Kafedrasi abduraxmanov ixtiyor baxtiyorovich



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#42403
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
korxona ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil etish va takomillashtirish masalalari

 

 

 




53 

 

3-BOB.



 

XO’JALIK 

YURITUVCHI 

SUB’EKTLARDA 

ISHLAB 

CHIQARISH 

XARAJATLARI 

AUDITI 

USLUBIYOTINI 

TAKOMILLASHTIRISH 

 

3.1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditi uslubiyotini takomillashtirish 

Auditor  ishlab  chiqarish  xarajatlari  auditini  o’tkazish  vaqtida  buxgalteriya 

hisobi  hisobvaraqlaridagi  yozuvlarning  tekshiruvi  eng  mas’uliyatli  vazifalardan 

biri  hisoblanadi,  zero  bu  korxona  moliyaviy-xo’ alik  faoliyati  ko’rsatkichlarini 

tavsiflovchi  asosiy  ma’lumotlar  olinadigan  moliyaviy  hisobot  shakllaridagi 

ko’rsatkichlarni  ishonchliligini  ta’minlash  uchun  xizmat  qiluvchi  asosiy  omil 

hisoblanadi.  Ushbu  ishni  malakali  bajarmasdan  turib,  haqqoniy  auditorlik 

xulosasini  tayyorlash  uchun  asosiy  baza  hisoblangan  hisobot  ko’rsatkichlari 

ishonchliligiga to’liq ishonch hosil qilib bo’lmaydi. 

Ishlab  chiqarish  xarajatlarini  auditorlik  tekshiruvini  o’tkazishda  hisobot 

shakllaridagi  ko’rsatkichlar,  hisob  registrlari  va  dastlabki  hujjatlar  auditning 

ma’lumot bazasi sifatida qo’llaniladi. 

Hisobot  davrida  audit  o’tkazish  uchun  ma’lumot  materiallari  korxonaning 

hisob  registrlari  -  bosh  kitob,  jurnal-orderlar  yoki  memorial  orderlar,  sintetik  va 

tahliliy  hisobning  aylanma  qaydnomalari,  hisob-kitob  va  to’lov  qaydnomalari, 

shaxsiy  hisobvaraqlar,  tahliliy  hisob  varaqalari  va  boshqalardan  olinadi.  Bunda, 

hisob  registrlarida  korxonaning  moliyaviy  va  xo’ alik  operatsiyalari  bo’yicha 

barcha buxgalteriya yozuvlari ikki yoqlama yozish usuli bilan jamlanadi, ya’ni, har 

bir xo’ alik operatsiya tegishli hisobvaraqlarning debeti va kreditida aks etildi. 

Yoppasiga yoki tanlab olib tekshiruv o’tkazganda auditor hisob registrlarida 

buxgalteriya  hisobvaraqlari,  qayd  etilgan  registrlarda  xo’ alik  operatsiyalari 

iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib, to’g’ri korrespondentlanganligini baholashi va 

kelajakda  to’g’rilash  maqsadida,  tasodifan  sodir  etilgan  xatolarni  va  tasodifiy 

noto’g’ri buxgalteriya yozuvlarini (o’tkazmalarini) aniqlashi lozim. Shuning bilan 

bir qatorda, hisobot ma’lumotlari. ayniqsa, korxona moliyaviy faoliyati natijalarini 

tavsiflovchi  ko’rsatkichlarni,  uning  asosiy  aylanma  aktivlar  miqdorini,  o’zining 

moliyaviy va mulkiy holatini yaxshi tomondan ko’rsatish uchun boshqa korxonalar 




54 

 

va banklarga bo’lgan qarzlarni yashirib ko’rsatish maqsadida ataylab sodir etilgan 



xatolar aniqlanadi va bular haqida korxona rahbariyatiga ma’lumot taqdim etiladi. 

Bunday  tekshiruv  hozirgi  vaqtda  dolzarb  hisoblanadi,  chunki  ayrim 

rahbarlar,  soliq  to’lovlarini  kamaytirish,  kelajakda  kredit  olinishini  ta’minlash  va 

tashqi  foydalanuvchilarga  noto’g’ri  ma’lumotlar  taqdim  etish  maqsadida 

o’zlarining  xozirgi  kundagi  haqiqiy  moliyaviy  va  mulkiy  holatini  ko’rsatishni 

istamaydilar,  korxonaning  hisobot  ma’lumotlarini,  shu  jumladan,  tegishli 

moliyaviy  xo’ alik  operatsiyalari  bo’yicha  aylanmalarni  noto’g’ri  aks  etish 

hisobiga,  buzib  ko’rsatishga  harakat  qiladilar.  Shularni  hisobga  olgan  holda, 

xalqaro  auditorlik  andozalarida  ham,  korxonalarda  tovlamachilik  yoki  xato 

tavakkalchiligini oshiruvchi imkoniyatlar vujudga kelishi nazarda tutiladi. 

Ishlab  chiqarish  xarajatlarini  buxgalteriya  hisobvaraqlaridagi  yozuvlar, 

buxgalteriya  hisobvaraqlari  korrespondentlanishi  hamda  pul  ifodasida  to’g’ri 

asoslanganligini aniqlash uchun tekshirilayotgan buxgalteriya yozuvlariga taalluqli 

bo’lgan  va  amalda  sodir  etilgan  xo’ alik  operatsiyalarini  yozma  ravishda 

tasdiqlovchi,  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlariga  huquqiy  maqom  beruvchi 

dastlabki hujjatlarni diqqat bilan o’rganib chiqish lozim. 

Ma’lumki, buxgalteriya hisobida barcha yozuvlar dastlabki hujjatlar asosida 

yuritiladi. Bundan keyin, undagi ma’lumotlar hisob registrlariga ko’chirib yoziladi, 

u erda ular bir xil tizimga keltiriladi, ya’ni,   buxgalteriya   hisobvaraqlarida   qayd   

etiladi. 

Hisobot  davrining  oxirida  hisob  registrlari  ma’lumotlariga  asosan  korxona 

hisoboti to’ldiriladi. 

Dastlabki  hujjatlar  hisob  ma’lumotlari  harakatini  boshlab  beradi,  korxona 

moliyaviy-xo’ alik  faoliyatini  yoppasiga  va  uzluksiz  aks  etish  uchun  buxgalteriya 

hisobini kerakli bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.  

Ishlab  chiqarish  xarajatlarini  hisobga  olish  uchun  faqat  to’g’ri 

rasmiylashtirilgan, ya’ni, barcha rekvizitlari to’ldirilgan hujjat qabul qilinadi. Faqat 

shu  holatda  dastlabki  hujjat  huquqiy  maqomga  ega  bo’ladi.  Bunday  rekvizitlar 

bo’lib  hujjat  nomi,  kodi;  tuzilgan  sanasi,  xo’ alik  operatsiya  mazmuni;  xo’ alik 



55 

 

operatsiya  o’lchamlari  (natura  va  pul  ifodasida);  xo’ alik  operatsiyalari  sodir 



etilishi bo’yicha va to’g’ri rasmiylashtirilishi yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslar 

lavozimlari,  shaxsiy  imzolar  va  ularning  yoritishlari  va  boshqalar  hisoblanadi. 

Hozirgi vaqtda ayrim rekvizitlarni kodlar bilan almashtirib yozishga ruxsat etilgan. 

Korxonada  buxgalteriya  hisobi  hisoblash  texnikasi  yordamida  avtomatlashtirilgan 

bo’lsa bunday holatlar ko’proq uchraydi.    

Dastlabki  buxgalteriya  hujjatlardagi  yozuvlarni  siyoh,  kimyoviy  qalam, 

sharikli  ruchka  pastasi,  yozuv  mashinkalari,  kompyuterning  printeri  va  boshqalar 

bilan amalga oshirish mumkin. 

Har  bir  korxonada  rahbar  bosh  buxgalter  bilan  kelishgan  holda  dastlabki 

hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxatini tasdiqlaydi. 

Buxgalteriyaga  kelib  tushgan  barcha  dastlabki  hujjatlar  majburiy 

tekshiruvdan  o’tkazilishi  lozim.  Tekshiruv  hujjatlarning  shakllari  (hujjatlar  va 

uning rekvizitlari to’liq va to’g’ri rasmiylashtirilganligi) va mazmuni (operatsiyalar 

qonuniyligi,  alohida  ko’rsatkichlarning  logik  jihatdan  bog’langanligi)  bo’yicha 

amalga  oshiriladi.  Amaldagi  qonunchilikka  zid  holda  sodir  etilgan  operatsiyalar 

bo’yicha  hujjatlarni  ijro  etish  va  rasmiylashtirish  taqiqlanadi.  Bunday  hujjatlar 

tegishli qaror qabul qilish uchun korxona rahbari va bosh buxgalteriga topshiriladi. 

Qayta  ishlovdan  o’tgan  dastlabki  hujjatlar,  ulardan  qaydadan  foydalanish 

imkoniyatini bartaraf etish maqsadida, tegishli belgilar bilan tamg’alanishi lozim. 

Ishlab  chiqarish  xarajatlarini  buxgalteriya  yozuvlari,  tegishli  dastlabki 

hujjatlar  asosida  emas,  amaldagi  me’yorlar,  ko’rsatmalar,  qarorlar,  qonunlar  va 

boshqa  me’yoriy  hujjatlar  asosida  amalga  oshiriladi.  Bunday  holatlarda  auditor 

yuqorida  qayd  etilgan  yozuvlar  bo’yicha  tegishli  buxgalteriya  ma’lumotnomalari 

va  ular  asosli  ravishda  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  to’g’ri  to’ldirilganligi 

nuqtai-nazaridan,  shuningdek,  bunday  buxgalteriya  yozuvlari  bo’yicha  summalar 

to’g’ri hisoblanganligi va tegishli ravishda rasmiylashtirilganligi nuqtai-nazaridan 

ham tekshirishga majburdir. 

Ishlab  chiqarish  xarajatlari  bo’yicha  buxgalteriya  ma’lumotlnomalarini 

saqlash dastlabki hujjatlarni saqlash tartibiga muvofiq ta’minlanadi, ularni saqlash 



56 

 

bo’yicha mas’uliyat esa, korxona rahbari va bosh buxgalter zimmasiga yuklanadi. 



Korxona  faoliyati  tekshiruvining  amaliyotida  auditorlar  hisobot  shakllarini  xato 

to’ldirilganligi  bilan  to’qnashadilar.  Masalan,  bosh  kitob  bo’yicha  aylanmalarni 

yopib, barcha o’tkazmalarni to’g’ri amalga oshirib va soliqlarni hisoblab, buxgalter 

belgilangan hisobot shakllarini noto’g’ri to’ldiradi. Auditor hisobot ma’lumotlarini 

bosh  kitob,  aylanma  qaydnoma  ma’lumotlari  bilan  bilan  solishtirmshi  hamda 

hisobot shakllari bir biriga muvofiqligini sinchkovlik bilan tekshirishi lozim. 

Shuningdek,  buxgalter  muayyan  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  oid 

operatsiyalarni  qayd  etish  usulini  bilmasligi  natijasidan  kelib  chiqadigan  takror 

sodir  etiladigan  xatolarga  yo’l  qo’yishi va  har gal  noto’g’ri o’tkazmalarni  amalga 

oshirishi  mumkin.  Ushbu  xatolarni  aniqlash  unchalik  qiyin  emas,  chunki  ular 

yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  Aksariyat  holatlarda  ularni  bosh  kitob  yoki  to’ldirilgan 

balans  shaklini  kuzatgandayoq  aniqlab  olish  mumkin.  Ushbu  xatolar  moliyaviy 

hisobotni muhim ravishda buzib ko’rsatishga olib keladi va odatda, har gal hisobot 

davri  bo’yicha  korxonaning  buxgalteriya  ma’lumotlarini  to’g’rilanishini  talab 

qiladi. Shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq qonunchiligini bilmaslik 

bilan bog’liq bo’lgan xatolar, amalda sodir etilmagan xo’ alik operatsiyalarini aks 

etish,  soxta  hujjatlarni  va  oldindan  soxta  ma’lumotlarga  ega  bo’lgan  hujjatlarni 

aniqlash  va  boshqa  holatlar  ham  uchraydi.  Masalan,  xo’ alik  operatsiyasi  sodir 

etilgan  vaqtda  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  belgilangan 

valyuta kursini noto’g’ri qo’llash sababli xato sodir etilishi mumkin. Xato, albatta, 

hisobot  davrida  to’g’rilanishi  lozim,  chunki  u  to’g’ridan-to’g’ri  foyda  (zarar) 

miqdori  bilan  bog’liq  va  bu  arzimas  xato  moliyaviy  natijalar  bo’yicha  jiddiy 

noto’g’riliklarga olib kelishi mumkin. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korxonalarga  mustaqillik  berilishi  bilan 

tovlamachiliklar,  moddiy  boyliklarning  nobudgarchiligi  keskin  kamayadi,  degan 

noto’g’ri  fikr  mavjud.  Bu  sharoitda  ham  amaliyotda  korxonada  qonunchilikni 

buzish va suiiste’molchiliklar sodir etilishi kuzatiladi. Bundan tashqari, ularni sodir 

etish usullari va shakllari o’zgaradi va murakkablashadi. 




57 

 

Korxonada qonunchilikni buzish va suiiste’molchiliklarni sodir etish usullari 



turli ko’rinishlarga egadir. Birinchi ko’rinishda, ularning turli, bo’lishi tasodifan va 

sodir  etilishi  mumkin  bo’lgan  xatolar,  suiste’molchiliklar  soni  esa  cheklangan 

ko’rinadi.  Amalda  esa,  ularni  diqqat  bilan  o’rganib  chiqqanda,  ma’lum  bir 

qonunchilikka  rioya  qilinishi  va  ularning  ichki  va  tashqi  o’zaro  bog’liqligi 

aniqlanadi. 

Audit  amaliyoti  va  sud-ekspert  ishi  yuzasidan  olib  borilgan  tadqiqotlar 

korxona faoliyatida xatolar va suiiste’molchiliklar sodir etilishi tarkibi va usullarini 

belgilovchi  omillarni  aniqlash  imkoniyatini  yaratadi.  Bunday  omillarga 

suiiste’molchiliklarni  sodir  etilishini  osonlashtiruvchi  xo’ alik  faoliyatini  tashkil 

etish bo’yicha quyidagi kamchiliklar kiradi: 

moddiy      boyliklar      saqlash,      olish      va  berish  tartiblariga  rioya 



qilmaslik; 

-  xo’ alik  intizomini  buzish  va  operatsiyalarni  amalga  oshirish  bo’yicha 

belgilangan nizom va yo’riqnomalarga rioya qilmaslik; 

-  hujjatlarni noto’g’ri rasmiylashtirish; 

-  hisob  qoniqarsiz  tashkil  etilganligi  (vaqtida  yuritilmasligi,  ishonchsizligi 

va boshqalar); 

-  joriy nazorat samarasizligi va ichki auditning etarli darajada faoliyatsizligi. 

Xatolar,  suiiste’molchiliklar,  o’g’irliklarni  sodir  etish  usullari,  avvalambor, 

ular  sodir  etiladigan  muhitga  bog’liqdir.  Talon-taroj  qiluvchilar  moddiy  boyliklar 

harakatini  alohida  bo’limlarida  vujudga  kelgan  aniq  sharoitlarga  ko’nikishga 

majbur,  shu  bois,  aniq  ma’lum  bir  vaqtda  xatolar  va  suiiste’molchiliklar  nisbatan 

barqaror  ravishda  sodir  etilishi  kelib  chiqadi.  Masalan,  moddiy  boyliklarning 

zahirasi  hisobga  olinmagan  va  keyinchalik  kirim  va  chiqim  hujjatlarini 

soxtalashtirish  yo’li  bilan  o’zlashtiriladigan  ortiqcha  chiqishlar,  qabul  qilingan 

(sarflangan)  boyliklarning  miqdoriy  va  sifat  ko’rsatkichlarini  o’zgartirish, 

tarozidan  urib  qolish,  noto’g’ri  o’lchash,  tabiiy  yo’qotishlar  me’yorlarini  oshirish 

va boshqalar hisobiga hosil qilinadi. 



58 

 

Ishlab  chiqarishda  ortiqcha  chiqishlar  sarflangan  xom  ashyo  miqdorini 



oshirish,  mahsulotga  kamroq  sarf-xarajat  qilish,  bir  xil  xom  ashyoni  ikkinchi  xili 

bilan  almashtirish,  chiqindilar  miqdorini  oshirish  va  boshqalar  hisobiga  vujudga 

keltiriladi. 

Qoidani  buzuvchilar  suiiste’molchiliklarini  sodir  etishda  o’zlarining  jinoiy 

harakatlariga  ushbu  korxonada  odatda  bajariladigan  operatsiyalar  ko’rinishini 

berishga  harakat  qiladilar.  Bunda  mol-mulkni  saqlanishini  tashkil  etishdagi  va 

suiiste’molchiliklar  sodir  etilishining  shart-sharoitlarini  yaratuvchi  turli 

kamchiliklardan  foydalanadilar.  Bulardan  eng  ko’p  tarqalganlari  hisobdagi, 

nazoratdagi,  me’yorlanishdagi  va  boshqa  kamchiliklar  hisoblanadi.  Bunday 

sharoitlarning  mavjudligi  suiiste’molchiliklarni  sodir  etish  va  yashirish  uchun 

amaliy imkoniyatlarini yaratadi. 

Ko’pchilik  holatlarda,  bunday  sharoitlar  korxona  xodimlari  tomonidan 

sun’iy  ravishda  yaratiladi,  ya’ni:  ular  hisobni  chalkashtiradilar,        moliyaviy 

intizomni,  operatsiyalarni  amalga  oshirish  tartibi  va        hujjatlarni    ramiylashtirish 

tartibini buzadilar. 

Xatolar  va  suiiste’molchiliklarni  sodir  etish  usullari  nafaqat  mol-mulkning 

harakati  sharoitlaridan,  jinoyat  sub’ektiga  ham  bog’liqdir.  Suiiste’molchiliklar 

yakka ijrochi tomonidan; qaysidir bir turdosh operatsiyalarni amalga oshirish bilan 

bog’liq  bo’lgan  korxona  xodimlarining  bir  guruh  shaxslari  tomonidan;  boshqa 

korxona xodimlari tomonidan (mol etkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar va 

boshqalar); nazorat idoralari vakillari bilan til biriktirgan holda korxona xodimlari 

tomonidan sodir etilishi mumkin. 

Qonunchilikni buzishning quyidagi turlarini ajratadilar. 

-  shaxsiy  suiiste’molchiliklar  -  bu,  asosan,  mol-mulkni  o’g’irlash, 

mablag’larni o’zlashtirish va o’z shaxsiy ehtiyojlari uchun  foydalanishdan iborat. 

Bu  qoidani  buzishlar  eng  xavfli  hisoblanadi,  zero  bu  katta  yo’qotishlarga  olib 

kelishi  mumkin,  ular  bilan  alohida  faollik,  tezkorlik  va  matonat  bilan  kurashish 

lozim; 


-  shartnomaviy  va  moliyaviy  intizomlarni  buzish  -  ko’p  holatlarda  bu 


59 

 

mablag’larni  o’zlashtirish  bilan    bog’liq    emas,  lekin  xo’ alik  yuritish  tizimiga 



salbiy  ta’sir  ko’rsatadi  va  korxona  mablag’laridan  maqsadga  muvofik; 

foydalanmaslikka olib keladi; 

-  xo’ alikni  tashkil  etish,  moddiy  javobgarlik  tizimi,  hisobni  yuritish  va 

nazoratni  tashkil  etish  amaldagi  tartibini  buzish  bu  yo’qotishlar  va 

suiiste’molchiliklar uchun sharoit yaratib beradi. 

Ko’pchilik holatlarda ushbu qoidani buzishlar o’rtasidagi chegara shartlidir, 

ular bir-biri bilan chambarchas bog’langanlik holatlarini inkor etib bo’lmaydi. 

Ishlab  chiqarish  xarajatlariga  omd  hujjatlarni  tekshirishda  shuni  unutmaslik 

kerakki,  qonunchilikni  va  shartnomaviy  intizomni  buzish,  ko’p  holatlarda, 

ko’rinishidan  to’g’ri  rasmiylashtirilgan  hujjatlar  (soxta  naryadlar,  mehnat 

kelishuvlari, hisobvaraqlar, dalolatnomalar va boshqalar) ichida yashirinadi. 

U  yoki  bu  xo’ alik  operatsiyalarni  hujjatlar  orqali  tekshirishda  

suiiste’molchiliklarni aniqlash maqsadida quyidagi uch guruhga   ajratilgan hisob 

ma’lumotlarni o’rganish bo’yicha usullarni qo’llash mumkin: 

- alohida hujjatni o’rganish usullari; 

- ayrim  yoki  o’zaro  bogliq  operatsiyalarni  aks  etuvchi  bir  necha  hujjatlarni 

o’rganish usullari;      

bir      xil      turdagi      mol-mulk      xarakatini      aks      etuvchi      hisob 



ma’lumotlarini o’rganish usullari. 

Bunday  ajratishlarning  mezoni  bo’lib  sodir  etilishi  mumkin  bo’lgan 

suiiste’molchiliklar  to’g’risida  dalolat  beruvchi  qarama  qarshiliklar  hisoblanadi. 

Hujjatlardagi  yuqorida  qayd  etilgan  qarama-qarshiliklar  quyidagi  shakllarda 

ifodalanadi: 

alohida bir hujjat mazmunidagi qarama qarshiliklar; 



- bir necha o’zaro bog’liq bo’lgan hujjatlar mazmunidagi nomuvofiqliklar; 

hisob ma’lumotlarida bir xil turdagi mol-mulklarning odatdagi harakat 



tartibidagi aniqlangan farqlar. 

Suiiste’molchiliklarni  aniqlash  bo’yicha  hujjatlarni  o’rganish  usullari  etarli 

darajada  ishlab  chiqilganligiga  qaramasdan,  ular  korxonalar  bozor  sharoitlarida 



60 

 

faoliyat  ko’rsatishlariga  muvofiq  etarli  darajada  o’rganilgan,  deb  hisoblab 



bo’lmaydi. 

Ma’lumki,  korxonalar  hujjatlarning namunaviy  shakllaridan  foydalanadilar. 

Ularni  belgilangan  qoidalar  bo’yicha  to’ldirilishi  aniq  bir  xo’ alik  operatsiyalar 

amalga oshirilganligini ko’rsatadi. 

Hujjatlarni  tuzish  va  rasmiylashtirish  qoidalariga  rioya  etmaslik  turli  xil 

bo’lishi  mumkin.  Ushbu  qoidalarga  rioya  etilishi  nuqtai-nazaridan  hujjatlarni 

tekshiruvi  nafaqat  xatolarni,  buning  orqasidan  vujudga  kelishi  mumkin  bo’lgan 

suiiste’molchiliklarni  aniqlash  imkoniyatini  yaratadi.  Xatolar  va  kamchiliklar 

aniqlanganda  ularni  sabablari  sinchkovlik  bilan  o’rganib  chiqish  va  ular  sodir 

etilishi  mumkin  bo’lgan  o’g’irliklar  va  boshqa  suiiste’molchiliklar  bilan  bog’liq 

ekanligini tekshirish lozim. 

Hujjatlarni,  ulardagi  yozuvlar  va  rekvizitlar  asl  nusxada  ekanligining 

tekshiruvi  soxtaliklarni  aniqlash  imkoniyatini  yaratadi.  Masalan,  hujjatlarni 

ko’zdan  kechirganda  ulardagi  ustidan  elimlash,  to’g’rilash,  o’chirish  izlarini, 

qo’shib  yozishlarni  va  raqam  va  boshqa  yozuvlar  bo’yicha  o’zgartirishlarni 

aniqlash  mumkin.  Muhr  va  tamg’alar  bosilgan  joylarga  alohida  e’tiborni  qaratish 

lozim.  Ularning  g’ayri-tabiiy  shakllari,  bir  xil  belgilarning  turli  o’lchamlari, 

noto’g’ri  matnlari  va  boshqa  belgmlari  ular  qalbaki  ekanligidan  dalolat  berishi 

mumkin. 

Soxtalikni aniqlash maqsadida hujjatlarni ko’zdan kechirish hujjatlar tuzilish 

va  rasmiylashtirilish  qoidalariga  rioya  qilinishining  tekshiruvi  bilan  birga  olib 

boriladi.  Hujjatlarni  tuzish  va  rasmiylashtirish  bo’yicha  belgilangan  qoidalarga 

rioya  etmaslik  ko’pchshtak  xrlatlarda  hujjatlarni  soxtalashtirish  bilan  bog’liq 

bo’ladi.  Buni      aniklash  uchun  hujjatlarda  aks  etgan  operatsiyalar  mazmunini 

tekshirish  lozim.  Bunda,  sohtalashtirishni  aniqlash  bo’yicha  ayrim  usullar, 

masalan,  rasmiy  belgilari,  ya’ni:  bir  xil  hujjatning  turli  nusxalarini  solishtirish, 

hujjatning  nusxasini  asl  nusxa  bilan  solishtirish  va  boshqalar  bo’yicha  aniqlashni 

qo’llash maqsadga muvofiqdir. 




61 

 

Arifmetik  tekshiruvining  maqsadi  -  hujjatlardagi  yakuniy  summalar 



to’g’riligi, foizlarni hisoblash, miqdoriy ko’rsatkichlar narxlarga ko’paytirilganligi 

va  boshqalarni  aniqlashdan  iborat.  Bunday  tekshiruvlar  natijasida  to’lov 

qaydnomalari va boshqa hujjatlarning gorizontal va vertikal ustunlaridagi yakuniy 

ko’rsatkichlar  ko’paytirilib  ko’rsatilganligi,  foizlar  noto’g’ri  hisoblanganligi  va 

boshqalar aniqlanadi. 

Me’yoriy tekshiruvlarda hujjatlarda narxlar, ustama xarajatlar me’yori, rejali 

 amg’armalar,  mehnat  xarajatlari  me’yorlari,  materiallar  sarf-xarajati,  boshqa 

me’yorlar to’g’ri qo’llanilganligi aniqlanadi. Me’yorlarga rioya qilmaslik turli xil 

suiiste’molchiliklar  belgisi  hisoblanadi.  Shu  bois,  bunday  holatlarni  aniqlashda 

xato  va  kamchiliklar  sabablarini,  ularning  haqiqiy  tavsifi  va  natijalarini  aniqlash 

lozim. 

Hujjatlarda  aks  etilgan  operatsiyalar  belgilangan  qoidalarga  muvofiqligini 

tekshiruvi  xo’ alik  operatsiyalari  belgilangan  qoidalarga  muvofiq  amalga 

oshirilganligi,  materiallar  boshqa  korxonalarga  va  xususiy  shaxslarga  belgilangan 

qoidalarga  zid  holda  berilganligi,  boyliklar  boshqa  moddiy  javobgar  shaxsga 

inventarlash  o’tkazilmasdan  berilganligi,  materiallar  bir  ob’ektdan  ikkinchi 

ob’ektga  tovarsiz  operatsiyalar  orqali  o’tkazilishi  (kamomadni  berkitish 

maqsadida),  moddiy  hisobotlar  taqdim  etish  muddatlari  buzilgani  va  boshqalarni 

aniqlashga yordam beradi. 

Muqobil  tekshiruv  o’tkazish  usulini  qo’llab,  ikki  tomonlama  operatsiyalar 

har 

bir 


tomonda 

boshqacha 

aks 

etilganligi 



bilan 

bog’lik  bo’lgan 

suiiste’molchiliklarni  (mol  etkazib  beruvchilardan  olingan  moddiy  boyliklarni 

kirim  qilmaslik,  tovarsiz  operatsiyalarni  amalga  oshirish  va  boshqalar)  aniqlash 

mumkin. 

Bunga  o’xshash  suiiste’molchiliklar  hujjatlarning  alohida  nusxalaridagi 

ko’rsatkichlarni to’g’rilab yozish, yangi soxta hujjatlarni tayyorlash, amalda sodir 

etilgan  operatsiyalarni  hujjatlarda  noto’g’ri  aks  etish  yoki  umuman  aks  etmaslik 

yo’llari bilan amalga oshiriladi. 



62 

 

Muqobil  tekshiruvidan  farqli  holda,  o’zaro  tekshiruv  usullarini  qo’llashda, 



tekshirilayotgan  xo’ alik  operatsiyasi  aks  etgan  turli  tavsiflariga  ega  bo’lgan 

hujjatlar va hisob ma’lumotlar solishtiriladi.      

Bularga misol tariqasida to’langan hisobvaraqlarni shartnomalar, yuk xatlari, 

ishlarni  qabul  qilish  dalolatnomalari,  materiallar  chiqindilarga  hisobdan 

chiqarilganligi  materiallar  buzilganligi  to’g’risidagi  dalolatnomalar,  binoni 

ta’mirlash smetasi defekt dalolatnomasi bilan solishtirishlarni ko’rsatish mumkin. 

Qayd  etilgan  hujjatlardagi  farqlar  har  doim  ham  suiiste’molchiliklar  bilan 

bog’liq emas. 

Dastlabki  va  ularni  asosida  tuzilgan  hujjatlarni  solishtirish  natijasida 

aniqlangan  ziddiyatlar  u  yoki  bu  suiiste’molchiliklardan  dalolat  beradi.  Ushbu 

ziddiyatlar  uch  shaklda,  ya’ni:  dastlabki  hujjatlarda  aks  etilgan  operatsiyalar 

to’g’risidagi  yozuvlar  ularni  asosida  tuzilgan  hujjatlarda  yo’qligi;  dastlabki 

hujjatlarda  aks  ettirilmagan  operatsiyalar  to’g’risidagi  yozuvlar  ularni  asosida 

tuzilgan  hujjatlarda  mavjudigi;  dastlabki  va  ularni  asosida  tuzilgan  hujjatlarda  bir 

xil operatsiyalar turlicha aks etilganligi bilan ifodalanishi mumkin. 

Dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarda tegishli yozuvlar yo’qligi, 

uning  tuzilishi  vaqtida  tegishli  dastlabki  hujjat  bo’lmaganligi  yoki  u  taqdim 

etilmaganligi yoki ma’lumotlar ataylab yozilmaganligini ko’rsatadi. 

Hujjatli 

nazoratning 

ushbu  ko’rilayotgan  usulini  qo’llash 

uchun 


dastlabki 

hujjatlardagi 

ma’lumotlarini 

aks 


ettiruvchi, 

ular 


asosida 

tuziladigan hujjatlarni o’rganish lozim. 

Turli  operatsiyalar  va  ularni  aks  ettiruvchi  hujjatlarning  o’zaro  bog’liqligi 

ushbu  operatsiyalarni  o’zaro  nazorat  qilish  -  o’zaro  bog’liq  operatsiyalarni  aks 

ettiruvchi hujjatlarni solishtirish yo’li bilan aniqlash imkoniyatini beradi. Masalan, 

xom ashyo sarf-xarajati, to’langan ish haqi, uskunalarning ishlaganligi to’g’risidagi 

ma’lumotlardan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini tekshirish mumkin. 

O’z  navbatida,  ish  haqi  to’g’ri  to’langanligi,  xom  ashyo  sarf-xarajati  va 

boshqalar  mahsulotni  ishlab  chiqarishga  oid  operatsiyalarni  aks  etuvchi  hujjatlar 

bo’yicha tekshiriladi. 




63 

 

Ayrim  holatlarda,  hujjatlarda  muayyan  operatsiyalarning  haqqoniyligi 



boshqa  operatsiyalarning  amalda  sodir  etilganligini  inkor  etadigan  yoki  shubha 

tug’diradigan  ziddiyatlar  kuzatiladi.  Bunday  ziddiyatlar  tegishli  operatsiyalar 

haqqoniy  sodir  etilishi  mumkinligini  tekshirish  bilan  aniqlanadi.  Tekshiruvning 

aniq  yo’nalishlari  turlichadir  va  tekshirilayotgan  jarayonlarning  mazmuni  va 

sharoitlariga bog’liq bo’ladi. 

Aksariyat holatlarda, mazkur usul yordamida tekshiruv ob’ekti sifatida aniq 

ishlab  chiqarish  va  xo’ alik  operatsiyalari  hizmat  qiladi.  Ularni  haqqoniy  sodir 

etilishi  nuqtai-nazaridan  o’rganib  ushbu  operatsiyalarni      amalga  oshirish  kerakli 

bo’lgan  xom  ashyo,  uskunalar,  mehnat  zahiralari  bilan  ta’minlanganligi; 

bajariladigan  ishlar  ob’ekti  haqiqatda  bo’lganligi;  bunday  ishni  amalda  jismonan 

bajarish  mumkinligi;  hujjatlarda  familiyasi,  ismi,  sharifi  qayd  etilgan  shaxslar 

tomonidan  tekshirilayotgan  ishlar  bajarilishi  mumkinligi;  ishlarni  amalga 

oshirishga to’sqinlik qiladigan qandaydir boshqa sharoitlar mavjudligi aniqlanadi. 

Suiistemolchiliklarni aniqlashda, ayniqsa, bir turdagi boyliklar harakatini aks 

etuvchi hujjatlarni tekshiruv usullari katta samara beradi. 

Hujjatlar  tekshiruvini  usullaridan  biri  bo’lib  materiallar  qoldig’ini  nazoratli 

solishtirish hisoblanadi. Buning mazmuni - davr boshiga inventarlash qaydnomasi 

bo’yicha  ma’lum  bir  tovarlar  qoldig’i  olinadi  va  unga  hujjatlashtirilgan  kirim 

qo’shiladi, hujjatlashtirilgan chiqim esa ayiriladi. 

Amaliyot  shuni  ko’rsatadiki,  nazoratli  solishtirish  ma’lumotlari  bo’yicha 

korxonada  materiallarning  ortiqcha  (hisobga  olinmagan)  qoldiqlarini,  ular  boshqa 

hujjatlar  bilan  tasdiqlanmagan  bo’lsa  ham,  aniqlash  mumkinligi  kuzatiladi. 

Materiallarning  haqiqiy  qoldig’i  eng  ko’p  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  miqdordan 

oshib  ketishi  turli  sabablar  bilan  vujudga  keladi.  Bunday  ortiqchani  qo’shimcha 

ma’lumotlar bilan tasdiqlanganda va nazoratli solishtirish natijalariga ta’sir etuvchi 

boshqa  sabablar  inobatga  olinmasa,  hisobga  olinmagan  material  deb  tan  olish 

mumkin.  Aniqlangan  ortiqchalar  har  doim  ham  suiiste’molchiliklardan  darak 

bermaydi. Ular hujjatlardagi va inventarlash qaydnomalaridagi tasodifiy xatolardan 

kelib chiqishi ham mumkin. 



64 

 

Ijro  va  farmoyish  hujjatlarni  solishtirish  yo’li  bilan  amalga  oshirilgan 



operatsiyalar  yuzasidan  qabul  qilingan  farmoyish  mazmuniga  muvofiqligini 

aniqlash mumkin. 

Masalan,  talabnoma  yoki  ishonchnomada  qayd  etilgan  ma’lumotlar  bilan 

moddiy boyliklarni berish to’g’risida yuk xatlardagi ma’lumotlarni solishtirib talab 

etilgandan  ko’ra  boshqa  boyliklar  yoki  boshk;a  miqdorda  berilganligini  aniqlash 

mumkin.  Boshqa  holatlarda,  farmoyish  ijro  etilmaganligi  yoki  materiallar 

farmoyishsiz  berilganligini  aniqlash  mumkin.  Bularning  barchasi,  aniq 

vaziyatlarda,  suiiste’molchiliklar,  hususan,  ijro  hujjatlari  yo’q  qilinishi,  tovarsiz 

yuk xatlari yozilishi to’g’risida dalolat berishi mumkin. 

Kelajakda  bajarilishi  mumkin  bo’lgan  va  bajarilgan  ishlarni  aks  ettiruvchi 

hujjatlarni tuzish usuli mahsulotni ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish jarayonida 

shartnomaviy  intizom  buzilishini  aniqlash  uchun  qo’llanishga  tavsiya  etiladi. 

Nazoratning  ushbu  usulida  shartnomalarda,  mehnat  kelishuvlarida  qayd  etilgan 

kelgusi ishlar tavsifi, hajmi, qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar ishlar bajarilishi va 

mahsulot ishlab chiqarilishini aks etuvchi boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. 

Xo’ alik  operatsiyalarining  qonunchilikka,  moliyaviy  va  shartnomaviy 

intizomga  rioya  qilish  nuqtai-nazaridan  tekshiruvini  o’tkazishda,  yuqorida  ko’rib 

chiqilgan  hujjatli  nazorat  usullaridan  tashqari,  joyida  o’rganib  chiqish,  ekspert 

tomonidan baholash va boshqa usullar bilan to’ldirilishi lozim. 

Xo’ alik  faoliyati  yuritilishining  iqtisodiy  tahlil  usullari  nafaqat  ishlab 

chiqarishning  ichki  zahiralarini  aniqlash,  shuning  bilan  bir  qatorda  qonunchilikka 

rioya  kjlmaslik  va  suiiste’molchiliklarni  aniqlash  uchun  qo’llaniladi.  Yashirin 

o’g’irliklar  va  qo’shib  yozishlar,  odatda,  ayrim  o’zaro  bog’liq  bo’lgan  iqtisodiy 

ko’rsatkichlarning bir biriga mos kelmasligi va boshqa farqlarni keltirib chiqargan 

holda  moliyaviy-xo’ alik  faoliyati  natijalariga  ta’sir  ko’rsatishi  bilan  izohlanadi. 

Hisobot  va  hisob  registrlaridagi  yozuvlarning  dastlabki  tahliliy  tekshiruv 

jarayonida mufassal o’rganishi lozim bo’lgan dastlabki hujjatlar to’plamini tanlab 

olishga,  qonunchilikka  va  shartnomaviy  intizomga  rioya  qilmaslik  holatlariga 




65 

 

diqqatni  qaratishga  va  oqibatda,  tekshirrshadigan  hujjatlar  miqdori  va  tekshiruv 



muddatini kamaytirish imkonini yaratadi. 

Buxgalteriya  hisobi  hisobvaraqlaridagi  yozuvlar  asosli  ravishda  amalga 

oshirilganligining  tekshiruvidan  keyin,  bosh  kitobdagi  yozuvlar  jurnal-order  yoki 

memorial-order kabi hisob registrlaridagi yozuvlariga muvofiqligiga ishonch hosil 

qilish  uchun,  hisob  registrlari  to’g’ri  tuzilganligining  tekshirish  imkoni  yaratiladi. 

O’z  navbatida,  jurnal-orderlar  to’g’ri  to’ldirilganligi  amalda  moliyaviy  hisobot 

ko’rsatkichlari haqiqiyligini ta’minlaydi. 

Korxonada  hisob  registrlarining  tarkibi  va  mazmuni  qo’llaniladigan 

buxgalteriya  shakli bilan belgilanadi.  Hisob  to’liq kompyuterlashgan sharoitlarida 

ham  hisob  ma’lumotlarini  nashrga  chiqarish  yo’li  bilan  kerakli  bo’lgan  hisob 

registrlari yig’indisi tayyorlanadi.       

Ishlab chiqarish xarajatlariga oid hisob registrlarining tekshiruvida quyidagi 

savollar o’rganilishi lozim: 

-  hisob  registrlarining  to’plami  korxona  xo’ alik  operatsiyalarini  to’liq  aks 

ettirishi; 

- ushbu registrlar foydalanish uchun qulayligi va ular etarli darajada yakqol 

va  ravshanligi,  katta  hajmdagi  ma’lumot  manbalariga  egaligi,  kerakli  bo’lgan 

hisobot tayyorlash va iqtisodiy tahlilda ishlatish uchun yaroqliligi; 

-  ular  hisob  yozuvlari  to’liq  va  to’g’riligi  nazoratini  ta’minlagan  holda  bir 

biriga va bosh kitobga muvofiqligi. 

Auditor  turli  korxonalarda,  turli  xil  hisob  registrlari  qo’llanishiga,  bu  hisob 

jarayonini  to’liq  ta’minlasa  va  korxona  uchun  qulay  bo’lsa,  agar  ma’lum  bir 

korxonada  bir  vaqtni  o’zida  jurnal-order  shakliga  mansub  bo’lgan  jurnal-orderlar 

va  hisob  yuritishning  memorial-order  shaklida  qo’llaniladigan  hisobning 

buxgalteriya  hisobi  bo’yicha  aylanma  qaydnomalar  (aylanma  balanslar) 

qo’llanilishiga tayyor bo’lishi va inkor etmasligi lozim. 

Korxona  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  sinchkovlik  bilan  o’tkazilgan 

inventarlashi bilan asoslanishi lozim. Bunda, yillik hisobot taqdim etilgunga qadar, 

doimiy  faoliyat  ko’rsatuvchi  inventarlash  komissiyasi  tomonidan  inventarlash 



66 

 

vaqtida  boyliklarning  amaldagi  mavjudligi  bilan  buxgalteriya  hisobidagi 



ma’lumotlar o’rtasidagi farqlar tartibga keltirilishi lozim. Shuningdek, solishtirma 

dalolatnomalari  yoki  o’zaro  hisob-kitoblar  bo’yicha  qoldiqni  tasdiqlovchi  xatlar 

bilan  rasmiylashtirilgan  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari  bo’yicha  inventarlash 

amalga oshiriladi. O’tkazilgan inventarlashning soni va natijalari, shuningdek, ular 

o’tkazilmaganligi  sabablari  yillik  hisobotga  ilova  qilinadigan  tushuntirish  xatida 

aks etilishi kerak. 

Joriy  yilni  ham  o’tgan  yilning  hisobot  ma’lumotlarini  to’g’rilash  (ular 

tasdiqlangandan  keyin)  xatolar  aniqlangan  hisobot  davri  bo’yicha  tayyorlangan 

hisobotda  amalga  oshiriladi,  bunda  to’g’rilashlar  faqat  hisobot  davri  bo’yicha 

kiritiladi. 

Auditor korxona moliyaviy-xo’ alik faoliyati tekshiruvini amalga oshirishda 

xo’ alik yurituvchi sub’ektning barcha mol-mulki va ular vujudga kelish manbalari 

to’g’risida  hisob  va  hisobot  ma’lumotlari  to’liq  va  ishonchli  ekanligi  nuqtai-

nazaridan  o’z  vaqtida  amalga  oshirilganligi,  tahliliy  hisob  holatini  o’rganishga 

jiddiy diqqat-e’tiborini qaratish lozim. 

Turli  xil  faoliyatlarni  amalga  oshirayotgan  korxonalarda  buxgalteriya 

hisobini  yuritish  bo’yicha  ilmiy-nazariy  adabiyotlar  va  amaliy  tadqiqotlarda  shu 

vaqtgacha buxgalteriya hisobining nazariy-amaliy asoslari, tadbirkorlik faoliyatini 

moliyaviy  ta’minlashda  tahliliy  hisobga  etarli  e’tibor  berilmagan  va  buning 

natijasida, 

auditorlik 

xulosasi 

ishonchli 

tayyorlanishining 

ta’minlanishi 

murakkablashadi. 

Odatda  tahliliy  hisobni  qo’llash  korxona  mablag’lari,  ularning  hosil  bo’lish 

manbalari,  moliyaviy  va  xo’ alik  jarayonlari  hisobini  batafsillashtirishdan  kelib 

chiqadi. Lekin, buxgalteriya hisobining amaliyotida tahliliy hisobvaraqlar bo’yicha 

iqtisodiy  turdosh  guruhlarning  har  biri  nafaqat  korxonaning  umumiy  mablag’lari, 

ularning  manbalari  va  moliyaviy-xo’ alik  jarayonlarini  aniq  bir  buxgalteriya 

hisobvarag’ida  hisobga  olingan  pul  va  miqdoriy  ko’rinishda  ifolashdan  tashqari, 

buxgalteriya  hisobotini  tayyorlash,  korxona  faoliyatini  tahlil  qilish  va  audit 



67 

 

o’tkazish  uchun  asosiy  negiz  hisoblanib,  umuman  buxgalteriya  hisobi  holatini 



tavsiflaydi. 

Tahliliy 

hisob 

buxgalteriya 



hisobining 

tahliliy 

imkoniyatlarini 

chuqurlashtirish  va  kengaytirish  maqsadida  ma’lumotni  umumlashtirish  quroli 

hisoblanadi. 

Tahliliy  hisobvaraqlarning  tarkibi  va  mazmuni  xo’ alik  operatsiyalarining 

aniq  tavsiflari,  korxona  moliyaviy-xo’ alik  faoliyatini  nazorat  va  tahlil  qilish 

vazifalari  bilan  belgilanadi.  Buxgalteriya  hisobi  bilan  jamlanadigan  xo’ alik 

operatsiyalarning  yig’indisi  alohida  tahliliy  hisobvaraqlarda  batafsillashtiriladi. 

Ular hisobot davrida amalga oshirilgan xo’ alik operatsiyalar, xo’ alik holatlari va 

operatsiyalar  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  joriy  hisobda  aks  etish  usullari, 

buxgalteriya  hisobi  bilan  jamlangan  ma’lumotlarni  umumlashtirish  va  guruhlash 

bo’yicha  batafsillashtirilgan  ma’lumotlarning  guruhlangan  belgilari  sifatida 

nazarda tutish lozim. 

Tahliliy  hisobvaraqlar  tizimi  korxona  tomonidan  xo’ alik  operatsiyalarini 

nafaqat pul o’lchamlarida, balki sintetik buxgalteriya hisobining umumlashtirilgan 

ko’rsatkichlariga  nisbatan  tahliliy  hisobning  batafsillashtirilgan  ko’rsatkichlari 

ma’lumotlilik  darajasini  oshiruvchi  natural  yoki  mehnat  o’lchamlarida  aks  etish 

imkonini beradi. 

Agar korxonada tahliliy hisob yuritilmasa, unda amalda buxgalteriya hisobi 

yuritilmagani  va  hisob  ma’lumotlari  umuman  mavjud  emasligini  amaliyotchi 

buxgalterlar yaxshi bilishadi. Lekin, bir qator holatlarda, ayniqsa tijorat tizimlarida, 

xususiy  kompyuterlarni  qo’llash sharoitlarida,  ushbu ish umuman  olib borilmaydi 

yoki  nihoyatda  past  darajada  yuritiladi.  Bu  esa,  o’z  navbatida,  faoliyat 

ko’rsatayotgan  korxonada  tahliliy  buxgalteriya  hisobini  yuritish  talablariga  javob 

beradigan  tegishli  chop  etilgan  hujjatlar  yo’qligi  sababli,  sintetik  buxgalteriya 

hisobi  ko’rsatkichlarining  hakqoniyligi  va  balans  moddalarining  ishonchliligini 

aniqlash imkonini bermaydi. 

Tahliliy hisobning hakiqiy vazifasi - bu sintetik buxgalteriya hisobi tizimida 

aks  etgan  moliyaviy-xo’ alik  operatsiyalarni  to’liq  aks  ettirishdan  iboratdir.  Busiz 




68 

 

tahliliy hisobning umumlashtirilgan ko’rsatkichlarini buxgalteriya hisoboti, hisobot 



shakllarining  asosi  hisoblangan  va  faqat  tahliliy  hisob  tizimida  barcha  ishlar 

yakunlanganidan  keyingina  tayyorlanishi  mumkin  bo’lgan  balansning  tegishli 

hisobvaraqlar  ko’rsatkichlari  va  alohida  moddalari  bilan  solishtirish  yo’li  orqali 

buxgalteriya  hisobining tahliliy  va  sintetik  ko’rsatkichlari  bir biriga  mos  kelishini 

tekshirish  imkoni  bo’lmaydi.  Bu  joriy  oyning  yoki  hisobot  davrining  har  bir 

sanasiga  bir  vaqtning  o’zida  tahliliy  hisob  tizimi  bo’yicha  batafsillashtirilgan 

ko’rsatkichlar  bilan  bir  qatorda,  sintetik  buxgalteriya  hisobida  joy  olgan 

umumlashtirilgan  ko’rsatkichlarga  ham  ega  bo’lish  maqsadida,  sintetik  hisobni 

yuritish bilan bir vaqtning o’zida tahliliy hisobni ham yuritishni takozo etadi. 

Auditor  korxona  ishlab  chiqarish  xarajatlari  tekshiruvida,  uni  amalga 

oshirishning  dastlabki  bosqichlarida,  tahliliy  hisob  ko’rsatkichlari  bosh  kitobda 

umumlashtirilgan  sintetik  hisob  ko’rsatkkchlariga,  uning  ko’rsatkichlari  esa, 

qo’llaniladigan  tahliliy  hisob  tizimida  batafsilllashtirilganligini  hisobga  olgan 

holda,  balans  aktiv  va  passivining  tegishli  moddalarining  ko’rsatkichlari  bilan 

muvofiqligini tekshirishi lozim. 

Ushbu  ko’rsatkichlarning  bir  biriga  mos  kelmasligi,  korxonada  moliyaviy-

xo’ alik  faoliyatining  buxgalteriya  hisobini  yuritish  amaldagi  qonunchilik  bilan 

belgilangan  tartibi  jiddiy  ravishda  buzilganligi  to’g’risida  dalolat  beradi,  bu  esa, 

auditorlik tekshiruvi dasturi va kelajakda tuziladigan auditorlik xulosasi tuzilishiga 

tegishli  xususiyatlarni  kiritishni  taqozo  etadi.  Auditorlik  tekshiruvi  jarayonida 

korxonada  tahliliy  hisob  yuritilmasligi  aniqlansa,  bu  to’g’risida  tegishli 

dalolatnoma  tuzgan  holda,  tekshiruvni  to’xtatish  maqsadga  muvofiqdir,  korxona 

bilan  esa,  agar  u  mustaqil  ravishda  tahliliy  hisobni  tashkil  eta  olmasa,  auditorlik 

tashkiloti kuchi bilan tahliliy hisobni tiklash to’g’risida shartnoma tuzilishi lozim. 




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin