Kafedrasi abduraxmanov ixtiyor baxtiyorovich



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#42403
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
korxona ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil etish va takomillashtirish masalalari

 


78 

 

Xulosa 

Turli  xil    mulkchilik  shakllari  qaror  toptirilayotgan  hozirgi  sharoitda 

mahsulot  tannarxini  tahlil  qilish  va  ular  asosida  umumiy  ma’lumotlarni  audit 

yordamida  xo’ alik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatida  mavjud  holatni  o’z  vaqtida 

aniqlash  hamda  kerakli  qaror  qabul  qilish,  avvalo,  respublikamizda  faoliyat 

yuritayotgan  iqtisodiy  sub’ektlar  uchun  ayniqsa  zarurdir.  Mahsulot  tannarxiga 

kiritiladigan  xarajatlarni  aniqlash,  ularni  tahlil  qilish  uslubiyatini  rivojlantirish 

hamda  auditini  takomillashtirish  masalalari  hozirgi  kunning  dolzarb  masalalardan 

biridir.  Shu  maqsadda  biz  ilmiy  ishimizda  quyidagi  ishlarni  olib  bordik  va 

xulosalarga kelishni maksadga muvofiq deb bildik: 

1.  Rejalashtirish  auditorlik  tekshiruvini  boshlang’ich  bosqichi  bo’lib, 

auditorlar  reja  tuzilgunga  qadar  bevosita  tekshiruv  jarayonini  boshlamasliklari 

lozim. 


Auditor  ishlab  chiqarish  xarajatlari  auditini  rejalashtirish  chog’ida 

quyidagilarni hisobga olishi zarurligi o’rganildi:  

- kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish xollarida) 

va haqiqiy mexnat xarajatlari; 

- ahamiyatlilik darajasi; 

- auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni 

va malakasi; 

- auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit 

o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash; 

-  auditorlik  guruxining  barcha  a’zolariga  yo’l  -  yo’riq  ko’rsatish,  ularni 

mijozning moliya-xujalik faoliyati bilan tanishtirish ; 

- auditorlik guruxi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari 

sifati ustidan nazorat o’rnatishi; 

- auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish. 

2.  Ishlab  chiqarish  xarajatlari  auditorlik  tekshiruvini  rejalashtirish 

tekshiriladigan  korxona  faoliyatini  batafsil  o’rganishdan  boshlanadi.  Auditor 

korxona  faoliyatini  o’rganishdan  ikkita  maqsadni  ko’zlaydi:  a)  audit  o’tkazishni 



79 

 

osonlashtirish  va  sifatini  oshirish;  b)  tekshiriladigan  korxona  iktisodini 



yaxshilashga  qaratilgan  amaliy  maslahat  yordami  ko’rsatish.  Yuqoridagi 

maqsaddan  kelib  chiqqan  holda,  auditor  ishlab  chiqarish  xarajatlari  auditorlik 

tekshiruvidan  o’tkazish  ish  rejasini  tuzganda,  tekshiriladigan  korxona  iktisodini 

yaxshilashga  qaratilgan  amaliy  maslahat  yordami  ko’rsatish  vazifalarini  ham 

dasturga  kiritishi  lozim.  Bu  esa  o’z  navbatida  audit  ish  hajmini  va  unga 

to’lanayotgan haqni to’g’ri belgilanishiga asos bo’ladi. 

3.  Ichki  nazorat  tizimini  ko’rib  chiqishda,  auditor  avvalo,  korxona 

ma’muriyatining ichki nazoratga munosabatini, ya’ni korxona rahbarining fikrlash 

xususiyatlarini,  ularning  rahbarlik  qilish  uslubini,  aniq  moliyaviy  hisobotga 

munosabatini o’rganadi. Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini ham inkor 

qilmasligi  lozim.  O’rganishning  ushbu  bosqichida  auditor  mijoz  bilan  tuzilgan 

shartnomadan  kelib  chiqadigan  taxlikali  vaziyatlarni  baholashda  to’plagan 

ma’lumotlaridan foydalanadi. Lekin, u agar butun auditning taxlikali vaziyatlarini 

qulay  deb  baholagan  bo’lsa,  shuningdek,  korxonaning  ichki  nazorat  tizimini  ham 

ishonchli  deb  bilmasligi  lozim.  Rejalashtirish  paytida  ichki  nazorat  tizimi 

faoliyatining barcha tomonlarini batafsil tahlil qilib chiqish lozim. Auditor olingan 

ma’lumotlarni  yagona  tizimga  keltirish  uchun  qisqacha  hisobot  tayyorlab,  unda 

quyidagilarni  bayon  qiladi:  korxonaning  faoliyat  qilish  sohasi  va  printsiplari; 

rahbariyatning  ishonchli  hisob  va  nazorat  tizimini  yaratishga  oid  majburiyatlari; 

rahbariyatning korxona faoliyatini nazorat qila olish layoqati. 

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ichki nazoratga taaluqli kandaydir 

maxsus  talablar  yuk.  Shuning  uchun  auditor  ichki  nazorat  tizimini  baxolashda 

ikkita omilga tayanadi: 

-  ichki  nazoratning  maqsadi  korxona  rahbariyati  uchun  ham,  auditor  uchun 

ham bir xil - buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va ob’ektivligini ta’minlash; 

-  auditorlik  hisobotining  tahliliy  qismida  ichki  nazorat  holatini  ekspertiza 

qilish natijalarini aks ettirish zarur. 



80 

 

4.  Ishlab  chiqarish  xarajatlari  tekshirishda  auditor  audit  dasturini  hujjatli 



rasmiylashtirishi  va  unda  muhimlik  darajasini  belgilashning  induktiv  usulini 

qo’llash maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi. 

5.  Audit  o’tkazish  jarayonida  tahliliy  amallar  va  arifmetik  hisoblash, 

inventarizatsiya usullaridan foydalanish tavsiya etildi. 

6  Ishlab  chiqarish  xarajatlarini  tekshirishda  ustama  xarajatlarni  mahsulot 

birliklariga to’g’ri taqsimlanganligini tekshirishning alohida muhim ob’ekti sifatida 

audit  ish  dasturiga  kiritildi  va  tekshirishning  arifmetik  hisoblash  usuli  orqali 

tekshirish o’tkazish tavsiya etildi. 

7. Ishlab chiqarish xarajatlariga oid ma’lumotlari asosida korxona moliyaviy 

holatiga  baho  berildi,  ya’ni,  mahsulot  tannarxini  kalkulyatsiya  qilishning  turli 

usullari  yordamida  hisoblash  va  ularning  korxona  tarmoq  xususiyatini  inobatga 

olib tegishli usul tavsiya etildi. 

8.  Auditorlik  faoliyatining  milliy  va  xalqaro  standartlari  qiyosiy  tahlil 

qilinib,  mahsulot  tannarxi  auditini  rejalashtirish  va  o’tkazishga  doir  ma’lumotlar 

nazariy o’rganildi hamda amaliyotda qo’llash uslubi tavsiya etildi.  

9.  Auditorning  xalqaro  standartlarida    har  bir  auditorlik  firmasida  mavjud  

nozir  bo’lishi  lozim  bo’lgan  Ishlab  chiqarish  xarajatlarini  tekshirish  bo’yicha 

sifatni  nazorat  qilish  tizimining  usullari  o’rganildi  hamda  amaliyotda  qo’llash 

tavsiya etildi. 

10.  Yangi  axborot  texnologiyalarining  ishlab  chiqarish  xarajatlari  auditida 

ko’llanilish tartibi tavsiya etildi. 

 

 



 


81 

 


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin