Kam ta'minlangan oila farzandlari uchun berilgan imkoniyatlar haqida saytda biror ma'lumot bormi? 1-imtiyoz


-IMTIYOZ. Magistraturada bepul o‘qish va imtiyozli qabul – O‘zbekistonda qizlar ta’limi uchun qanday imkoniyatlar bor?



Yüklə 34,09 Kb.
səhifə2/4
tarix14.11.2022
ölçüsü34,09 Kb.
#69016
1   2   3   4
KAM TA

2-IMTIYOZ. Magistraturada bepul o‘qish va imtiyozli qabul – O‘zbekistonda qizlar ta’limi uchun qanday imkoniyatlar bor?
O‘zbekistonda xotin-qizlarning magistraturada o‘qish xarajatlarini davlat qoplab berishi e’lon qilindi. Biroq bu yil magistraturaga qabul murakkabroq bo‘lishi haqida eslatib o‘tish lozim.
Prezident ishtirokidagi xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda qizlar ta’limi uchun bir qancha imtiyozlar berilishi ma’lum qilindi. Kun.uz ayollar ta’limi uchun O‘zbekistonda mavjud imkoniyatlarni jamlagan holda taqdim etadi.

Ta’lim imtiyozlari

  • yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlar kontrakt puli to‘liq budjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m);

  • har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

  • har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlar (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

  • yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi;

  • doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi;

  • har yili xotin-qizlar talaba bo‘lishiga kvotaning kamida 50 foizi aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yo‘nalishlari uchun maqsadli ajratiladi;

  • yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun ilk marta 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.



O‘qishga kirish imtiyozlari
2022 yilda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tavsiyanomalari asosida 2 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalar qizlari qo‘shimcha grant asosida talabalikka qabul qilindi.
Tavsiyanoma quyidagi toifadagi xotin-qizlarga beriladi:

  • kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;

  • to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

  • turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

  • nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

  • ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollar qiz farzandlari;

  • ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

2026 yilda xotin-qizlar uchun ajratiladigan grantlar 6 mingga yetkazilishi reja qilingan.

Yüklə 34,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin