Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-763-766
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 763 www.ares.uz
DZYUDO SPORT TURIDA JISMONIY TAYYORGARLIK BOSQICHLARI
Elmurodjon Sharoidinovich Salaydinov
Andijon davlat universiteti o„qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada dzyudo sportida olib boriladigan o„quv-mashg„ulot
bosqichlari, sportchilarning jismoniy tayyorgarliklari to„g„risida ma‟lumotlar keltirib
o„tilgan. Yana dzyudochilarning jismoniy tayyorgarlik vazifalari, harakat funksiyalari
ham aytib o„tilgan.
Kalit so‘zlar:
dzyudo, jismoniy tayyorgarlik, harakat, funksiya, bosqich,
o„quv-mashg„ulot, ko„nikma, malaka
ABSTRACT
This article contains information on the training stages of judo, the physical
training of athletes. Again the functional
functions of the judokas, movement
functions are also mentioned.
Keywords:
judo, physical fitness, movement, function, stage, training, skills,
qualification
KIRISH
Dzyudochilar bilan olib boriladigan o„quv-mashg„ulot bosqichida har
tomonlama jismoniy
tayyorlikni egallashga, sog„likni mustahkamlash va garmonik
o„sishga, xilma-xil ko„nikma va malakalarni egallab olishga,
dzyudodagi bellashuv
texnik-taktik harakatlarining boshlang„ich asoslariga o„rgatishga qaratilgan
vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dzyudochilarning jismoniy tayyorgarlikning vazifasi dzyudochilarning harakat
funksiyalarini kuch, tezkorlik,
chidamlilik, chaqqonlik va epchillik, shuningdek o„z
harakatlarini vaqt oralig„ida, muskullarning zo„r berish darajasiga ko„ra boshqara
bilish harakat funksiyasining asosiy komponentlarini shakllantirishdan iborat bo„ladi.
Dzyudochilarning harakatlar tezligini rivojlantirishga
bolalik yoshida ana shu
jismoniy sifatni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjuddir. Shuning uchun
maxsus tezkor-kuchni rivojlantirishda sur‟ati va katta muskul kuchini talab etadigan
harakatlar chastotasini maksimal ravishda oshirishga harakat qilish kerak. Bunda