VIII - shkala (uyaluvchanlik, tortinchoqlik) insonning hayotiy vaziyatlarda o‘zini passiv himoya qilish xususiyatiga moyillikni aniqlaydi. Bu kuchsiz himoyalangan turda o‘tadi. Yuqori baholar shkalada xavotirlilik, ishonchsizlik tortinchoqlik xususiyatlarini mavjudligini ifodalab, bular esa o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlarga kirishishni qiyinlashtirladi. O‘zini tuta bilish - vazmin, ishonchsiz, uyatchan jonlanuvchi, tahlikaga tushuvchi.
IX - shkala (oshkoralik) o‘z-o‘zini tanqid darajasini ijtimoiy muhitga munosabatini tavsiflashga imkon yaratadi. Yuqori baholar o‘z-o‘ziga tanqidning yuqori darajasidan atrofdagi kishilar bilan ishonarli oshkora birgalikda katta intilishdan darak beradi. Ushbu shkala bo‘yicha baholar sinalayotganning berilgan savolnoma bilan ishlayotganda u yoki bu darajada javoblarning samimiyligini tahlil qilishga imkon yaratadi, bu esa boshqa savolnomlarning yolg‘on shkalalariga to‘g‘ri keladi. Samimiylik xususiyati o‘z-o‘zini tanqid, oshkoralik, shaxsiy kamchiliklarni va xatolarni tan oladi.
X - shkala (ekstrovertlik va introvertlik) yuqori baholar shaxsning ekstrovertlik, quyi baholar esa introvertlik xususiyatlariga mos keladi.
Ekstroversiya – so‘zamollik, jamoat ishlarida faollik yoki aksi, introversiya – odamlar bilan aloqadan kochish, passivlik, emotsional beqarorlik.
Dostları ilə paylaş: |