DIQQAT BOSHLADIK! Quyidagi faoliyatlar bilan shug’ullanishni yoqtirasizmi? Havas qilasizmi? Istaysizmi?
1. O’simliklar va hayvonlarning hayoti bilan shug’ullanish, tanishish.
2. Geografiya darsligi, geografiyaga oid kitoblarni o`qish.
3. Geologik ekspeditsiyalar haqidagi badiiy yoki ilmiy-ommabop adabiyotlar o`qish.
4. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi darslari va shu sohaga oid darsliklar, kitoblarni o`qish.
5. Uy-ro`zg’or darslari yoki ro`zg’or ishlariga taalluqli vazifalar.
6. Fizikadagi yangi kashfiyotlar va buyuk fiziklarning hayoti, ijodi haqidagi ilmiy-ommabop adabiyotlar o`qish.
7. Ximiya fanidagi yangi ixtirolar yoki buyuk ximiklarning hayoti va ijodi haqida o`qish.
8. Texnika sohasiga tegishli jurnallar o`qish (masalan, "Sirli olam", "Fan va turmush").
9. Ilmiy-ommabop jurnallardagi elektronika va radiotexnika bo`yicha yutuqlar va yangiliklar haqida maqolalar o`qish.
10. Har xil metallar va ularning xususiyatlari bilan tanishish.
11. Yog’ochlarning har xil turlari va ularni amalda qo`llash haqida bilish.
12. Qurilish sohasidagi yutuqlarni bilish.
13. Har xil turdagi transport (avtomobil, temiryo`l) haydovchilari haqida kitoblar o`qish, filmlar ko`rish).
14. Uchuvchi va kosmonavtlar haqida kitoblar o`qish, filmlar ko`rish.
15. Harbiy texnika bilan tanishish
16. Tarixiy voqealar va tarixiy arboblar haqida kitoblar o`qish.
17. O’zbek va jahon adabiyoti klassiklarini o`qish.
18. Gazeta va jurnallarning maqola va ocherklarini muhokama qilish.
19. Sinfda va maktabda bo`layotgan ishlar va voqealarni muhokama qilish.
20. Maktab hayoti (tarbiyachi, o`qituvchi, sardorlarning faoliyati) haqida kitoblar o`qish.
21. Militsiyaning faoliyati haqida filmlar ko`rish, kitob o`qish.
22. O’qiyotgan, ishlayotgan yoki yashayotgan joyingizni chiroyli qilib bezash, narsalarni saranjomlash, tartibga keltirish.
23. "Qiziqarli matematika", "boshqotirmalar" haqidagi maqola va kitoblar o`qish.
24. Iqtisodiy geografiyani o`rganish.
25. Chet tili mashg’ulotlariga qatnashish.
26. Buyuk rassomlar hayoti, tasviriy san’atning rivojlanish tarixi bilan tanishish.
27. Mashhur sahna va kino artistlarining hayoti bilan tanishish, ular bilan uchrashish, fotosuratlarini yig’ish.
28. Mashhur musiqachilarning hayoti va ijodi, musiqa san’ati nazariyasiga doir masalalar bilan tanishish va o`rganish.
29. Sport va buyuk sportchilar haqida jurnal, gazeta, kitoblar o`qish.
30. Biologiya, botanika, zoologiyani o`rganish.
31. Geografik ixtirolar va ma’lumotlar orqali har xil mamlakatlar bilan tanishish.
33. Odamlar qanday qilib kasalliklar bilan kurashishlari, tibbiyot sohasidagi yutuqlar haqida o`qish.
34. Yengil sanoat korxonalariga ekskursiyaga borish.
35. «Fiziklar hazillashadilar», «Qiziqarli fizika» sohasida kitoblar o`qish.
36. Tabiatdagi ximiyaviy hodisalarni kuzatish, ximiyadan tajribalar o`tkazish, ximik reaktsiyalarning borishini kuzatish.
37. 3amonaviy texnikaning eng so`nggi yutuqlari bilan tanishish (radio va teleko`rsatuvlarni eshitib, ko`rib, gazetalardagi maqolalarni o`qib).
38. Radiotexnika to`garaklariga qatnashish yoki elektriklarning ishi bilan tanishish.
39. Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan har xil o`lchov asboblari bilan tanishish. Ular bilan ishlash.
40. Yog’ochdan uy jihozlari tayyorlash jarayonini kuzatish, mebellarning yangi namunalarini o`rganish.
41. Quruvchilar bilan uchrashish, ularning faoliyatini kuzatish.
42. Yo`l harakati vositalari haqida ommabop adabiyotlapni o`qish.
43. Dengizchilar haqida kitoblar o`qish, filmlar ko`rish.
44. Harbiy mazmundagi filmlarni ko`rish, kitob o`qish, katta to`qnashuvlar va janglar tarixi bilan tanishish.
45. O’zimizda va chet el miqyosida bo`layottan, siyosiy voqealarni muhokama etish.
46. Adabiy-tanqidiy maqolalarni o`qish.
47. Radio va televizordan har hil yangiliklar va axborot ko`rsatuvlarini eshitish va ko`rish.
48. Tuman, shahar, respublikada bo`layotgan kundalik voqealardan xabardor bo`lish.
49. O’rtoqlaringizga darslarini bajarishda yordam berish va tushuntirish ishlarini olib borish (agar o`zlari qila olmasalar).
50. Do`stlarning, tanishlarning yoki adabiy qahramonlarning qilmishlarini to`g’ri va haqqoniy tahlil etish va baholash.
51. Oilaning oziq-ovqat bilan ta’minlanishiga ahamiyat berish, sayohatlar chog’ida hamma uchun ovqatlanishni tashkil etish.
52. Matematika sohasidagi kashfiyotlar, buyuk matematiklar hayoti va faoliyati haqida ilmiy ommabop adabiyotlarni o`qish.
53. Xalq xo`jaligi rejalarining bajarilishi bilan qiziqish.
54. Chet tilida badiiy adabiyotlarni o`qish.
55. Redkollegiya a’zosi bo`lish, gazetalarni badiiy bezash bilan shug’ullanish.
56. Drama teatri va yosh tomoshabinlar teatriga borish.
57. Opera yoki simfonik musiqalarni eshitish.
58. Sport musobaqalarini tomosha qilish, sportga doir radio va teleko`rsatuvlarni eshitish, ko`rish.
59. Biologiya to`garagiga qatnashish.
60. Geografiya to`garagida shug’ullanish.
61. Yerdagi minerallarning geografik tarqalishi haqida tasvirlar, ma’lumotlar yig’ish va xaritalar tuzish.
62. Odam organizmi xislatlarini, kasallikning paydo bo`lish sabablari va da’volash usullarini o`rgatish.
63. Pazandalik to`garagiga qatnashish, uyda ovqat tayyorlash.
64. Fizikadan tajribalar o`tkazish.
65. Eritmalarni tayyorlash, reaktivlarning og’irligini o`lchash.
66. Hap xil mexanizm (soat, dazmol)larni yig’ish, tuzatish.
67. Aniq o`lchov asboblari (ostsillograf, ampermetr, voltmetr)ni ishlatish, ular yordamida har xil hisoblarni olib borish.
68. Metaldan har xil detallar va buyumlar yasash.
69. Yog’ochdan har xil qismlar va ashyolar yasash yoki yog’ochni badiiy bezash (o`ymakorlik, kuydirish, naqsh berish).
70. Har xil imoratlarning eskizlarini, qurilishlarning chizmalarini bajarish.
71. Yosh temiryo`lchilar yoki avtohavaskorlar to`garagiga qatnashish.
72. Parashyutchilar sektsiyasida, aviamodelchilar to`garagida ishtirok etish yoki aviaklub ishida qatnashish.
73. O’q-yoy otish to`gapagida shug’ullanish.
74. Har xil xalqlar va mamlakatlarning kelib chiqish tarixini o`rganish.
75. Adabiyot fanidan sinf va uy insholari yozish.
76. O’zga odamlarning harakatlari, xylqi va hayotini kuzatish.
77. Jamoat topshiriqlarini, biron bir ishni bajarish, tashkil etish uchun o`rtoqlarini uyushtirish, birlashtirish.
78. Kichik yoshdagi bolalarga qarash ularga kitob o`qib berish, shug’ullanish, har xil hikoyalar gapirib berish, yoki biron bir ishda ularga ko`maklashish.
79. Tengdoshlar va kichik bolalar orasida tartib va muntazam intizom o`rnatish.
80. Sotuvchi, oshpaz, ofitsiantlarning faoliyatini kuzatish.
81. Matematika to`garagida shug’ullanish.
82. Ishlab chiqarishning rivojlanish masalalarini o`rganish, ishlab chiqarish korxonalarida hisob-kitob va rejalash borasidagi yutuqlar haqida bilish.
83. Chet tilidagi lug’atlar bilan ishlash, yaxshi tanish bo`lmagan tilda o`ziga xos murakkab nutq xycyciyatlarini tahlil qilish.
84. Muzey va badiiy ko`rgazmalarga borish.
85. Tomoshabinlar oldida, sahnada badiiy faoliyat ko`rsatish.
86. Biron bir musiqiy asbobda o`ynash.
87. Sport o`yinlarini o`ynash.
88. O’simlik va hayvonlarning rivojlanishini kuzatib, yozib borish.
89. Mustaqil ravishda geografik xaritalarni tuzish, har xil geografik ma’lumotlarni to`plash.
90. Geologiya muzeylari uchun ko`rgazma materiallar, minerallar to`plami yig’ish.
91. Vrach, hamshira, dorishunoslarning faoliyati bilan tanishish.
92. Bichish va tikish to`garagiga qatnashish, o`zingiz va oila a’zolaringiz uchun liboslar tikish.
93. Fizika to`garagida shug’ullanish yoki fizika bo`yicha qo`shimcha mashg’ulotlarga qatnashish.
94. Ximiya to`garagida shug’ullanish yoki ximiya bo`yicha qo`shimcha mashg’ulotlarga borish.
95. Texnika to`garaklaridan birida shug’ullanish (samolyot, dengiz kemalari va boshqa inshootlarning modelini yasash).
96. Elektr asboblari, apparatlari va hap xil elektr mashinalarining tuzilishi bilan tanishish, ishini kuzatish har xil radiouskuna va o`lchov asboblari bilan shug’ullanish.
97. Mehnat darslarida metalga ishlov berish ustaxonasida shug’ullanish.
98. "Mohir qo`llar" yoki yog’ochga ishlov berish to`garagida shug’ullanish.
99. Qurilishda bo`lish, qurilish jarayoni va bezash ishlarini kuzatish.
100. Transport va yo`lovchilarning yo`l harakati qoidalarini bajarishlarini kuzatish.
101. Eshkak eshuvchi, yelkanli qayiqchi, akvalangchi (g’avvoslar) to`garaklarida va suvda cho`kayotganlarni qutqarish brigadasida qatnashish.
102. Harbiy (masalan, "shunqorlar") o`yinlarida ishtirok etish.
103. Tarix muzeylariga borish, madaniy obidalar va yodgorliklar bilan tanishish.
104. Adabiyot to`garaklarida shug’ullanish, adabiyotdan qo`shimcha mashg’ulotlarda ishtirok etish.
105. Shaxsiy kundalik tutish.
106. Xalqaro ahvol haqida sinfda axborot berish.
107. Tarbiyachilik (masalan, sardorlik) ishlarini bajapish.
108. Odamlarning xatti-harakatlari va odatda yashiradigan ba’zi bir xulqlarining sabablarini ochish, aniqlash.
109. Do`konda xaridorlarga kerakli buyumlarni tanlashda yordam berish.
110. Matematikadan qiyin masalalarni yechish.
111. Pullik kirim-chiqimlarning aniq hisob-kitobini olib borish.
112. Chet tili to`garaklarida shug’ullanish yoki chet tilidan qo`shimcha darslarga qatnashish.
113. Badiiy to`garaklarda shug’ullanish.
114. Badiiy havaskorlik ko`riklarida ishtirok etish.
115. Xorda ashula aytish yoki musiqa to`garaklarida qatnashish.
116. Sport sektsiyalarining birida shug’ullanish.
117. Biologiya olimpiadalarida qatnashish yoki o`simliklar va hayvonlar ko`rgazmasini tayyorlash.
118. Geografik ekspeditsiyada qatnashish.
119. Geologik ekspeditsiyada qatnashish.
120. Kasallarning ahvolini kuzatish, g’amxo`rlik qilish, tegishli yordam berish, ahvollarini yengillashtirish choralarini ko`rish.
121. Oshpazlik va qandolatchilik ko`rgazmalariga qatnashish yoki borish.
122. Fizika olimpiadasida qatnashish.
123. Ximiyadan qiyin masalalar yechish, olimpiadalarda qatnashish.
124. Texnik sxema va chizmalarni tahlil qilish, ularni mustaqil ravishda tuzish.
125. Murakkab radiosxemalarni tahlil qilish.
126. Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyaga borish, uskunalar va dastgohlarning yangi turlari bilan tanishish, ularda ishlash yoki ta’mirlash ishlarini kuzatish.
127. O’z qo`li bilan yog’ochdan biror narsa yasash.
128. Qurilish ishlarida imkon darajada yordamlashish.
129. Avtomobil, trolleybuslarga xizmat ko`rsatish va ta’mirlash ishlarida baholi qudrat qatnashish.
130. Har qanday ob-havo sharoitida ham "tez yordam" samolyotida uchish yoki katta tezlik bilan uchuvchi samolyotlarni boshqarish.
131. Qat’iy o`rnatilgan tartib bo`yicha yashash, kun tartibiga qat’iy rioya qilish.
132. Tarix to`garagida shug’ullanish, tarixiy ma’lumotlarni to`plash, ma’ruzalar qilish.
133. Adabiyot manbaalari bilan ishlash, o`qiganlarim haqida taassurotlarimni kundalikka yozib borish.
134. Munozaralarda va kitobxonlar konferentsiyalarida qatnashish.
135. O’quvchilar jamoatchiligi yig’ilishi yoki majlislarini tayyorlash va o`tkazish.
136. Tarbiyasi yomon bolalarga ta’sir ko`rsatish, bolalar va o`smirlar tarbiyasi masalalari haqida kattalar bilan muhokama qilish.
137. Militsiya ishiga yordam berish, "militsiyaning yosh do`sti" to`garagiga a’zo bo`lish.
138. Doim har xil odamlar bilan muloqotda, aloqada 6o`lish.
139. Matematika olipiadalarida qatnashish.
140. Tovarlar va ular narxining kelib chiqishini bilish, oylik maosh, mehnatni tashkillashtirishni tushunishga harakat qilish.
141. Do`stlarim bilan chet tilida gaplashish.
142. Tasviriy san’at ko`rgazmalarida qatnashish.
143. Teatr to`garagiga borish.
144. Teatr ko`rik-tanlovlariga qatnashish.
145. Sport musobaqalarida qatnashish.
146. Bog’da yoki tomorqada o`simliklarni o`stirish, hayvonlarni tarbiyalash va parvarish qilish.
147. Joylarni xaritaviy (topografik) ko`rinishda suratlarini chizish.
148. Berilgan dastur bo`yicha murakkab va jiddiy topshiriqlarni bajarishga to`g’ri keladigan qiyin va uzoq muddatli sayohatlarga borish.
149. Shifoxona, poliklinika yoki dorixonada ishlash.
150. Oziq ovqat yoki yengil sanoat korxonasida mutaxassis bo`lib ishlash (tikuvchi, bichuvchi, qandolatchi).
151. Fizikadan qiyin masalalar yechish.
152. Ximiyaviy ishlab chiqarish korxonasida ishlash.
153. Texnik ijodiyot ko`rgazmasida ishtirok etish.
154. Elektroenergetika yoki radioelektronika sohasida ishlash.
155. Dastgoh, (stanok)da ishlash, har xil detallar, buyumlar tayyorlash.
156. Chizmalar asosida modellar, yog’ochsozlik ishlarini bajarish.
157. Qurilish brigadasida ishlash.
158. Yo`lovchi yoki yuklarni tashish, yo`l harakati qoidalariga qat’iy rioya qalish.
159. Bo`ronli ob-havoda katta daryo yoki ochiq dengizda ishlash.
160. Xarbiy injener yoki qo`mondon bo`lish.
161. Ona diyorning tarixiy obidalariga sayohat qilish.
162. Hikoyalar yozish, she’r va masal tuzish.
163. Devoriy gazeta yoki davriy matbuot uchun maqola yoki ocherklar yozish.
164. Mehnat shanbaligida brigadaga boshchilik qilish.
165. Kichik bolalar uchun o`yinlar, bayramlar tashkil etish.
166. Yuridik tashkilotlarda ishlash (sud, prokuratura, advokatura huquqiy maslahatxonalarda).
167. Odamlarga har xil katta va kichik xizmatlar ko`rsatish.
168. Har doim matematik bilimlar talab qiladigan ishlarni bajarish.
169. Xalq xo`jaligi korxonalarining iqtisodi, rejalashtirilishi va moliyaviy ta’minlanishi sohasida ishlash.
170. Chet tilidan olimpiada, tanlov va konferentsiyalarda qatnashish.
171. Tasviriy san’at ko`rgazmalarida ishtirok etish.
172. Sahnada yoki kinoda o`ynash.
173. Musiqachi, musiqiy rejissyor yoki musiqa darsidan o`qituvchi bo`lish.
174. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi yoki treneri bo`lish.