Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/81
tarix30.03.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#54469
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
INTERFAOL TA\'LIM METODLARI VA ULARNI FIZIKAGA TADBIQI

24.Plakat bo’yicha taqdimot 

Plakat bo’yicha taqdimot o’quvchi  doskaga  chiqib  osib qo’yilgan plakatdagi 

rasmlarga  qarab  mavzuni  aytib  beradi.    Plakat  bo’yicha  taqdimotni  hali  yangi  

mavzuni  o’tmasdan  turib  ham amalga oshirish mumkin. 



25.Fizik diktant 

Fizik  diktant  juda  qisqa  vaqtda  barcha  sinfdagi  o’quvchilardan  so’rashning 

yo’lidir.  Bunda  bola  mustaqil  ishlaydi.  O’quvchilarga  o’tgan  mavzu  bo’yicha 

diktant olish mumkin. Bunda o’tgan mavzuga doir formula, asbob, birlik, fizik olim 

haqida  savollar  og'zaki  beriladi,  o’quvchi    savolni    eshitib    (yozmay)    javobini 

daftariga  yozadi.  Masalan:    o’tgan    mavzuda    "Moddaning    zichligi"    mavzusi 

o’tilgan bo’lsa savollarni quyidagicha tanlash mumkin. 

1.  zichlik formulasi. 

2.  zichlik birliklari 

3.  zichlik qanday kattalik (vektor yoki skalyar) 

4. - zichlikni o’lchovchi asbob ( qurilmalar nomi). 

5. Modda zichligini aniqlagan vatandoshimiz nomi. 




 

29 


6. .  1000 kg/m

3

 necha g/sm3ga teng. 



7. Suvning zichligi nechiga teng? 

8. Nima uchun kerosin suvning ustida joylashadi? 

Diktant  yozilgandan    so’ng    o’quvchilarga    yozilmagan    qismiga  "so’roq" 

belgisini qo’yish taklif etiladi, javoblari doskaga yoziladi va o’quvchiga o’z ishini 

baholash so’raladi. 


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin