Kafedrasi 4-topshiriq Bajardi


Pedagogik tizimni boshqarish metodlari



Yüklə 25,63 Kb.
səhifə5/6
tarix04.08.2022
ölçüsü25,63 Kb.
#63005
1   2   3   4   5   6
Urolov DIlshod 4-topshiriq

4. Pedagogik tizimni boshqarish metodlari.
Boshqarish jarayonida uning tarkibiy qismlari - maqsad va vazifalar, mazmun va shakl hamda metodlar o’zaro bog’liklikda bo’ladi. Ammo ular ichida eng o’zgaruvchan va murakkab pedagogik jamoaga ta’sir ko’rsatish metodlari bo’lib hisoblanadi. Ular boshqaruvchi va boshqariluvchilar faoliyatlarini o’zaro birligini ta’minlaydi. Boshqarish metodlari boshqariladigan ob’ektga maqsadga qaratilgan ta’sir ko’rsatish uchun shakllaridan iborat bo’lib, ular yordamida boshqarish sub’ekti va ob’ektining o’zaro uyg’unligi ta’minlanadi. Metodlar boshqarish tizimining xususiyatlari, vazifasi mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib, boshqaruv faoliyatini ta’sir ko’rsatish mazmunini belgilaydi.Ta’lim tizimini boshqarish metodlari o’quv yurtining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qituvchilarga ta’lim-tarbiya berish metodlari bilan ma’lum aloqador bo’ladi. Buning boisi shuki, ular o’qituvchilarni o’quvchilarga puxta bilim berish, ular faoliyatini tashkil qilish, o’qish, o’rganishga qiziqtirishga xizmat qilishi kerak. Shu bilan birga ular o’rtasida farq ham mavjud. Ularning farqi ta’sir ko’rsatish ob’ektlari bilan bog’liqdir. Boshqarish metodlari sub’ektning boshqaradigan tizimga ta’sir ko’rsatish usullaridan iborat. Bu usullar asosan pedagogik tizimning tashkiliy-psixologik yaxlitligini ta’minlab, o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Biz yuqorida ta’lim tizimini boshqarish jamiyatini boshqarishning tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlagan edik. Jamiyatni boshqarish ta’lim tizimini boshqarishning umum nazariy asosini tashkil etadi. Bundan tashqari har ikkalasi ham yagona metodologiyaga asoslanadi. Ammo shu bilan birga jamiyatning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohalarini boshqarishda operatsion-texnologik metodlar belgilovchi rol o’ynaydi. Ta’lim tizimini boshqarishda ijtimoiy-psixologik metodlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu metodlar shaxsning aql-idrokigagina emas, balki hissiyotlariga ham ta’sir ko’rsatishi, uning o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi va o’z-o’zini tartibga solish uchun imkoniyat yaratishni nazarda tutadi. Bu esa o’z navbatida ma’muriy ta’sir ko’rsatishni kuchaytirib, sub’ektning bevosita rahbar aralashuvisiz o’z harakatlarini jamoa talablariga boshqarish talablariga moslashtirishga xizmat qiladi.

Yüklə 25,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin