VI- shkala (og‘ir, vazminlik ruhiy zarbaga chidamlilikni anglatadi. Yuqori baholar kelajakka ishonch va faollikni, o‘ziga ishonchi odatdagi hayotiy holatlarda ruhiy zarba omillari ta’siridan yaxshi himoyalanganligni anglatadi. Mo‘’tadillik - bu yaxshi kayfiyat, barqarorlik, matonatlik, xotirjamlilik, o‘z kuchiga ishonch, ishonuvchanlik, faollik demakdir.
VII - shkala (reaktiv tajovuzkorlik) - ekstratensiv tipdaga psixopatik belgilarni namoyon bo‘lishini aniqlaydi. Yuqori baholar ustunlikka intilishni va ijtimoiy muhitga tajovuzkorona munosabatni ifodalaydi. Reaktiv tajovuzkorlik bu tajovuzkorona o‘z qarashlarini himoya qilish, o‘z fikrini himoya qilish, xudbinlik, manmanlik, obro‘ga, yuqoriga, ustunlikka intilish demakdir.