1. Tarix ta’limi jarayonining umumiy tavsifi
1.1. Jahon tarixi fani bo‘yicha innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq etishning
amaliy ahamiyati, maqsad va vazifalari
1.2. Tarix o‘qitish metodikasi, pedagogik texnologiya va innovasiya tushunchasi
1.3. Jahon tarixi fani mavzularini o‘tishda o‘qituvchining innovasion yondashuviga
oid tavsiyalar
1. Jahon tarixi fani bo‘yicha innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq
etishning amaliy ahamiyati, maqsad va vazifalari
Tarix yo‘nalishi talabalarining zamonaviy innovasion texnologiyalar,
ularning turlari hamda ulardan o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida foydalanish
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish davlat ta’lim standartlari
talablarini bajarishining muhim omillaridan biridir.
Jahon tarixi fani bo‘yicha innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq etish
davomida innovasion texnologiya ta’rifi, tasnifi, metodik asoslari, ta’lim jarayonida
innovasion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari va shu orqali o‘quvchilarining
bilish faoliyatini faollashtirish masalalari yoritiladi.
Jahon tarixi fani bo‘yicha innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq etishda
qo‘yidagi vazifalar belgilanadi:
- innovasion ta’lim texnologiyalarining o‘ziga xosliklari va qo‘llanilish ahamiyatini
isbotlash;
- talabalarni innovasion xarakterga ega pedagogik faoliyatni tashkil etishga
o‘rgatish;
- ularda pedagogik jarayonni samarali tashkil etishda turli innovasion ta’lim
texnologiyalari: amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modulli-kredit
tizimi, aralash o‘qitish, keys stadi, masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar va
assesment texnologiyalaridan o‘rinli, maqsadli foydalanish ko‘nikma-malakalarini
rivojlantirish
- talabalarning o‘quv loyihalarini ishlab chiqish portfoliolarni shakllantirish va
amaliyotga tatbiq etish malakalarini takomillashtirish
- talabalarda pedagogik kompetentlik sifatlarini yanada rivojlantirish
- talabalarda "istiqbol tarix fani o‘qituvchi" kreativligini hosil qilish
Dostları ilə paylaş: