Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi



Yüklə 189,32 Kb.
səhifə1/43
tarix07.08.2022
ölçüsü189,32 Kb.
#63047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Labaratoriya ishlanmalari eksperimental psixologiya fanidan


Kirish.
Mazkur dastrur "Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi"ning ta’limning ijtimoiylashuvi bo`limida ko`rsatib o`tilgan talaba-yoshlarning eksperimental psixologik bilimlarini, dunyoqarashini boyitish, ularda eksperimental psixologiya qonuniyatlari asosida jamoadagi shaxslararo munosabat, psixologik jarayonlarni rivojlanishini shakllantirish qonuniyatlari xaqida ko`nikmalarni shakllantirish, eksperimental psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Laboratoriya mashg`uloti maqsadi: talabalarda eksperimental bilimlarni shakllantirish, ularni shu orqali psixologik xususiyatlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning o`ziga xos psixik xususiyatlarini tahlil etish hamda psixofizik, psixofiziologik va sof psixologik qonuniyatlarni tahlil etishga o`rgatishdan iborat.
Laboratoriya mashg`uloti vazifalari:
- psixik jarayonlarning psixofiziologik va sof psixologik qonuniyatlarini tahlil etish;
- eksperimental psixologiya orqali shaxsni psixik jarayonlarni turli holatlarda namoyon bo`lish qonuniyatlarini tushuntirish;
- psixologik jarayonlarni tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish, eksperimental psixologiyani ilmiy asoslarini o`rgatish;
- psixologik qonuniyatlarini psixofizik va psixofiziologik qonuniyatlar asosida rivojlantirish;
- fanning asosiy tushuncha va tamoyillarini o`zlashtirishda talabalarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga o`rgatish.
2- SEMESTR
LABORATORIYA MASHG`ULOTLARI ISHLANMALARI.

  1. Laboratoriya ishi. E.A.Klimovning differentsial-diagnostik so’rovnomasi.

Maqsad: E.A.Klimovning differentsial-diagnostik so’rovnomasi yordamida kasbiy qiziqish va moyillikni o`rganish
Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi
Bu metodika yordamida sinaluvchiga faoliyatning u yoki bu turidan qaysi biri unga ko`proq ma’qul ko`rishligi va shunga mos ravishda qaysi kasbga moyilligi aniqlanadi. Atoqli psixolog olim Ye.A. Klimov kasblarning besh asosiy tipini farqlaydi (tabiat, texnika, odam, belgilar tizimi, badiiy obraz).

Yüklə 189,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin