tizimiga o‘tkazish bilan kifoyalanadi, balki ushbu strukturalar orqali biznes korxonalari
bozorning barcha
subyektlari bilan aloqa qilib, samarali biznes faoliyati olib borishi
lozim. Tashkiliy strukturalar boshqaruv bo‘g‘inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida
bo‘ladi. Korxona tuzilmasida quyidagi elementlar ajratib ko‘rsatiladi: rahbarlik va
aloqa (gorizontal va vertikal) o‘rinlar (bo‘limlar), darajalar (bosqichlar). Bo‘lim bu
tashkiliy jihatdan alohida, mustaqil boshqaruv tashkilotidir. Bo‘lim (odamlar guruhi)
tomonidan muayyan vazifaning bajarilishi uni shakllantirishning
asosiy maqsadi
hisoblanadi. Bo‘limlar o‘rtasidagi aloqalar gorizontal tusga ega. Bosqichlar o‘rtasidagi
aloqalar bu vertikal bo‘yicha aloqadir. Ular qo‘yi darajalardan boshlab yuqori
darajagacha
erkin
ifodalangan
izchil
bo‘ysunish
tusiga
ega.
Har qanday, xatto kichik korxonada ham, yuqorida
bayon etilgan tuzilma
elementlarning hammasi mavjudligini aniqlash mumkin. Tadbirkor u tashkil etgan
korxonaning mulkdori bo‘lib, uning ishiga rahbarlik qiladi. Vertikal bo‘yicha unga
uning xodimlari bo‘ysunadi.Vertikal tashkiliy struktura o‘zaro subordinatsiya asosida
bog‘langan bir necha boshqarish bosqichlaridan iborat.Boshqarish bosqichi iyerar-
xiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo‘g‘inidir. Boshqarish bosqichlari bir
boshqarish bo‘g‘inining
ikkinchisiga, odatda quyi bo‘g‘inining yuqori bo‘g‘iniga
izchillik bilan buysinishini ko‘rsatadi, ya’ni vertikal bo‘yicha bo‘linishidir.Ushbu
barcha bo‘g‘in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysinish tartibi, har bir
boshqaruv organi va bo‘g‘inining huquq va burchlari, shuningdek, ular o‘rtasidagi
munosabatlar tartibi, funksional bo‘limlarini
vujudga keltirish, axborot bilan
ta’minlash kabi boshqarishning tashkiliy tomonlari vertikal boshqarish tizimini tashkil
etadi. Bularni mazmun va muddatlariga ko‘ra kelishib olish ishlab chiqarishning
ko‘pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi.
Ayrim hollarda
funksional xizmatlar o‘rtasidagi bunday gorizontal aloqalar juda cho‘zilib ketadi, bir
qancha bahs va nizolar bilan amalga oshiriladi va bu ishni muvofiqlashtirish juda qiyin
kechadi.
Ma’lumki, biznes korxonalari tashkiliy bo‘limlari funksional, geografik, tovar,
bozor prinsiplari asosida yoki ularning birgalikda (kombinatsiya asosida) qo‘llanilishi
orqali
tashkil
topadi.
Hozirgi vaqtda samarali faoliyat olib borayotgan biznes korxonalari o‘z
tashkiliy
strukturalarida iloji boricha kamroq boshqarish bo‘g‘inlaridan tashkil topib, o‘z
faoliyatlarida buyurtmalarni bajarish, yangi tovarlar kashf etish va ishlab chiqarishni
rejalashtirish tovarlarni taqsimlash iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish kabi
jarayonlarga
katta
e’tibor
bermoqdalar.
Bu biznes korxonalarida boshqarish bo‘g‘inlarini qisqartirilib bir bosqichli
boshqarish tizimini joriy qilinmoqda va boshqaruvchi (menedjer)lar
sonini
kamaytirmoqdalar.
Korxonaning turli vazifalarini (tashkilotchiliq marketing, buxgalteriya va xokazo)
bajarayotgan xodimlari o‘rtasida gorizontal aloqalar o‘rnatiladi. Ular bevosita
bo‘ysunish tusida bo‘lmaydi, lekin, ko‘pincha korxona turli ishlab chiqarish (amaliy)
operatsiyalarining
izchilligi
va
o‘zaro
bog‘liqligini
belgilaydi.
Aloqa tizimi barcha boshqaruv organlari o‘z vazifalarini bir-birlari bilan mustaxkam
aloqada
bajaradilar, degan ma’noni anglatadi. Aloqani yo‘qotish - boshqarishni
yo‘qotish, degan ma’noni bildiradi. Aloqalar turli shaklda: chizikli (vertikal),
funksional (gorizontal), tarmoqli, mintaqaviy bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: