KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida zalvorli, asrlarga tatigulik
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar
va bunyodkorlik ishlari tariximizning barcha bosqichlari sahifalarini atroflicha
o‘rganish, to‘plangan tajribani umumlashtirish va istiqbolli rivojlanish dasturiga
aylantirish borasida qilingan ishlar ham e’tiborga loyiq.
Bugungi shiddatli kechayotgan jamiyatdagi o‘zgarishlardan kelib chiqib, oliy
ta’lim muassasalariga kirishuchun munosib nomzodlarni maqsadli tayyorlash
tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarning tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha oliy
ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishlari uchun zarur va yetarli bo‘lgan,
chuqurlashtirilgan nazariy va kasbiy tayyorgarligini ta’minlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qarorlari qabul qilindi.
Jumladan,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi
(2020 yil 24 yanvar)dan: “2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta
Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun
o‘tgan yili 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning
filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma
ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim
muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p
talaba o‘qishga qabul qilindi", “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta
meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir! Shu sababli
hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak
madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak", "Maktab o‘quv
dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va
fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va
adabiyotlar sifatini oshirish zarur", - kabi fikrlarni o‘qib olishimiz mumkin.
Mazkur qaydlardagi eng ustuvor vazifa bu – zamonaviy talablar asosida
raqobatbardosh kadrlarining kasbiy kompetentligini oshirish hisoblanadi. Demak,
oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan talabalarga yangi pedagogik
texnologiyalar asosida tahsil berish o‘qituvchilardan yuksak darajadagi mahoratni
talab qiladi.
Yuqoridagi omillar va vazifalardan kelib chiqib, ushbu qo‘llanma Tarix ta’lim
yo‘nalishi 2-mutaxassislik 4-kurslarida o‘tiladigan
Dostları ilə paylaş: