Tasdiqlayman:
Kafedra mudiri ___________ Z.I.Rasulov
“_____”____________2022 y.
Kafedra: Ingliz tilshunosligi
Kurs ishi Kurs bo'yicha: Til o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari
Guruh: 11-13 chi 20 Talaba: Halimov Sunnatjon Anvar o’g’li Rahbar: M.Ch. Fayziyeva
Topshiriq 1.Ish mavzusi: B1 darajadagi o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishda jismoniy harakatlardan foydalanish (B1 darajadagi o’quvchilar misolida
2.Boshlang’ich ma’lumotlar: Belgilangan mavzuga doir o’quv adabiyotlari bilan tanishish, nazariy bilimlarni tahlil qilish, bu borada ilmiy izlanishlar olib borgan tilshunos olimlar va metodistlarning ilmiy qarashlarini o’rganish va ushbu o’rganishlar natijasini amaliy misollar bilan yoritib berish.
3.Qo’llanmalar: 1. Jamol Jalolov “Chet tili o’qitish metodikasi”;
2. Jalolov J.J., Makhkamova G.T., Ashurov Sh.S. “English Language Teaching methodology”;
3. M. Hodjayev “Chet tili o’qitish metodikasi”;
4. Xoshimov O’., Yoqubov I. Y. “Ingliz tili o’qitish metodikasi”
4.Asosiy qismning tuzilishi, reja: 1. Xorijiy tillarni o’rganishda lug’atning o’rni .
2. Samarali interfaol usullar orqali o’quvchilarning so’z boyligini oshirish.
3. Chet tillarini o’rgatishda o’yinlarning roli .
4. Krossvordlar yordamida ingliz tilini o’rgatish .
5. Birgalikda tinglash chet tilini o’rgatishda idrokni oshirish usuli sifatida
KIRISH Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, chet tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini” o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o’rganish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir.
Bu jarayonda, jumladan: − kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin; − chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; − ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish; − CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi [1].
Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Statlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqda: − “Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo’llash uchun hikoyaning boshlanishi o’qib beriladi qanday yakun topishi o’quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi; − “Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar; − “Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi; − “Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish [3]; − “Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi; − “Hikoya zanjiri” (a chain story) usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda yordam beradi;