Talabamustaqilishnitashkiletishdaquyidagishakllardanfoydalaniladi:
-auditoriya mashg‘ulotlaridan tashqari trenajyor, mulyaj va simulyasion zallarda/markazlarda tasdiqlangan amaliy ko‘nikmalarni pedagog nazoratida son va sifat jixatdan bajarish va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish daftarlarida aks ettirish;
-ayrimnazariymavzularnio‘quvadabiyotlariyordamidamustaqil o‘zlashtirish;
-berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayerlash;
-modulning bo‘limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha ishlash va
ma’ruzalar qilish;
-vaziyatli va klinik muammolarga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalar echish;
-CASE(realklinikvaziyatlarvaklinikvaziyatlimasalalarasosidasase-study)echish.
-modellar yasash, krossvordlar tuzish, organayzerlar tuzish va h.k.
Farmakologiya moduli bo‘yicha kurs ishi rejada ko‘zda tutilmagan
Modul bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish turlari va baholash mezonlari
Farmakologiya moduli bo‘yicha baholash mezonlari haqidagi ma’lumot modul bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Talabalarning modul bo‘yicha o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
-Joriy nazorat (JN);
-Oraliq nazorat (ON)
-YAkuniy nazorat (YAN)
Modulga ajratilgan 6,0 kreditni talaba JN davomida yig‘adi.
JORIY NAZORAT (JN)
JN da talabaning modul mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholab borish ko‘zda tutiladi. Farmakologiya moduli bo‘yicha JN og‘zaki, o‘rgatuvchi-nazorat tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli masalalar, testlar, natijalarni tushuntirish va retseptura bo‘yicha uy vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin.
Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy va nazariy materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi.
Har bir mashg‘ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o‘tish bali 55 ball.
Joriy nazoratda talabalar bilimi ta’lim modeliga asoslangan holda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nazariy va amaliy qism (50:50).
Joriy nazorat uchun ajratilgan 6,0 kredit semestrlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
4 semestr – 3,0 kredit; JN – 3,0 kredit
ON - 0 (o‘tilishi majburiy)
Talaba 4-semestrda belgilangan kreditlarni to‘plagandan keyin semestr yakunida sinovli vazifani topshiradi va o‘tish (saralash) ballidan o‘tsagina
semestrga o‘tadi. Talaba belgilangan kreditlarni to‘plagandan keyin semestr yakunida YAN (sinov) ga kiritiladi.
Joriy nazoratda saralash (o‘tish) ballidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy nazorat uchun YAN (sinov) gacha bo‘lgan muddat beriladi.