Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich


-rasm. 2014-2015-yillarda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elеktron



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/40
tarix26.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#197906
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
milliy iqtisodiyotda davlat xaridini samarali tashkil etish yollari (1) (1)

7-rasm. 2014-2015-yillarda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elеktron 
auksion savdolarning vazirliklar va idoralar kеsimi bo‘yicha
tarkibi
22
 
Ushbu 7-rasmda 2014-2015-yillarda davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan 
elеktron auksion savdolarning vazirliklar va idoralar kеsimi bo‘yicha tarkibi aks 
ettirilgan. Unga ko‘ra davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkazilgan elеktron auksion 
savdolar hajmi bo‘yicha eng katta ulush berilgan ikki yilda Xalq ta’limi vazirligi 
tashkilotlariga tegishli bo‘lgan. Shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligi 
muassasalari ham mazkur savdolarda ahamiyatli darajada ishtirok etganligini 
ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda davlat xaridi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning 
yana bir muhim yo‘nalishi davlat xaridi jarayonida kichik biznes subyektlari 
ishtirokini kuchaytirish hisoblanadi. Davlat xaridlari kichik tadbirkorlik subyektlar 
faoliyatida juda yirik va keng assortimentli talabga ega bo‘lgan yirik bozorni 
vujudga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi 
“Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini 
jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi 1475-sonli Qarori ushbu yo‘nalishda amalga 
oshiriladigan ishlarga dastlabki tamal toshini qo‘ydi.
Bu qarorda davlat xaridlarini amalga oshirishning kichik biznes sub'ektlari 
uchun ajratiladigan kvotalar o‘rnatilishini o‘z ichiga olgan yangi, yanada 
mukammal, ochiq va oydin mexanizmi kiritilishi belgilab berildi. Bundan tashqari, 
ro‘yxati Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan (bugungi 
kunda tugatilgan) belgilanadigan, har bir shartnoma bo‘yicha narxi 300 dan 100 
ming AQSh dollari ekvivalentidagi alohida turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
bo‘yicha davlat xaridlari O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi 
tomonidan tashkil etiladigan elektron savdolar vositasida amalga oshirilishini 
nazarda tutuvchi tartib o‘rnatildi. 
Quyidagi jadvalda elektron savdolar bo‘yicha jami tuzilgan bitimlar sonida 
kichik biznes subyektlarining ulushiga oid ma’lumotlar keltirilgan
2-jadval 

22
https://www.mf.uz/uz/deyatelnost/deyatelnost-ii/gosudarstvennye-zakupki.html




30 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin