1.Davlat tili haqidagi qonun hamda kadrlar tayyorlash milliy dasturi
OLIY O‘QUV YuRTIDAN KEYINGI TA’LIM Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta’lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni oliy ta’lim muassasalarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik) olish mumkin. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
(3.3-bandning 3.3.3-kichik bandi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim” bo‘limining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) Yakuniy davlat attestatsyasi natijalariga ko‘ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish;
kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;
fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.