Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish fannining predmeti va maqsadi, vazifalari.
2. Tasviriy faoliyatning boshqa faoliyatlar bilan o'zaro bog'liqligi
|
1-mavzu 2 soat 1 juftlik
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishning ilmiy-nazariy asoslari
|
Tayanch tushunchalar: ta’rif, yordamchi vosita, tahlil, naturdan foydalanish, imo-ishora.
Mashg`ulot maqsadi:
Talabalarga tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida Ko’rgazmali metod va o’rgatish usullarini bolalar ishlarini tahlil qilish hamda badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanishni o’rgatish
Mavzuni o’rganish natijasida talaba: Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyat jarayonida estetik qobiliyatlarini shakllantirish usullari va metodlarini o’rganadilar va tasviriy faoliyat turlari bilan tanishadilar
ADABIYoTLAR RO‘YXATI
1. Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikasiya mashg‘ulotlari. T., 2014.
2. Djalalova D.X. Osnovnie tendensii razvitiya sovremennoy yaponskoy shkoli. Avtorefyerat dis.k.p.n. 2004.
3. Titov V.A.Pedagogika zarubejnix stran (sravnitelnaya pedagogika). A-Prior, 2010.
4. Ishmuhamedov R., va boshq. Ta’limda innovasion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: “Iste’dod” jamg‘armasi, 2008.
Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya-bu tasviriy faoliyat turlari bo'lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Masalan: yozuvchining she'ri va rassomning asari. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat bolalarni ongli tomondan tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta pryedmyetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldindan tanishish yoki kuzatib chiqish, uni shakli, katta-kichikligini, qismlarning joylanishi, rangini bilish kerak bo'ladi. Bu jarayonida ko'rish, sezish, qo'l harakatlari ishtirok etmay qolmaydi. Bolalar predmyet va xodisalarni kuzatish va ko'rib chiqish jarayonida bolalar pryedmetni katta-kichik guruxlarga bo'lish, uni shaklini o'zgartirish, rangini turli-tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdyek, tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli xil material (qog'oz, myel, bo'yoqlar) bilan ularning o'ziga hos xususiyatlari, ular bilan ishlash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarni aqlan o'sishiga sabab bo'ladi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuritish operatsiyalari (taxlil, sintez, taqqoslash umumlashtirish) ni rivojlanishga imkon beradi, bu o'z navbatida bolalarni oqilona o'sishiga olib keladi. Bu jarayonida bolalarning nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga oshirishda tasviriy faoliyatining ahamiyati katta. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar, ularning o'ziga hos sifatlari, shakli, rangi bilan, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o'xshashligini aniqlaydilar, bu esa bolalarni sensor tarbiyalashga, ko'rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni ahloqiy tarbiyalaydi. Chunki, bolalar o'z ishlarida bizning hayotimizda, jamiyatda bo'layotgan voqea-xodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo'ladilar, hayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni o'rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo'lish to'g'ri baholash, o'z ishidan va o'rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Tasviriy faoliyat-bu bolalarni o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyat xisoblanadi. Bolalarda mehnat ko'nikmalarini o'stirish, tarbiyalash kerak, faqat navbatchilik orqali ba'zi bolalarda emas, balki, har bir bolada.
Tasviriy faoliyat bolalarga esetik tarbiya berishning asosiy, vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgini bo'laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi-bu rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa, yoki aks etsa u shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand bo'ladi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba'zi sifatlariga nisbatan estetik baho berishga o'rganadilar. Ularda tasviriy san'at asarlarini tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg'uni, munosabatni tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarda badiiy ijodiy o'stirishda muhim rol egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o'sishi-bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok etishni va obraz yaratishda zarur bo'lgan malaka, ko'nikmalarni egallash hisoblanadi. Masalan: tabiatga yoki istirohat bog'iga sayr, ko'z faslida ekskursiya uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak atrofni ko'zatiishda kelib chiquvchi estetik his-tuyg'u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to'g'ri baho berish, vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolalarni o'z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ular ko'rganda quvonadigan qilib yaratish-bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi. rasm, loy, qurish materialllari bo'yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo'ladi. Ularni o'quv faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni tinglashga, uniig ko'rsatmalarini bajarishga o'rgatadi. Oldiga qo'yilgan vazifani hal etishda, uning asosiy va muhim hal etish yo’llarini-izlab topish bu o'quv faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o'z ishini nazorat qilib borish, maktabda vazifalarni bajarida ham rol o'ynaydi. Shuningdek bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan ham tayyorlanib boradi. Maktabda: qiziqishga xohish, yangiliklarni bilishga intilish, maqsad sari intilish, tartibli holda shug'ullanish va shu kabilar.. Shunday qilib, tasviriy faoliyat jarayonida olgan malakalar bolalarni maktab hayotiga tezda kirishib ketishiga asos bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |