38.“Do’stingni top va masalani yech" o’yini.
Barcha o’quvchilarga kartochkalar beriladi. Kartochkalarda masalaning
berilganlari yozilgan. Lekin to’liq nimani topish kerakligi yozilmasdan
boshqa kartochkaga yozilgan. Bola qo’shnisini ya’ni masala shartining
davomini topishi kerak va masalani 2 kishi bo’lib hamkorlikda ishlab
o’qituvchilariga topshirishlari lozim.
39."Mashina odam” o’yini.
Barcha 6 ta yoki 5, 4 tadan bo’lib o’tirgan bolalarga 3 daqiqa vaqt beriladi.
Ular 3 minut davomida biror mashina mexanizmning ishlashini o’rtoqlariga
namoish qilishni kelishib oladilar. Vaqt o’tgandan so’ng har bir guruhga navbat
bilan o’zlarini tayyorlagan ishlarini namoish qiladilar. Qolgan bolalar qaysi
mashina , mexanizm ekanligini aytadilar.
Dostları ilə paylaş: |