochilgach, 
qizning ustiga shovullab oltin yom g‘ ir yog‘ ibdi. 
Oltinlar qizga yopishib qolaveribdi. Natijada, 
qizning hammayog‘ i oltinga belanibdi.
- Bu senga yaxshi ishlaganing uchun, -
debdi Bo‘ ron kampir va qizga quduqqa tushirib
-y'.
yuborgan urchug‘ ini qaytarib beribdi. Darvoza 
yopilib, qizaloq birdaniga yer yuzidagi o ‘ z uyi 
yonida paydo bo‘ lib qolibdi. Qiz uy eshigi oldiga 
yetay deb qolgan ekan, quduq ustida turgan 
x o ‘ roz uni ко‘ rib, shunday deb qichqiribdi:
Qu-qu-qu!
Oltin-zarga belangan,
Bizning qizimiz keldi.
Qu-qu-qu!
 
a
t
Qizaloq x o ‘ rozning xonishini tinglab, uyiga -
onasining oldiga kirib boribdi. Hammayog‘i ol­
tinga belanganini ko‘ rgan ona va singil uni iliq 
kutib olishibdi.


-Я 
Ш
-J



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin