Kafedrasi kompyuter arxitekturasi moduli bo‘yicha


Fon - Neyman strukturasi asosida tuzilgan sakkiz razryadli protsessor buyruqlari quyidagi rasmda keltirilgan



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə30/80
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195585
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
komp arx umk (6)

Fon - Neyman strukturasi asosida tuzilgan sakkiz razryadli protsessor buyruqlari quyidagi rasmda keltirilgan:

9,1-rasm. Sakkiz razryadli protsessor buyruqlari
Agar operatsiya kodi sifatida sakkiz bitli so‘z (bayt) ishlatilsa, u holda ushbu so‘z yordamida 256 ta operatsiyani kodlashtirish mumkin. Buyruqlar tizimini ishlab chiqayotganda operatsiya uchun har qanday kod belgilanishi mumkin. Ana shu buyruqlar tizimi orqali konkret protsessorlar oilasi aniqlanadi. Bir baytli buyruqlar protsessorning ichki dasturiy registrlari bilan ishlashi mumkin bo‘ladi. Bir xil operatsiyalarni protsessorning har xil registrlari bilan bajarish uchun har xil kodlar ishlatiladi. Bunday kodlarni yodda saqlab qolish juda mushkul hisoblanadi. Ushbu saqlab eslab qolish ma’lumotlar hajmini kamaytirish va onsonlashtirish uchun har xil qisqariltirilgan ingliz so‘zlaridan foydalaniladi. Masalan, nus'ha olish uchun MOV, yig‘indisini topish uchun ADD, ayirish uchun SUB, ko‘paytirish uchun MUL va boshqalar ishlatiladi. Mikroprotsessorning strukturasini bilmay turib dastur (programma) yozish mumkin emas, chunki mikroprotsessorning strukturasi va uning buyruqlar to‘plami bir - biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun har xil mikroprotsessorlarda har xil buyruqlar tizimi bo‘lishi mumkin. Umuman, buyruqlar ikki qismdan iborat bo‘ladi: operatsion va manzil qismidan.
Massu protsessor - o‘z buyruqlar aylanish jarayonini saqlaydi, tizim xotirasida saqlangan dasturni amalga oshiradi, lekin faqat CPU buyrug‘i bilan ishga tushiriladi, dasturni bajarish tugagandan so‘ng CPUga ish tugallanishi haqida xabar beradi. Replikatsiya protsessor o‘z buyruqlar aylanishini qo‘llab-quvvatlamaydi, u CPU tomonidan umumiy buyruqlar oqimi uchun tanlangan buyruqlarni bajaradi. Aslida, protsessor CPU kengaytmasi hisoblanadi.
Buyruqlar tizimi
Mikroprotsessorlarning buyruqlar tizimi 98 ta buyruqlardan tashkil topgan: 19 ta ma’lumotlarni uzatish komandalari, 38 ta ma’lumotlarni qayta ishlash komandalari, 24 shartli va shartsiz o‘tishmalar va 24 CPU komandalari. Jami buyruqlar uchun tahminan 4000 variant mavjud. Umuman i8086 mikroprotsessor buyruqlari 6 guruhga bo‘linadi:
1. Aloqa buyruqlari: MOV, XCHG, PUSH, POP, PUSHF, POPF, LEA, LDS, LAHF, SAHF, XLAT, IN.
2. Aritmetik buyruqlar: ADD, ADC, INC, AAA, DAA, SUB, SBB, Dec, NEG, CMP, AAS, DAS, MUL, IMUL, DIV, IDIV, AAM, AAD. Z 1CDEXRTYVUBYVTGYJUHUBBBBBBBBBBY6HIV7OP
3. Mantiqiy buyruqlar: QAYD, SHL / SAL, SHR, SAR, ROL, ROR, RCL, RCR, AND, TEST, OR, XOR.
4. Zanjirdagi manipulyatsiya buyruqlari: CMPS, LODS, MOVS, REP, SCAS, STOS.
5. Bog‘lanish buyruqlari: JMP, CALL, RET, LOOP / LOOPE, LOOPZ, LOOPNE / LOOPNZ, JCXZ, JE / JZ, JNE / JNZ, JL / JNGE, JLE / JNG, JB / JNAE, JBE / JNA, JP / JPE , JNP / JPO, JO, JNO, JS, JNS, JG / JNLE, JGE / JNL, JA / JNBE, JAE / JNB.
6. CPU nazorat buyruqlari: CLC, CMC, STC, CDL, STD, CLI, HLT WAIT, ESC, LOCK.
CISC tipidagi kompyuterlarda semantik uzilish muammosi buyruqlar tizimini kengaytirish, uni HLU operatorlariga semantik jihatdan o'xshash murakkab buyruqlar bilan to'ldirish yo'li bilan hal qilinadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin