MUHOKAMA VA NATIJALAR Jismoniy qobiliyatlar ularning namoyon bo„lishinigina emas, ularni
bajarishning muayyan rejimini ham talab qiladigan faoliyat jarayonida rivojlanadi.
Rejim deganda, bir mashg„ulot yoki mashg„ulotlar tizimi doirasida qandaydir
jismoniy mashqlarning bajarilishi va ular orasidagi dam olish tushuniladi. Kerakli
tartibni o„rnatishda, eng avvalo, insonning ish qobiliyatidagi bosqichlar tebranishi
muhim ahamiyatga ega. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida organizmning
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-763-766 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 765 www.ares.uz quvvat va funksional zahiralari sarfi bilan bog„liq holda ishchanlik qobiliyati darajasi
pasayadi.
Har bir mashq dam olishning qaysi bosqichida takrorlanishiga qarab, harakat
faolligining uch asosiy rejimini ajratib ko„rsatish mumkinki, ular jismoniy
sifatlarning rivojlanishiga har xil ta‟sir ko„rsatadi.
1. Trenirovkadagi har bir at en mashq qisqa muddatli dam olish oraliqlari
bilan, ya‟ni kuch sifati to„la tiklanmagan bosqichda takrorlanadi. Ishchanlik
qobiliyatining barcha ko„rsatkichlari muntazam pasayib boradi. Ish va dam olishning
bunday navbatlashish rejimi chidamlilikning rivojlanishiga mosdir.
2. Mashq organizmning bir qancha funksional ko„rsatkichlarini faoliyat
ko„rsatishdan avvalgi darajaga qaytaradigan dam olish oraliqlari bilan, ya‟ni
ishchanlik qobiliyati to„la tiklangan bosqichda takrorlanadi. Bunday rejim tezkorlik,
kuch va muvofiqlash imkoniyatlarini rivojlantirishga yo„naltirilgan darslarga xos
bo„ladi.
3. Mashq ishchanlik qobiliyati ortig„i bilan tiklangan bosqichga mos keluvchi
ancha uzoq muddatli dam olish oraliqlari bilan takrorlanadi. Bunday rejimda mashq
takrorlangani sayin insonning harakat imkoniyatlarida xar tomonlama o„zgarishlar
kuzatiladi – mushak kuchi va tezkorlik oshib, chidamlilik pasayadi.
Kuch dzyudochining raqib qarshiligini yengib o„tish yoki mushak kuchlanishi
hisobiga unga qarshilik ko„rsatish qobiliyati tushuniladi. Kuchning quyidagi turlarini
ajartish qabul qilingan: umumiy va maxsus, mutlaq va nisbiy, tezkor va portlovchan,
kuch chidamliligi. Umumiy kuch – bu kurashchining maxsus harakatlariga taaluqli
bo„lmagan holda kurashchi tomonidan namoyon qilinadigan kuch. Maxsus kuch
musobaqa harakatlariga mos bo„lgan maxsus harakatlarda kurashchi tomonidan
namoyon bo„ladi. Mutlaq kuch kurashchining juda katta xususiyatiga ega
harakatlarida
namoyon
bo„ladigan
kuch
imkoniyatlari
bilan tavsiflanadi.
Kurashchilarning kuch bellashuvlarda muhim ahamiyatga ega. Nisbiy kuch, ya‟ni
sportchining bir kg vazniga to„g„ri keladigan kuch kurashchining shaxsiy og„irligini
yengib o„tish imkoniyati ko„rsatkichi hisoblanadi. Bu usullarning tezkorlik bilan
bajarilishida muhim ahamiyatga ega.
Tezkor kuch mushaklarning nisbatan kichik tashqi qarshilikni yengib o„tish
bilan bog„liq harakatlarni tez bajarishga bo„lgan qobiliyatida aks etadi. Portlovchan
kuch qisqa vaqt ichida o„z shiddatiga ko„ra katta kuchlanishlarni namoyon qilish
qobiliyatini tavsiflaydi.