Kafedrasi kompyuter arxitekturasi moduli bo‘yicha



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə29/80
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195585
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
komp arx umk (6)

Nazorat savollari

  1. Kesh-xotiraning vazifasi nima?

  2. Umumiy xotira?

  3. Operativ xotira nima?

9-Ma’ruza. Zamonaviy kompyuterlarning buyruqlar tizimi
Reja:
1. Mikroprotsessorning bazoviy buyruqlar tizimi
2. Buyruqlar tizimi
Buyruq – amal kodi, ushbu-amalda qatnashayotgan operanda yoki operandalar qayerdan olinishi va natija qayerga yozilishi kerakligi haqidagi axborotlardan iborat bo‘ladi. Buyruqlarda amal kodi – har doim bo‘ladi, ammo adreslar esa buyruqlarda bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday buyruqlar adressiz buyruqlar deb ataladi. Qolgan xil buyruqlarda esa bitta, ikkita yoki uchtagacha adreslar ishtirok etishi mumkin.
Mikroprotsessorning bazoviy buyruqlar tizimini shartli funktsional ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
- ma’lumotlarni uzatish buyrug‘i;
- birlamchi bit ma’lumotni o‘rnatish buyrug‘i;
- kiritish - chiqarish buyrug‘i;
- arifmetik buyruqlar;
- mantiqiy buyruqlar;
- surish buyruqlari;
- ikkilik - o‘nlik sonlarni to‘g‘rilash buyruqlari;
- turlarini o‘zgartirish buyruqlari;
- bayroqlarni boshqarish buyruqlari;
- uzish buyrug‘i;
- boshqaruvlarni uzatish buyruqlari;
- protsessorni sinxron ishlashini ta’minlash buyrug‘i va boshqalar.
Protsessorning barcha bazaviy buyruqlariga quyidagi chegaralar qo‘yilgan:
- bir paytni o‘zida bitta buyruq bilan xotiraning ikki maydoniga murojaat qilmaslik;
- xotiraning segment registri va uning qiymati bilan operatsiyani bajarish mumkin emasligi;
- buyruq operandalari (ma’lumotlar kodi) bir hil o‘lchamga ega bo‘lishligi va boshqalar.
Mikroprotsessorning buyruqlari mikrobuyruqlardan farq qilib, mikrosxemalar qurilmalariga bog‘liq bo‘lmagan xolda ishlab chiqiladi. Shuning uchun ularning razryadlari mikroprotsessorning razryadiga mos keladi. Mikroprotsessorning buyrug‘i yo‘riqnomadan tashkil topgan bo‘lib operatsiya kodi bilan belgilanadi (Operatsiya Kodi - inglizcha INS deb ataladi). Buyruq formatlari protsessorning strukturasiga qattiq bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin