Kafolatlangan xavfsizlik adolat qo'RG'oni, O'z bolangni o'zing asra tushunchalarning mazmuni reja



Yüklə 21,52 Kb.
səhifə1/2
tarix24.09.2023
ölçüsü21,52 Kb.
#147797
  1   2
KAFOLATLANGAN XAVFSIZLIK ADOLAT QO\'RG\'ONI, O\'Z BOLANGNI O\'ZING ASRA TUSHUNCHALARNING MAZMUNI


KAFOLATLANGAN XAVFSIZLIK ADOLAT QO'RG'ONI, O'Z BOLANGNI O'ZING ASRA TUSHUNCHALARNING MAZMUNI
Reja:
1.Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish.
2.Odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish. Fuqarolarni huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash. Ma’muriy, jinoiy, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish.
3.Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish. Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish.
4.Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish. “Kafolatlangan xavfsizlik”, “Adolat qo’rg’oni”, “O’z bolangni o’zing asra” tushunchalarining mazmuni va amalda qo’llanishi.
1. Rivojlangan mamlakatlar tarixiy tajribasidan ma'lumki, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan mustaqil ravishda amal qiluvchi sud hokimiyati huquqiy davlat belgilaridan biri bo'lib hisoblanadi. Sud hokimiyati organlarining faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
- odil sudlovni amalga oshirish;
- qonuniylik;
- sudlarning mustaqil va faqat qonunga bo'ysinishi;
- bamaslahat ish ko'rish;
- tomonlarning tortishuvchanligi va teng huquqlari erkinligi;
- sud ishlari yuritishning oshkoraligi;
- aybsizlik prezumpsiyasi;
- malakali yuridik himoyaga ega bo'lish huquqi;
- sud jarayonini milliy tilda olib borishi prinsipi;
- sud hokimiyati hujjatlarining barcha huquqiy subyektlari uchun majburiyligi;
- sudya lavozimining deputatlik mandati va partiyaga mansublikdan xoli ekanligi.
O'zbekiston Respublikasi sud va huquqni muhofaza qilish organlarining tizimi quyidagi asosiy bo'g'inlarni o'zida mujassamlashtiradi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, viloyat, tumanlararo, tuman, shahar sudlari va harbiy sudlar, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, advakatura, Ichki ishlar vazirliklari, Adliya vazirligi, Bojxona qo'mitasi kabilar.Mamlakatda huquq davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy prinsiplaridan biri bo'lgan qonun ustuvorligini ta'minlashga shart-sharoitlar yaratish uchun dastlab sud-huquq tizimini demokratik prinsiplar talablari asosida chuqur isloh etish zarur edi. Shuning uchun ham davlatning bosh islohotchiligida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sud-huquq tizimini isloh etishga kirishildi. Bunda asosan sud hokimiyatini mustaqilligini shakllantirish, sud-huquq tizimini erkinlashtirish (liberallashtirish) va odil sudlovni samarasi va sifatini oshirishga e'tibor berildi. Mustaqillik davrida O'zbekiston davlati sud-huquq tizimida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan hujjatlardan kelib chiqib, bu sohadagi milliy tajriba asosida sudlov jarayonlarini erkinlashtirish choralarini ko'rdi. Sudda qanaydir jinoiy xatti-harakatlar uchun jazo berish va hukm chiqarishni qonunga binoan yuqori instansiya ko'rib chiqishi tartiboti o'rnatildi. Sud hukmidan norozi bo'lgan fuqarolar o'z manfaatlati va huquqlarini himoya qilish uchun apellatsiyaviy va kassatsiya instansiyalariga murojaat qilish, sud jarayonida o'z advokati bilan ishtirok etish, yuqori instansiyada sudning noto'g'ri hukmlarini rad etish kabi qator huquqlarga ega bo'ldi.
Mustaqillik davrida sud-huquq tizimini isloh etishning mazmun mohiyati asosan quyidagilardan iborat bo'ldi: sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish; sudning mustaqilligini ta'minlash; sudni sobiq tizimda bo'lgani kabi qatag'on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma'nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirish.Jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashda 2001-yilda " Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat- protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etib, u jamiyatda sud-huquq tizimida ulkan sotsial va ijtimоiy - siyosiy ahamiyat kasb etadigan o'zgarishlar bo'lishiga huquqiy asoslar yaratildi. Mazkur qonunga binoan jinoyatlarning tasnifi o'zgartirildi. Buning natijasida og'ir va o'ta og'ir toifadagi jinoyatlarning qarib 75 foizi ijtimоiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar toifasiga o'tkazildi. Mamlakatda sud-huquq tizimini erkinlashtirishda jahon bo'ylab aks sado bergan muhim voqea - 2008-yil 1-yanvardan boshlab O'zbekistonda o'lim jazosini bekor qilinishi bo'ldi. 2008-yildan boshlab oldini olish chorasi sifatida hibsga olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudlarga olib berildi.
2. Demokratik huquqiy davlatning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sud-huquq tizimini chuqur isloh etish va inson huquqlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, uning qonunchilik asoslari ham Konstitutsiyamiz tamoyillari va qoidalari asosida tubdan qayta ko‘rib chiqilib, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsipi, insonparvarlik g‘oyalariga tayangan holda ishlab chiqildi.Shu o‘rinda mamlakatimizda amalga oshirilgan va bugun yanada jadal davom etayotgan puxta o‘ylangan, rejali va odilona huquqiy siyosat natijasida Konstitutsiyada belgilangan sud-huquq tizimiga, inson huquq va erkinliklariga oid normalarning alohida qonun hujjatlarida mustahkamlash orqali rivojlanayotganligi hamda amaliyotda samarali qo‘llanilayotganligi xususida to‘xtalib o‘tsak.Konstitutsiyamizda sud alohida hokimiyat, sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi, sudyalar mustaqildirlar, ular faqat qonunga bo‘ysunadilar, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi, deb qat’iy belgilab qo‘yildi.Mazkur konstitutsiyaviy normalar mazmuniga muvofiq sudning mustaqilligini ta’minlash, uni inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya etishga xizmat qiladigan tom manodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, sud tizimi butunlay ijro etuvchi hokimiyat organlarining nazorati va ta’siri ostidan chiqarildi. Sudlarning vakolatlari izchil kengaytirilib, ayni paytda o‘ziga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod etildi, jumaldan sudlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish, jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosalarini e’lon qilish vakolatlaridan soqit qilindi.
Dastlabki tergov ustidan sud nazorati kuchaytirilib, prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvini jiddiy cheklash bo‘yicha qonunchilik normalariga zarur o‘zgartishlar kiritildi.Sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishning qat’iy muddatlari belgilandi, kassatsiya va nazorat instansiyalari isloh qilindi, ishlarni qayta ko‘rib chiqishning apellyatsiya tartibi joriy etildi. Mazkur tartib birinchi instansiya sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan hatolarni o‘z vaqtida tuzatish, sud faoliyatida sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikning muhim kafolatiga aylandi.Shuningdek, jinoyat va fuqarolik ishlarini malakali asosda ko‘rib chiqish, inson huquq va erkinliklarini to‘la va har tomonlama himoya qilish bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashuvi amalga oshirildi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tuzildi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi etib belgilandi.
Amnistiya aktini qo‘llash to‘laligicha sudlar vakolatiga o‘tkazildi. Shu o‘rinda amnistiya akti hamma davlatlarda ham qabul qilinmasligiga yoki ayrim davlatlarda 10 yoki 20 yilda bir marta qabul qilinishiga yohud amnistiya aktining faqat ma’lum toifa shaxslargagina nisbatan qo‘llanilishini e’tiborga olsak, mamlakatimizda naqadar insonparvar siyosat amalga oshirayotganligini ko‘rishimiz mumkin.Sud tizimini malakali, yetuk kadrlar bilan ta’minlashda sudyalik lavozimiga kadrlarni tanlash va tavsiya etish bo‘yicha zamonaviy demokratik tamoyillarga asoslangan huquqiy mexanizmi yaratildi, ya’ni mustaqil Sudyalar oliy kengashi tashkil etilib, ushbu sohadagi vakolatlarni amalga oshirish unga yuklatildi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Konstitutsiyada belgilangan sud-huquq tizimiga oid qoidalar alohida qonun hujjatlarida yildan-yilga inson huquqlari ustuvorligi tamoyilining bosh omil ekanligidan kelib chiqib rivojlanmoqda.Eng muhimi mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh etish hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan bog‘liq islohotlar mayog‘i, ularning qonunchilik asoslarini yaratish va takomillashtirishning boshlang‘ich nuqtasi va asosi bo‘lib hizmat qilmoqda.
3. 2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yunalishi «Konun ustuvorligini ta’minlash va sud-xukuk tizimini yanada islox kilishning ustuvor yunalishlari»ga bagishlangan bulib, uning 2.4-bandida «Jinoyatchilikka karshi kurashish va xukukbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish» masalasi nazarda tutilgan. Unda kuyidagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan:
-jinoyatchilikka karshi kurashish va xukukbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiklashtirishning samaradorligini oshirish;
-diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshka shakllariga karshi kurashish buyicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;
-korrupsiyaga karshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga karshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;
-axolining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan uzaro samarali xamkorligini tashkil etish.

Yüklə 21,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin