Kamilova zebiniso nusrat qizi son tushunchasining rivojlanish tarixi va istiqbollari



Yüklə 142,86 Kb.
səhifə4/29
tarix07.01.2024
ölçüsü142,86 Kb.
#209419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Kamilova zebiniso nusrat qizi son tushunchasining rivojlanish ta-fayllar.org

I. NATURAL SON TUSHUNCHASI
“Natural son” terminini birinchi bo`lib Rim davlat arbobi, faylasuf matematika va musiqa nazariyasida qator ilmiy ishlar muallifi Boesiy (480 – 524 гг.) kiritgan, ammo ungacha grek matematigi Nikomax natural sonlarga “tabiiy sonlar qatori” deb baho bergan edi.

“Natural son” tushunchasini hozirgi zamon tilida fransuz matematigi Dalamber (1717-1783 y.) ko`p marta foydalangan.


Matematik tarixchi olimlar son haqidagi dastlabki tushunchalar tosh asri davrida oziq-ovqatni faol yetishtirish va yig`ishtirish jarayoni bilan eramizdan 10 000 yil avval paydo bo`lgan deb hisoblashadi. Sonli terminlar shakllanishi juda sekin ravishda rivojlana boshlagan va zarurat uchun foydalanishda qo`llanilgan. Qadimgi insonning sonni abstrakt (xayoliy) tasavvur etishigacha juda ko`p yillar bosib o`tishi talab etilgan. Ular uchun dastlab “bir” va “ikki” sonlari yetarli bo`lgan. Qolgan miqdorlar ular uchun noma’lumligicha qolgan va umumiy ravishda “ko`p” tushunchasiga mujassamlashgan.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishning o`sishi, turli ob’yektlarning qo`shilishi kundalik hayotda ularni hisobga olish zarurati natijasida yangi: “uch”, “to`rt” ... sonlarini paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Uzoq vaqtlargacha sonlar bir – yetti sonli oralig`ida chegaralangan.
Yetti soni bilan bog`liq afsonayu-asotirlar davrlar osha o`z qiymatini yo`qotmasdan bizgacha yetib kelgan.
Masalan, ko`pgina xalq ertaklarida tabib: “Ushbu tayyorlangan dorini yetti kun davomida yetti mahaldan yetti tomchidan ichish kerak”, - deb ta’kidlaganini barchamiz o`qiganmiz va og`zaki ijod namunalarida guvoh bo`lganmiz. Huddi shunga o`xshash yetti soni bilan bog`liq juda ko`plab misollarni keltirish mumkin:
Yetti kun bir hafta;
Dunyoning yetti mojizasi;
Yetti ajdodingni bilishung kerak;
Yetti o`lchab bir kes;
Yetti qadam orqaga va yetti qadam oldinga;
Yetti yulduz va hakazo... .
Dunyo ishlari va tashvishlarini tushunish qiyinlashishi bilan yangi sonlarni kelib chiqishiga sabablar paydo bo`ldi. Shunday qilib, sonlarning yangi chegarasi qirq soni shakllangan. Qirq soni bilan bog`liq xalq maqollari, afsonalari va rivoyatlari paydo va bizgacha yetib kelgan:
Qirq kechayu, qirq kunduz;
Qirq qaroqchi;
Yigitga qirq hunar ham oz;
Qirq qiz;
Qirq kunlik chaqaloq ...
Shu kabi qirqta qirq ya’ni 1600 sonigacha sonlar oralig`i kengayishi kuzatilgan. Qirq soni chegarasida miqdorlarni o`lchashning rus o`lchamlarida ham kuzatish mumkin. Bir pud 40 fund, qirq paqir sig`imli qirqlik bochka va hakazo.
“Oltmish” soni tarixi haqida so`z ketganda Vavilon (Bobil-hozirgi Suriya va Iroq territoriyalari), fors, grek afsonalarida eng katta va mukammal son sifatida afsonalar vujudga kelgan. Vavionliklar oltmish sonini ilohiy son deb qarashgan. Vavilon shohi Novuxodonsor saroyining oltmish tirsak o`lchovli balandligida oltin but joylashtirilgan. Bu kattalik asosisida 300, 360 sonlari paydo bo`lgan. Vavilonlikarning oltmishlik sonoq sistemasi elementlari sifatida burchakning garadus o`lchovi, vaqt o`lchovi kabilar bizgacha yetib kelgan.
Navbatdagi sonlarning chegarasi slavyan xalqlarida 10 000 ga teng bo`lgan “t’ma” (qadimgi greklarda bu “miriada”) va unga o`ziga o`zining ko`paytmasi 100 000 000 chegarasida sonlar mavjud deb hisoblashgan. Slavyanlar “Katta son” yoki “katta hisob” deb ataluvchi boshqa sistema bilan ham ish olib borishgan. Bu sistemada “t’ma” 106 ga teng bo`gan, unga bog`liq sonlar “legion” – 1012, “leodr” – 1024, “voron” – 1048, “koloda” – 1096 deb atalgan. Bu sondan katta son mavjud emas ded hisoblangan.
Antik davrda Arximed (er.avv. III asr) “qum donalarini sanash” misolida 8х1016 sonigacha keltirgan bo`lsa, Zenon Eleyskiy (er.avv. IV asr) o`zining paradokslarida son cheksiz davom etishini aytgan.
Umuman olganda, son – matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo`lib, kishilarning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan deyish mumkin. Bu yerda natural sonlar ushbu ehtiyojlarning dastlabkisi deyishga haqlimiz. Natural son buyum va turli narsalarni sanash ehtiyoji tufayli vujudga kelgan.

Yüklə 142,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin