7.Xavotirlanuvchi tip. Muloqotchanligi past, kafiyati mayus, qo‘rquvchan, sergak, hadiksirovchi, o‘ziga ishonqiramaydigan. Bu tipdagi bolalar ko‘pincha qorong‘ilikdan, hayvonlardan, yolg‘iz qolishdan qo‘rqadilar. Sho‘x, chaqqon tengqurlaridan chetroqda bo‘lishga harakat qiiadilar, tortinchoq va uyatchan. Imtihonlar, nazorat ishlari, tekshiruvlarni og‘ir his etadi. Odatda sinf oldida javob berishdan tortinadi. Yoshi kattalarning pand-nasixatlari ularning vijdonini qiynab gunohkorlik hissini uyg‘otishi mumkin. Burch, ma’suliyat hissi ularda barvaqt shakllanadi, axloqiy va etik talablari juda yuksak. O‘z-o‘zini boshqalardan kam his etadi, o‘z qobiliyatlarini keng namoyon kila oladigan faoliyat orqali shu hisni bekitishga harakat qiladi, bolaligidan ko‘ngli nozik, tortinchoqligi ko‘ngli tusagan odamlari bilan yaqinlashishiga xalal beradi. Atrofidagilarning munosabati bu shaxs uchun eng nozik muammo. Hazilni ko‘tarolmaydi, nohaq ayblovlarga duchor bo‘lsa o‘zini himoya qila olmaydi. Ziddiyat va mojarolarga kamdan kam qatnashadi, muammoli vaziyatga tushib qolsa ko‘mak va tayanch izlaydi. Iltifotli, o‘ziga nisbatan talabchan, vazifalarni astoydil bajaradi. O‘zini himoya qilolmasligi sabab tez-tez hazil-mazahga duchor bo‘ladi.