Bajardi:MAXSUDOVA MOXICHEXRA
Kakand University
Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot.
Tezis
Annotatsiya: Mazkur tezisda yurtimizdagi ma’naviy hamda ma’rifiy hayot, buyuk ajdotlarimizga bo’lgan e’tibor yurtimiz madaniyati, dinimizga bo’lgan etibor haqida aytb o’tilgan
Kalit so‘zlar: ma’naviy va ma’rifiy hayotga, birnchi prezidentimiz yutuqlar, tarixiy shaxslarga e’tibor, madaniyat va san’at, harakatlar strategiyasida, dinlararo siysat.
Аннотация: В данной диссертации говорится о духовно-просветительской жизни нашей страны, внимании к нашим великим предкам, культуре нашей страны, внимании к нашей религии.
Ключевые слова: духовно-просветительская жизнь, достижения нашего первого президента, внимание к историческим деятелям, культура и искусство, стратегия действий, межрелигиозная политика.
Annotatsiya: Mazkur tezisda yurtimizdagi ma’naviy hamda ma’rifiy hayot, buyuk ajdotlarimizga bo’lgan e’tibor yurtimiz madaniyati, dinimizga bo’lgan etibor haqida aytb o’tilgan.
Keywords: spiritual and educational life, achievements of our first president, attention to historical figures, culture and art, action strategy, interreligious politics.
O`zbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy g’oya, milliy istiqlol mafkurasimasalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg’usini kamol toptirish:
Ikkinchi tomondan mafko`raviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta’minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafko`raviy tazyiqlarning oldini olish, ta’bir joiz bo`lsa, o`zigaxos mafko`raviy immunitet tizimini shakllantirish.
Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafko`raviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug’vor g’oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish.
Mustaqillik yillarida oliy ta'lim muassasalari, o'quv markazlari va ilmiy kutubxonalari kengayib, yangi fakultetlar, soha markazlari ochildi. Xalqaro hamkorlik bilan yana bir marta ko'p yillardan keyin ma'naviy va ma'rifiy hayot zamonaviy miqyosda rivojlandi.
Mustaqillik yillarida qadimgi ajdodlarimizning ezgu g‘oyalari, milliy davlatchilik an’analari, turmush tarzi hamda mentalitetini aks ettirgan bir kitob o‘zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi. Kitobning xalq va milliy davlatchilik tarixi, umumbashariy sivilizatsiya rivojidagi katta ahamiyatini hisobga olgan holda, 2001-yili bu kitob yaratilganligining 2700 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Shu munosabat bilan kitobning to‘liq matni o‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi. "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi tashkiloti ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yil 23-aprelida keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma'naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 2-iyunidagi Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo`llab-quvvatlash to’g`risidagi yangi farmoni mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni tezkor va tubdan amalga oshirish, milliy istiqlol g`oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirib borish to’g’risida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo’ldi. Yurtboshimizning ma'naviyatga bosh homiy bo`layotgani, viloyat hokimlarining ma'naviy va ma'rifiy kengashlariga shaxsan o’zlari raislik qilayotganlari mamlakatimizda ma'naviy qadriyatlarni tiklash, har tomonlama kamol topgan insonni tarbiyalashga qanchalik katta e'tibor berilganlikni ko`rsatadi.
Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlar, ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida alohida aytib o’tishimiz lozim. Jumladan, 1994 yilda Respublikamizda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida farmon chiqarganlari, ularning faoliyatini takomillashtirish haqida g’amxo’rlik ko’rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnomalari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi. Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi, Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi va 1998 yilda imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi nishonlanishida bosh-qosh bo’lganliklarini ta’kidlash lozim. 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021-yillarga chora-tadbirlar dasturini qabul qila boshlagan. Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan quyidagi vazifalar ijro uchun qabul qilindi
1.Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish va samaradorligini oshirish borasidagi qonunchilikni takomillashtirish. Jumladan, muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. Moddiy madaniy meros va arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini yanada takomillashtirish.
2.Madaniyat va san’at muassasalari, teatrlar, muzeylar, badiiy jamoalar, madaniyat va aholi dam olish maskanlari, madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyati, moddiy-texnik bazasi holatini atroflicha o‘rganish, ularni ta’mirlash va zarur jihozlar, musiqa asboblari bilan ta’minlash, samarali ijodiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. O‘zbek milliy raqs va xoreografiya san’atini yanada rivojlantirish, madaniyat va san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli san’atkorlar, jahon miqyosidagi nufuzli ko‘rik-tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, yon-atrofimizda xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini rivojlantirish, yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan bo‘lib, bu bilan millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi. Hukumatimiz rahbariyati barcha fuqarolarimizga diniy marosimlarini, ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun lozim bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratib berdi. Dinimizning asosi – Qur'oni karimda ham bag‘rikenglik keng targ‘ib qilingan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ko‘plab hadislarida g‘ayridinga ham insoniylik yuzasidan yaxshi muomalada bo‘lishni targ‘ib qilganlar. Masalan, "Kimki bir daraxt eksa va undan hayvonmi, qushmi, hasharotmi, odamzotmi yesa, uni ekkan odamga savob bo‘ladi” degan mazmundagi hadisni olaylik. Mana shu kabi hadislardan ham dinimizning bag‘rikengligini ko’rsatib beradi. Yurtimiz mo‘min-musulmonlari bu an'analarga sodiq qolib, diniy va milliy totuvlikka katta hissa qo‘shib kelmoqdalar. Mamlakatimizda turli dinlar vakillari yagona maqsad – Vatanimiz O‘zbekistonning yanada gullab-yashnashi yo‘lida birlashmoqda. Dinimizning bag‘rikenglik fazilatini o‘rganar ekanmiz, albatta odob-axloqqa borib taqalishini ko‘ramiz. Biroq bugun nima uchun musulmon birodarlar bir-biri bilan urush qilyapti? Hazrati Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam butun odamzotga yaxshi muomala qilishni buyurganlar. Demak, dinimizning javhari, asl mohiyati ham inson zotini sevish ekan.
XULOSA
O'zbekiston mustaqilligiga erishgandan so'ng, mamlakatda ma'naviy va madaniy taraqqiyot juda keng doirada amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston ma'naviy va madaniy sohada katta o'zgarishlar, rivojlanish va taraqqiyot ko'rsatdi. Ma'naviy taraqqiyotning boshqa ko'rinishi esa tillar sohasidagi rivojlanishdir. O'zbek tilining ilmiy-ma'rifat yuksak martabada o'rganilishi va o'qitilishi jarayoni amalga oshirilgan. Bu davrda milliy adabiyot, falsafa, ijtimoiy-tarixiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqa ko'plab sohalarda ilmiy tadqiqotlar keng rivojlandi.Madaniy sohasida esa O'zbekiston xalqining milliy madaniyati va san'ati keng qamrovda rivojlandi. Mamlakatda kelinchak sahnalari, muzeylar, opera va balet teatrlari ochildi. Milliy kiyim-kechak, usto-moliya, suzani, kalamkari, keramika, savat, metal ishlari va boshqa madaniy mavzular boyicha ko'plab festival va tanlovlar tashkil etildi. San'at sohasida esa O'zbekiston xalq san'ati, usto ishi, musiqa, rassomlikning zamonaviy yo'nalishlari katta rivojlandi. Jinoyatchilik va diniy maxallar asosida yaratilgan yodgorliklarning tanishi bilan keltirilgan.Bular bilan birga, O'zbekiston bobida milliy, regional va xalqaro miqyosda ma'ruzalar, festival va tanlovlar o'tkazilishi, hududlararo hamkorliklar, turizm va madaniyat munosabatlari kuchi rivojlandi.
Dostları ilə paylaş: |