Kafedrasi kompyuter grafikasi va vizuallashtirish


Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 298,12 Kb.
səhifə5/19
tarix19.10.2023
ölçüsü298,12 Kb.
#157767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Komp grafika majmua 2023

Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
«Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- zamonaviy axborot texnologiyalari haqida, kompyuter grafikasi turlari haqida, CorelDraw va Adobe Photoshop dasturlari interfeysi va dasturning o‘ziga xos xususiyatlari, xujjatlar va xujjatlar bilan bajariladigan amallar, internetda dizayn asoslari, http teglari, Web - saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari haqida ma’lumotlar,. Dinamik saytlar xakida, . WEB serverlar, Saytni testlash va baholash asoslari haqida bilishi kerak.
- zamonaviy axborot texnologiyalar imkoniyatlarini; kompyuter garfikasi turlari va ularning imkoniyatlarini; vektorli va rastrli kompyuter grafikasi; CorelDraw va Adobe Photoshop dasturlarida ishni tashkil qilish usullarini, Web - saytlarni hosil qiluvchi dasturlarida ishlashni ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

  • CorelDraw va Adobe Photoshop dasturlarida ishlash; CorelDraw va Adobe Photoshop dasturlarida tasvirlar hosil qilish: CorelDraw va Adobe Photoshop dasturlarining oynasi bilan ishlash ishlarini bajarish, Microsoft FrontPage, HTML, Java Script shablonlardan foydalanib Web – saytlarni yaratish, saytni testlash va baholay olish malakalariga ega bo‘lish kerak.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
«Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish» fani mazmunning nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi. Bu fan ixtisoslik fanlariga kirib, 3, 4, 5 – semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasidagi rejalashtirilgan nazariy informatika, ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimlari, fizika, psixologiya va pedagogika fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
Fanning ta’limdagi o‘rni
«Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish» fani insonlarda axborot muhitida ma’lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki grafik ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlarin oshiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb – hunar kollejlarda «Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi.

Yüklə 298,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin