Kam ta'minlangan oila farzandlari uchun berilgan imkoniyatlar haqida saytda biror ma'lumot bormi? 1-imtiyoz



Yüklə 34,09 Kb.
səhifə1/4
tarix14.11.2022
ölçüsü34,09 Kb.
#69016
  1   2   3   4
KAM TA


KAM TA'MINLANGAN OILA FARZANDLARI UCHUN BERILGAN IMKONIYATLAR HAQIDA SAYTDA BIROR MA'LUMOT BORMI?
1-IMTIYOZ. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qaroriga ilova tariqasida qabul qilingan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida” Nizomga ko’ra, ta’lim kreditlari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.
Demak, siz ta’lim krediti olishga haqlisiz. Sizning o’qishingiz uchun ota-onangiz ham ushbu kreditni olishi mumkin.
Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davri bu muddatga kirmaydi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan o‘zgaruvchi foiz stavkalari belgilanadi. Ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo‘shiladigan foizlar uchun to‘lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.
Demak, kredit foizi stavkalari shartnomada ko’rsatiladi. Shartnoma foiz stavkalari haqida ma’lumot olish uchun yashab turgan joyingizdagi tijorat bankiga ta’lim krediti olish uchun murojaat qilishingiz va foiz stavkalaridan ham xabardor bo’lishingiz mumkin. Foiz stavkalari o’zgaruvchan bo’lishi Nizomda qayd etilgan.
Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozga huquqli bo‘lgan oilalar “Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish va ularga moddiy yordam tayinlash va berishning amaldagi tartibiga muvofiq” fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadi.
Demak, oilangizning kam ta’minlanligi haqidagi ma’lumotni mahalla fuqarolar yig’inidan olasiz.
Ta’lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to‘lash ta’lim muassasasiga o‘tkazilgan summa berilgan vaqtdan, asosiy qarzni qaytarish esa talaba tomonidan oliy ta’lim muassasasida o‘qishning ta’limning ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng, ayrim kurslarda takroran o‘qish muddati hisobga olinmasdan, uch oy o‘tgandan so‘ng boshlanadi. Talaba muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan davrda ta’lim kreditlari uchun foiz stavkalari hisoblanmaydi.
Ta’lim kreditlari, qoidaga ko‘ra, qarz oluvchi yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalari tomonidan beriladi. Foizlar qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda to‘lanadi. Demak, foizlarning qanday shaklda to’lanishi shartnomada qayd etiladi.
Kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalarning o‘qishiga ta’lim kreditlari uchun foizlar qarz oluvchi va Jamg‘arma tomonidan har oyda, hisoblangan foizlar summasining 1/2 qismi bo‘yicha teng ulushlarda to‘lanadi. Jamg‘arma hisoblangan foizlar summasini to‘lov topshiriqnomasi bilan bank bildirishnomasi olingandan keyin uch ish kuni mobaynida o‘tkazadi.
Ta’lim kreditlari kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilmagan taqdirda, bank garov to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditni ta’minlash ob’ektini tasarruf etish yo‘li bilan kredit bo‘yicha qarz summasini undirib oladi. Agar kreditning qaytarilishini ta’minlash sifatida ta’minlashning boshqa shakllari taqdim etilgan bo‘lsa, bank belgilangan muddatda qaytarilmagan ta’lim kreditini ular hisobiga o‘z vaqtida qaytarilishi choralarini ko‘rishi kerak. Qarz oluvchi kreditni kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarishga haqlidir.



Yüklə 34,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin