Kalit so‘zlar



Yüklə 39,5 Kb.
tarix01.06.2023
ölçüsü39,5 Kb.
#121650
Annotatsiya


Annotatsiya: Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi ekanligi, buyuk o‘zbek shoirlari, yozuvchi va drammaturglarining fikr va mulohazalari, mantiqiy xotira turlari, tafakkur turlariga muayyan ijtimoiy mushitda turmush kechirayotgan odamlarning eshtiyojlari, xatti-harakat motivlari, narsalarga qiziqishlari, intilishlari, mayllari, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turlitumanligi haqidagi fikrlar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: umumiy grammatik qoidalar, ta‟lim jarayoni, psixik jarayon, xotira, nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi, progress-inson, aql-zakovat, idrok, abstrakt tushuncha, tarixiy taraqqiyot, inson tafakkuri, fan va texnika.
Ta‟lim jarayonida maktab o‘quvchilari umumiy qoida va qonunlarni yakka yoki juz‟iy hollarga tatbiq etish orqali hamma vaqt deduktiv yo‘l bilan fikr yuritadilar. Masalan, o‘quvchilar umumiy grammatik qoidalarni bilganliklari sababli o‘zbek tili darslarida qaratqich, tushum kelishiklarini differensiasiya qila bilib, yozgan paytlarida grammatik xatolarga aslo yo‘l qo‘ymaydilar. Yoinki o‘quvchilar "ko‘pburchaklar ichki burchaklarning yiqindisi 2d (n-2)ga teng" degan umumiy qoidani, teoremani o‘zlashtirib olgan bo‘lsalar, uni sira qiynalmasdan istalgan ko‘pburchakka tatbiq eta olishlari mumkin. Idrok qilingan narsa va hodisalarni yoki inson tajribasida bor bo‘lgan narsalarni esda qoldirish hamda zarur vaqtda esga tushirishdan iborat psixik jarayon xotira deyiladi, Mantiqiy xotira turi ham psixik jarayondir. Demak, u ham esda qoldirish va esga tushirish xususyaitiga egadir. Demak, o‘qish jarayonida oliy va o‘rta maktab o‘qituvchilari bayon qilib, izoshlab bergan teorema, qonun va qoidalarni, murakkab xossalarni ayrim, juz‟iy hollarga ko‘chirish paytida talabalar, o‘quvchilar hamma vaqt deduksiya usulidan foydalanib fikrlaydilar hamda mulohaza yuritadilar.
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odatda nutq tafakkur jarayonida hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Shuning uchun hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar tafakkurning spesifik shakllari deb ataladi.
Misol uchun: Alisher Navoiy nomli Katta opera va balet teatri respublika faxridir, Hamza Hakimzoda Niyoziy buyuk o‘zbek shoiri, yozuvchisi va drammaturgidir, Toshkent O‘zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan biridir.
Abstrakt tushunchalarning yuqorida qayd qilib o‘tilgan tushunchalardan farqi shuki, ular idrok yoki tasavvurga bevosita asoslanmaydi abstrakt tushunchaga misol tariqasida "qiymat" tushunchasini keltirib o‘tadi: siz har bir ayrim tovarni ushlab va qo‘lingizda aylantirib ko‘rishingiz, uni xohlaganingizcha ishlatishingiz mumkin, ammo shu tovarni qiymat tariqasida olib qaraganimizda uni aslo ushlab bo‘lmaydi.
Tushuncha bilan so‘z munosabati bir tekis bo‘lmaydi, ayrim paytlar so‘z bilan tushuncha aynan mos tushudi (olma-so‘z, olma-tushuncha), qolgan paytlarda tushuncha o‘z ko‘lami jishatidan kengdir.
Jashon psixologlarining ko‘rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Tafakkurning asosiy va eng mushim belgisi, xususiyati - bu moddiy voqelikdagi mushim jishatlarini ajratib, mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa moshiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqiqatidan umumiy qonuniyat yaratishga harakat qiladi. Shubhasiz, inson tafakkuri hali izlanmagan, to‘la foydalanilmagan rezerv va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu rezervlarni to‘la ochish, fan va texnika progressini intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, progress-inson aql-zakovatining mahsulidir. Shu boisdan sham fan va texnika progressi insonshunoslik fanining rivojiga ko‘p jishatdan bog‘liqdir.
Tafakkur turlariga muayyan ijtimoiy mushitda turmush kechirayotgan odamlarning eshtiyojlari, xatti-harakat motivlari, narsalarga qiziqishlari, intilishlari, mayllari, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli-tumandir. Xuddi ana shu boisdan, ularning tafakkuri ham har xil holatlarda, vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo‘ladi. Bundan oldingi boblarda ta‟kidlab o‘tkanimizdek, bilish jarayonida, amaliy va nazariy vazifalarni hal etishda, o‘zga kishilarning nutq orqali ifodalangan fikrlarini uqib olishda muomalaga kirishishda, fikrlarini tushunib olishda inson fikr yuritadi. Psixolgiya fanida tafakkur shakliga, topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikran originallik darajasiga qarab quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi.
Ko‘rgazmali-harakat tafakkuri tarixiy taraqqiyot bosqichida odamlar ijtimoiy turmushda voqe bo‘lgan muammolarning aksariyati amaliy yo‘l bilan hal qilingan, shuningdek, ularga nisbatan munosabat sham amaliy faoliyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. Narsa va hodisalar yuzasidan nazariy fikr bildirish esa tarixiy taraqqiyotning bir muncha keyingi davriga to‘g‘ri keladi. Yer yuzasida fanlarning kelib chiqishi haqidagi bizgacha yetib kelgan ma‟lumotlar mazkur mulohazamizga dalil bo‘la oladi. qadimgi avlod va ajdodlarimizda yer maydonini qadam bilan o‘lchash, ko‘z bilan chamalash bo‘yicha amaliy bilimlarning to‘planishi natijasida geometriya fani kashf qilingan. Kishilarning barmoq bilan hisoblash turmush talabini qondira olmagandan so‘ng - narsa va hodisalarning tasviri, shartli belgilarni qoldirilishi yakuni sifatida tarix fani kabilar vujudga kelgan. Shuning uchun insonning amaliy va nazariy faoliyati o‘zaro uzviy aloqada bo‘lib, hamisha biri-ikkinchisini taqozo etadi. Genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan amaliy faoliyat birlamchi hisoblanib, obrazlar tasavvurlar va fikrlarni aks ettiruvchi nazariy faoliyat esa amaliy faoliyatning ma‟lum taraqqiyot cho‘qqisiga chiqqandan so‘ng ajralib chiqqan. Mazkur jarayon bir necha o‘n ming yo‘llar davomida yuzaga kelgan.
Ko‘rgazmali obrazli tafakkur inson tomonidan bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko‘rgazmali-obrazli-tafakkur deb ataladi. Tafakkurning mazkur ko‘rinishi 4-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda namoyon bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ko‘rgazmali harakat tafakkurning amaliy elementlari ko‘rgazmali obrazli tafakkur bosqichiga o‘tgandan so‘ng ham saqlanib qoladi, lekin u o‘zining yetakchi rolini yo‘qota boshlaydi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar jism va predmetlar bilan tanishayotganda analitik-sintetik faoliyatdan foydalanib ish ko‘rayotganda ularni qo‘l bilan ushlab ko‘rishga, ichki tuzilishi bilan amalda tanishishga intilmaydilar. Chunki ko‘p hollarda ulardan amaliy harakat qilish talab qilinmaydi. Lekin bu ular jism va predmetlarni, ob’yektlarni aniq va to‘liq idrok qilish, yaqqol tasavvur etish imkoniyatidan mustasno qilinadi, degan so‘z emas, albatta. Bog‘cha yoshidagi bolalar ilmiy tushunchalarga ega bo‘lmaganliklari uchun bilish faoliyatida asosan ko‘rgazmali-obrazlarga suyanib fikr yuritadilar, muloshaza bildiradilar, hukm chiqaradilar. Yuqoridagi fikrimizni tasdiqlash uchun shvesariyalik psixolog Jan Piaje tajribalariga murojaat qilamiz. U 6-7 yoshdagi bolalarga xamirdan bab-baravar qilib yasalgan ikkita zuvalachani ko‘rsatadi, shu zashotiyoq tekshiriluvchilar ularning bir-biriga teng ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Tajribaning ikkinchi bosqichida zuvalachaning bittasi non shakliga keltiriladi, bu holatni o‘z ko‘zlari bilan kuzatib turgan bolalardan so‘ralganda, ular zuvalacha hajmining o‘zgarishiga qarab tenglik buzilgan deb javob berganlar. Ushbu holat bog‘cha yoshidagi bolalarda ko‘rgazmali- obrazli tafakkur bevosita va batamom ularning idrok jarayonlariga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ular narsa va hodisalarning, jism va predmetlarning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi alomatiga, xususiyatiga, tashqi belgisiga e’tibor qiladilar. Lekin ularni ichki bog‘lanishlari, o‘zaro munosabatlarini bildirib keladigan muhim, asosiy sifatlariga ashamiyat bermaydilar. Ob’yektlarni fazoda joylashgan o‘rni, tashqi nomuhim belgisi ularning ko‘rgazmali-obrazli tafakkurini vujudga keltiradi. Masalan, ularning nazarida odamlar bo‘yining baland va pastligi ularning yoshini
(ulug‘ligini) belgilaydilar.
K. K. Platonov fikriga ko‘ra vazifaning shal qilinishi tafakkur harakatini yakunlaydi. Biroq topilgan masala yechimi yangi tafakkur harakatlarini vujudga keltirishi, beto‘xtov fikr yuritish jarayonlari bilan ta‟minlaydigan yangi savollarni tug‘dirishi ehtimol.
Ijodiy tafakkur jarayoni mavjud bilimlarga, bog‘liqdir. Shu narsani alohida qayd qilib o‘tish kerakki, o‘zaro aloqa qilishda tafakkur muhimroq, mavqeliroq o‘rin tutadi. Hozirgi zamon ta‟limi oldida turgan asosiy maqsad, o‘quvchi yoki talaba shaxsini bilimlar bilan qurollantirish emas, balki ularni fikr yuritish faoliyatiga o‘rgatishdan iboratdir.
Yüklə 39,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin