4-semestr: 1- mavzu. Nafas tizimi faoliyatiga ta’sir etuvchi vositalar. Nafas stimulyatorlari. Yo‘talga qarshi vositalar. Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar. Bronxolitik vositalar. O‘tkir nafas etishmovchiligini davolashda qo‘llaniladigan vositalar. Surfaktant hosil bo‘lishini oshiruvchi vositalar. Ularning tasnifi, ta’sir mexanizmlari, farmakologik xususiyatlari, qo‘llanilishi, nojo‘ya ta’sirlari, tibbiyotdagi ahamiyati.
2- mavzu. Kardiotonik va antianginal vositalar. YUrak glikozidlari. Noglikozid tuzilishli kardiotonik vositalar. Ularning tasnifi, ta’sir mexanizmlari, farmakologik xususiyatlari, qo‘llanilishi, nojo‘ya ta’sirlari, tibbiyotdagi ahamiyati. Angishvonagul (digitalis) preparatlaridan zaharlanish. Unda ishlatiladigan dori vositalari hamda bajariladigan chora-tadbirlar. Koronar qon aylanishi etishmovchiligida qo‘llaniladigan dori vositalar. Antianginal vositalar. Kardioprotektorlar. Miokard infarktini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalar