Kaliy va natriy ionlari


Kaliy va kislorodning birikishi



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü76,5 Kb.
#163388
1   2   3
KALIY VA NATRIY IONLARI

Kaliy va kislorodning birikishi
Kaliyli birikmalar mineral o‘g‘it sifatida hamiyatga ega ekanligini 1797-yilda kashf qilingan edi. Bungacha bo‘lgan muddatlarda esa, ularni o‘simliklarning tana qismi bo‘lsa kerak deb o‘ylashgan. o‘simliklarni quritib yoqishgan. Qolgan kulni esa suvda eritib, eritmani katta temir qozonlarga solib qaynatishgan. Suv to‘liq bug‘lanib ketgach, idish tubida biz hozirda kaliy karbonati (K2CO3) deb ataydigan cho‘kindi hosil bo‘lgan. Uning molekulasida ikkita kaliy, bitta uglerod va uchta kislorod atomlari bo‘ladi. Kimyogarlar kundalik muomalada ushbu moddani shuningdek potash deb ham ataydilar. "Potash" atamasi aynan tarjima qilish mushkul bo‘lgan so‘z o‘yini natijasi bo‘lib, ma'nosi - "tuvak tubidagi cho‘kindi" demakdir. Balki, bu uning o‘sha zamonlarda temir qozonlardagi qaynatma cho‘kindisida olinganiga ishora bo‘lsa kerak. Aynan shunday yo‘sinda olingan yana bir birikma - natriy karbonat (Na2CO3) ni kaltsinatsiyalangan soda deb nomlashgan. o‘z xossalariga natriy gidroksidiga (yodingizda bo‘lsa, uni o‘yuvchi natriy der edik) o‘xshab ketadigan kaliyli birikma - kaliy gidroksidini (KOH) esa o‘yuvchi kaliy ham deyiladi. Kaliy gidroksidi, natriy gidroksidga ko‘ra tannarxi qimmatroqdir.
Kezi kelganda kaliy elementining nomlanishi tarixiga ham to‘xtalib o‘tsak. Biz o‘rta asrlar oxirida potashning qanday olingani haqida aytib o‘tdik. Aynan shunday usul bilan, ya'ni potash olish uchun qaynatiladigan kulni, o‘rta asrlarda musulmon sharqi olim va mutaxassislari "al-quili" deb nomlashgan. Ta'kidlash shartki, hozirgi zamon g‘arb adabiyot va manbalarida o‘rta asrlar musulmon sharqi allomalarini yanglish umumlashtirib "arab olimlari" deyishadi. Vaholanki bu - xato yondoshuvdir, zero ularning umumiy ilmiy so‘zlashuv tili arab tili va e'tiqodi - islom dini bo‘lgan bo‘lsa-da, aslida olimlar boshqa-boshqa millatlarga mansub bo‘lishgan va bu tabiiy. Ular orasida esa, buyuk millatdosh bobokalon olimlarimiz ham juda ko‘p bo‘lishgan. Ushbu satrlar orqali nimaga ishora qilayotganimni hozir tushuntiraman. Potash bu ishqor, o‘yuvchi moddadir. Uning "tuvak tubidagi cho‘kindi"dan olinganini aytib o‘tdik. Xalqimiz maishiy turmushida avvallari (hali kir sovun va sodalar mavjud bo‘lmagan paytlarda) kir yuvish uchun qaynatilgan kul suvidan foydalanishgan. Bunda ishqoriy eritma hosil bo‘ladi va kirlarni, ayniqsa moy va yog‘lar singib ketgan matolarni yuvishda osonlik beradi. Bu amaliyot tandir-o‘choqqa ega xonadonlarda balki hozir ham bor. Xususan, piyola va shunga o‘xshash idishlarni kullab yuvishni opa-singillarimiz qotirishadi. Yevropa tillariga "kaliy" tarzida o‘tgan arabcha "al-quili" so‘zining o‘zagi ham, bizning ona-tilimizdagi "kul" so‘zi bo‘lishi ehtimoli katta. Chunki, arab tilida kulning o‘zini boshqacharoq nomlashadi. Harholda bu mening shaxsiy taxminim. Lekin, imkon bo‘lsa, tilshunoslarimiz bu borada kichik tekshiruv o‘tkazishsa ham chakki bo‘lmasdi.
Asosiy mavzuga qaytsak. "Ishqor" so‘zi sizga albatta tanish bo‘lsa kerak. Sovun tayyorlash jarayonida ortiqcha natriy gidroksidini chiqarib tashlash kerak bo‘ladi. Aks holda bunday sovun bilan yuvilganda terini qichishtiradigan bo‘lib qoladi, ya'ni, u o‘yuvchi xossasini namoyon qiladi. Ba'zi sovunlar reklamasida, sovunning "keskin ishqorlarga ega emasligi" haqida ham gap qistirib o‘tiladi. Shuningdek, siz biror suyuqlik muhitining ishqoriy ekanligi haqidagi gaplarni ham eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ishqoriy muhit bu - kislotali muhitga qarama-qarshi muhit bo‘ladi.
Odamlar sovun nimaligini bilmagan qadimgi zamonlarda, ayrim xalqlar, chunonchi qadimgi Misrliklar, Rimliklar va yunonlar kulning tozalash xossasi borligini bilishgan. Kulning bunday xususiyatining asosiy sababchisi esa, unda kaliy karbonatining mavjudligi bilan bog‘liqdir. Kaliy karbonati ham xuddi natriy karbonati singari yog‘ va moylarning molekulasini parchalash xossasiga ega bo‘lib, lekin bu ishni kaliy karbonati amalda yaxshiroq bajaradi.
Natriy va kaliy elementlari ishqoriy metallar safiga kiradi. Ishqoriy metallar turkumidagi boshqa metallar esa, natriy va kaliydan ko‘ra juda kamyobdirlar. Ular orasida eng soddasi - davriy jadvaldagi uchinchi raqamli element bo‘lmish - litiydir. Litiy davriy jadvalda aynan natriyning ustida joylashadi va u eng yengil metall sanaladi. U suvdan ham ikki barobar yengil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, litiy ko‘plab yog‘och turlaridan ham yengil bo‘ladi. U alyuminiydan besh barobar yengilroqdir.
Biroq litiyning yengilligidan naf baribir kam. U aytilganidek, kamyob modda bo‘libgina qolmasdan, o‘zi kabi barcha ishqoriy metallar singari, juda faol hamdir. Uning yana bir xossasi borki, bu narsa boshqa ishqoriy metallarning "qo‘lidan kelmaydi". Ya'ni litiy, havoda hatto azot bilan ham reaksiyaga kirishadi. Litiyning kam miqdorlarini qo‘shish orqali ayrim qotishmalarning mustahkamligi orttiriladi. Shuningdek, mushakbozlik vaqtida osmonda paydo bo‘ladigan qizil rangli yog‘dular ham, feyrverklarga qo‘shilgan litiy nitrati (LiNO3) tufayli yuzaga kelishini aytib o‘tamiz.
Litiy elementi qo‘llaniladigan yana bir soha bu - vodorod bombalarini tayyorlash texnologiyasidir. Bunda litiy gidridi qo‘llaniladi. Ayni moddaning boshqa bir keng qo‘llanish sohasi esa - plastmassa ishlab chiqarish sanoatidagi katalizatorlik vazifasi hamdir.
Litiyni ilk bora kashf qilgan olim - Avgust Arfvedson bo‘lib, bu element 1817-yilda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida ochilgan. Arfvedson ham, litiyning qardoshlari - natriy va kaliyni kashf etilishida Gemfri Devi qo‘llagan usulni, ya'ni, elektrolitik jarayonni qo‘llagan. Element nomini esa, yunoncha "litos" - "tosh" so‘zidan kelib chiqib atashgan. Sababi, o‘sha zamonda olimlarga ma'lum bo‘lgan atiga ikkita boshqa ishqoriy metallar - o‘simliklardan ajratib olish mumkin bo‘lgan natriy va kaliydan farqli o‘laroq, litiy faqat muayyan minerallar tarkibida bo‘lardi. Minerallar esa ko‘pincha qattiq holatda, tosh ko‘rinishida uchraydi.
Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin