O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI
FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMAKOLOGIYA KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari prorektori
DSc_______Jarilkasinova G.J
“_____” ____________ 2023 y
FARMAKOLOGIYA
FANI BO‘YICHA MODUL DASTUR
Ta’lim yo‘nalishi
Bilim sohasi:
|
500000 –
|
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
|
Ta’lim sohasi:
|
510 000 –
|
Sog‘liqni saqlash
|
|
|
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5510100
5111000
|
Davolash ishi
Professional ta’lim
(5510100-Davolash ishi)
|
|
|
|
|
|
|
Kurs - 3
Soat hajmi - 108
Shu jumladan: 72
Ma’ruza- 18
Amaliy mashg‘ulot- 54
Mustaqil ish- 36
Buxoro - 2023 y.
Fanning modul o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yil 16 iyul 311-son buyrug‘ining 8-ilovasi asosida kafedra professor- o‘qituvchilar tomonidan tuzildi.
Tuzuvchilar:
Yuldosheva D.X. - Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri, DSc, dotsent
Sharipova E.M. - Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
Jabborova O.I. – Tibbiy biologiya kafedrasi mudiri b.f.n.
Nurboev F.E. – Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, DSc
Ushbu ishchi dastur o‘quv dasturi va o‘quv reja asosida 5510100- Davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha tuzilgan va kafedra yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Bayonnoma № _____ “____”______________2023 y.
Kafedra mudiri: DSc. Yuldasheva.D.X ____________
(imzo)
Pediatriya fakultetiining Fakul`tet Ilmiy kengashida “ ” ko’rib chiqildi va tasdiqlandi bayonnoma №
FUK rahbari: Pediatriya fakulteti dekani dotsent Achilova D.N ____________
(imzo)
Institut Markaziy uslubiy kengashi va Institut Ilmiy kengashida ko’rib chiqildi va maʼqullandi.
“____” 2023 yil № ____ - sonli bayonnomada qayd etildi.
Uslubchi: Odilova R .X. ____________
(imzo)
O‘quv modulining dolzarbligi va oliy ta’limdagi o‘rni
Modul dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Ushbu dastur zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘qitish jarayonida qo‘llagan holda, talabani nazariy ma’lumotidan boshlang‘ich amaliy ko‘nikmalarni amaliy bajarishga o‘rgatadi va ortirilgan ko‘nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda qo‘llashga imkon yaratadi.
Farmakologiya moduli o‘quv rejaning klinikagacha bo‘lgan fanlar blokiga taalluqli bo‘lib, 2 va 3 kurs talabalari uchun mo‘ljallangan. Farmakologiya fanidan har bir semestrda 1 tadan “Oraliq nazorat”, “Ob’ektiv-amaliy imtihon” (OAI) rejalashtirilgan va “YAkuniy nazorat” bilan yakunlanadi. Farmakologiya modulini o‘qitish uchun biologiya, biokimyo, gistologiya, anatomiya, normal fiziologiya, patologik fiziologiya, patologik anatomiya, mikrobiologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, lotin tili kabi fanlar nazariy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Terapiya, xirurgiya, ginekologiya, oftalmalogiya, otolaringologiya, endokrinologiya, kardiologiya, onkologiya, nevrologiya kabi fanlarni o‘zlashtirishda nazariy (ilmiy) zamin bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv modulining maqsadi va vazifalari
2.1.Modulni o‘qitishdan maqsadi: oila shifokori tayyorlash jarayonida talabalarga dori vositalarining guruhlarini, ularning ta’sir mexanizmlarini, yoshga qarab terapevtik miqdorlarini tanlashni, dori shakllariga retseptlar yozishni, kiritish yo‘llarini, kasalliklarda qo‘llanilishiga doir ko‘rsatmalarini, nojo‘ya ta’sirlarini va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni o‘rgatishdan iboratdir.
2.2.Modulning vazifalari:
–bo‘lg‘usi oila shifokorlariga turli kasalliklarni davolash va oldini olishda ishlatiladigan dori vositalari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarni berish;
–modulning umumiy retseptura bo‘limida dori moddalarning shakllari, tayyorlanishi,
–retsept yozishning qonun-qoidalarini o‘rgatish,
–umumiy farmakologiya bo‘limida dori moddalarning farmakokinetika va farmakodinamikasini tahlil qilish,
xususiy farmakologiya bo‘limida nerv tizimiga, ijrochi a’zolarga, metabolizmga ta’sir etuvchi, mikroorganizmlarga va o‘smalarga qarshi bo‘lgan moddalar farmakologiyasiga oid ko‘nikmalarni shakllantirish.
–dori vositalar bilan zaharlanishlarda tibbiy yordam choralarini qo‘llay bilish,
–amaliyotda ulardan foydalana olishni,
–bolalarda va keksalarda dori moddalarning farmakokinetikasi va
farmakodinamikasinining turli omillar ta’sirida o‘zgarishini o‘rgatish,
–O‘zbekistonda farmakologiya fanining rivojlanish tarixi va farmakolog olimlarning erishgan yutuqlari bilan tanishtirishdan iborat.
2.3. Modul bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:
4 semestr yakunida:
Talaba:
–dori vositalarining tasnif guruhlari,
–guruhlarga kiradigan dori vositalarining nomlari,
–ta’sir mexanizmi, ta’sir turlari,
–yoshga nisbatan alohida ko‘rsatmalari, dori vositalaridan zaharlanganda ko‘rsatiladigan yordam chora-tadbirlari va usullari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
–umumiy retsepturaning asosiy qonun-qoidalarini,
–har xil shakldagi (suyuq, yumshoq, qattiq va ingalyasion) dori shakllariga retsept yoza olish
– dori moddalarning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi asoslarini,
–dori vositalarining qo‘llashga oid ko‘rsatmalari,
–nojo‘ya ta’sirlari va qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalarini,
–dori vositalarining yangi analoglarini,
–dori vositalar bilan o‘tkir zaharlanish belgilari,
–dori vositalarini tasniflash,
periferik nerv sistemasiga ta’sir etuvchi dori vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi, qo‘llash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, ularga retsept yozish qoidalarini bilish,
–markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi dori vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi, qo‘llash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, ularga retsept yozish qoidalarini bilish,
farmakoterapevtik guruh preparatlarini qiyosiy baholash hamda nojo‘ya ta’sirlarining oldini olish tadbirlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
–dori moddalarning faolligini,
–ularning farmakologik xususiyatlari,
–ta’sir mexanizmini hisobga olgan holda tahlil qila olishi,
–dori vositalarning guruhlarini to‘g‘ri aniqlash,
–dori vositalarini bemorning yoshiga qarab dozalash,
–dori vositalarini kiritish yo‘llarini aniqlash,
vaziyatli masalalarda dori vositalarni to‘g‘ri tanlash va terapevtik ta’sirini aniqlay bilish,
–retsept yozishning qonun-qoidalarini o‘zlashtirish
–har xil dori vositalarining turli shakllariga retsept yoza bilish va ularni tayyorlash kabi malakalariga ega bo‘lishi kerak.
5-semestr yakunida:
Talaba:
–dori moddalarning faolligini, ularning farmakologik xususiyatlari, ta’sir mexanizmini hisobga olgan holda tahlil qila olishi,
–dori vositalarning guruhlarini to‘g‘ri aniqlash,
–dori vositalarini bemorning yoshiga qarab dozalash,
–dori vositalarini kiritish yo‘llarini aniqlash,
–vaziyatli masalalarda dori vositalarni to‘g‘ri tanlash va terapevtik ta’sirini aniqlay bilish,
–har xil dori vositalarining turli shakllariga retsept yoza bilish va ularni tayyorlash tasavvurga ega bo‘lishi;
–ijro a’zolariga (nafas, yurak-qon tomir, me’da-ichaklar, endokrin, qon tizimi, infeksion va noinfeksion yallig‘lanish) ta’sir etuvchi dori vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari,
–dori moddalarning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi asoslarini,
–dori vositalarini tasniflash,
–dori vositalarining qo‘llashga oid ko‘rsatmalari,
–nojo‘ya ta’sirlari va qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalarini,
–dori vositalarining yangi analoglarini,
–dori vositalar bilan o‘tkir zaharlanish belgilari,
retsept yozish qoidalarini bilish va ulardan foydalana olish,
–ijro a’zolari (nafas, yurak-qon tomir, me’da-ichaklar, endokrin, qon tizimi, infeksion va noinfeksion yallig‘lanish) patologiyalarida qo‘llaniladigan dori vositalarini farqlay bilish
–dori vositalar farmakodinamikasining o‘ziga xos xususiyatlari,
–dori vositalarining dozasini bemorning yoshi va jinsiga ko‘ra to‘g‘ri hisoblay olish
–dori vositasining shakliga ko‘ra ularni organizmga kiritish yo‘llari kabi malakalariga ega bo‘lishi kerak.
O‘quv soatlari miqdori
Dostları ilə paylaş: |