4. Pirovardida, jahon tarixining namunaviy dastur asosida o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida o‘tiladigan mavzularida yaratilgan namunaviy dars ishlanmalarini internet
saytiga kiritib, tarix fani o‘qituvchilari foydalanishi uchun imkon yaratish.
5. Mazkur qo‘llanma asosidan kelib chiqib, boshqa davlatlar (Eron, Afg‘oniston
va hokazo)ning mazkur davr tarixini o‘rgatishga oid qo‘shimcha ishlanmalarni ham
yaratish mumkin. Chunki bu kabi ishlanmalarning bugungi kunda akademik liseylar
va kasb-hunar ta’lim muassasalari tarix fani o‘qituvchilari uchun ahamiyatli tomoni
shundaki, 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab AL va KXK talabalarining “Jahon
tarixi” (M.Lafasov muallifligida) darsligi
26
tamoyildan chiqarilib, o‘rta ta’lim
muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining
o‘quvchilari uchun “Jahon tarixi (1918-1991 yillar)” nomli darsligi
27
o‘quv
jarayoniga joriy etilgach, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida 80 daqiqaga
asoslangan uzluksiz mashg‘ulotni olib borish uchun o‘qituvchi albatta, qo‘shimcha
materiallarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Ushbu qo‘llanmalar esa metodik va
pedagogik bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi.
Nazorat uchun savollar
1. Birinchi jahon urushi Yaponiya uchun qanday natijalar bilan
yakunlandi?
2. Yaponiyadagi «Yosh ofi tserlar» isyoni siyosiy rejim va tashqi
siyosatda qanday o‘zgarishlarga olib keldi?
3. Yaponiyadagi totalitar rejimning o‘ziga xos jihatlari nimalardan
iborat edi?
Dostları ilə paylaş: