Absorbsiya jarayoni. Karbonat angidrid va ammiakning osh tuzi eritmasiga absorbsiyasi quyidagi kimyoviy reaksiyalar bo‘yicha sodir bo‘ladi:
NH3 + H2O ^ NH4OH + Q
2NH3 + CO2 + H2O ^ (NH4)2CO3 + Q
2NH3 + CO2 ^ NH2COONH4 + Q
Bu reaksiyalarning barchasida issiqlik ajralib chiqadi. Shu sababli absorbsiya minoralarida absorbsiya darajasini oshirish uchun namakobni sovutish nazarda tutiladi.
Bu yerda ammiak НСОз ionlarini NH4HC03 xlor ionlarini NH4C1 moddalar shaklida bog‘laydi:
NaCl +NH4HC03^NaHC03+NH4Cl
Ammiak tayyor mahsulotning tarkibiga kirmaydi va xlorid ammoniydan regenerasiya bo‘lganidan keyin qayta ammoniylash jarayoniga kaytariladi. Ammiakning asosiy kismi (460 kg/t sodaga) distillyasiya bo‘limidan keladi. Ammiakning qolgan qismi (75 kg/t) karbonizasiya bo‘limi va 4 kg/t barabanli vakkum - filtr havosi bilan keladi. Bular tarkibida ammiakdan tashqari dioksid uglerod va suv buglari mavjud. Masalan, distillyasiya gazlari bilan 1 t sodaga 260 kg CO2 va 140 g suv bug‘lari kelib tushadi, karbonizasiya gazlari bilan 70 kg CO2 va 40 kg suv bug‘lari kelib tushadi. Ammiak yaxshi eriydigan gaz, uning absorbsiya tezligi yuqori bo‘lib, gazli plenka diffuzion qarshiligi bilan aniqlanadi.
Dioksid uglerod esa yaxshi erimaydigan gaz, uning absorbsiya tezligi kam bo‘lib, suyuqli plenka qarshiligi bilan aniqlanadi. CO2gazi yutilishi ammiak
Ammiak va dioksid uglerodlardan tashqari absorbsiyaga suv buglari ham kelib tushadi. Suv bug‘ining muvozanatli bosimini A.G.Belopolskiy tenglamasi bo‘yicha aniqlash mumkin: