Interfaol usullarning maqsadi, vazifasi,
shakli va vositalari
Interfaol metodlar o`qituvchi bilan o`quvchining faol munosabati, bir-birini to`liq
tushunishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o`quv jarayoniga joriy etishning tub
maqsadi - dars qaysi shaklda bo`lmasin, qayerda o`ztkazilmasin, darsda o`qituvchi bilan
o`quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. O`qituvchi darsida tegishli
muammolarga o`quvchilarni jalb etishi, ularning harakatini faollashtirishi va natijada
o`zlashtirishlarini ta’minlashi lozim. Bunda o`qituvchi faqat fasilitator (yo`l-yo`riq
ko`rsatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi) vazifasini bajaradi. Ushbu metodlar orqali
o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash,
mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijobiy fikr
yuritishning rivojlanishiga zamin tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |